YUKLARNI OMBORGA JOYLASHTIRISH TIZIMI OMBOR RENTABILLIGINING ASOSI SIFATIDA




Download 1,77 Mb.
bet80/91
Sana09.07.2024
Hajmi1,77 Mb.
#267097
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   91
Bog'liq
umumiy ma\'ruza

YUKLARNI OMBORGA JOYLASHTIRISH TIZIMI OMBOR RENTABILLIGINING ASOSI SIFATIDA.

Ombor tizimining birinchi navbatdagi echimi bu iqtisodiy jixatdan mutanosibligidir. Iqtisodiy samaradorlik ombor tizimini rejalashtirish va uni amalga oshirish firmaning xar tomonlama iqtisodiy manfaatdorligiga to‘g‘ri kelgandagina amalga oshirilishi mumkin. Xullas tanlangan umumiy konsepsiyaning asosiy belgilovchi ko‘rsatkichi bu omborning rentabelligi xisoblanadi. Yuklarni omborga joylashtirish tizimi yuklarni omborga optimal ravishda joylashtirish va boshqarishni ko‘zda tutadi. YUOJ tizimini ishlab chiqishda o‘zaro bog‘liq va o‘zaro aloqada bo‘lgan tashqi va ichki omillarni xisobga olish zarur. YUOJ tizimini ishlab chiqishda berilgan masalani echilishiga oid mavjud tizimlar orasidan son va sifat ko‘rsatkichlarini taqqoslash usulidan foydalaniladi. Bu tanlash va takomillashtirish jarayoni biri biriga bog‘liq bir necha asosiy nimtizimlarga faktorlarni aniqlashni ko‘zda tutadi. SHunday qilib YUOJ tizimi o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  • Yuklarni omborga joylashtiriladigan yuk birligi

  • YuOJ ko‘rinishlari

  • Omborga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha jixozlanishi

  • Yukklarni tayyorlash tizimi

  • Yuklarning xarakatini boshqarish

  • Axborotlarni qayta ishlash

  • “Inshoat”

Xar bir nimtizim bajarilishi bo‘yicha bir necha usullarni o‘z ichiga oladi. SHunga yarasha xar bir nimtizimdagi ishlatiladigan qurilmalar va texnologiyalar elementlari bajariladigan vazifalarning qiyinligiga qarab xar xil bo‘ladi.
Eng optimal variantni aniqlash, loyixalash pog‘onasida ya’ni o‘rganilayotgan loyixada boshlang‘ich ma’lumotlarni va ko‘rilayotgan variantlarning texnik-iqtisodiy xisoblarini taqqoslanganda aniqlanadi.
Yuklarni omborga joylashtirish tizimini tanlash quyidagi tartibda amalga oshirilishi lozim:
1)logistika zanjirida omborning o‘rni va vazifalari aniqlanadi;
2) omborxona jixozlanishini yo‘naltirilganligi aniqlanadi(mexanizatsiyalashgan, avtomatlashtirilgan, avtomatik) ;
3) yuklarni omborga joylashtirish tizimi bo‘ysunadigan maqsad aniqlanadi;
4) xar bir nitizimnmng elementlari belgilanadi;
5) barcha nimtizimlar elementlari orasida aloqa o‘rnatiladi;
6) texnik jixatdan mos keluvchi barcha variantlardan birlamchi ravishda raqobatbardoshlari tanlab olinadi;
7) xar bir raqobatdagi variantlar texnik-iqtisodiy jixatdan baxolanadi;
8) ratsional variantning muqobil ko‘rinishi aniqlanadi.
Ombor nimtizimlari elementlarini tanlash sxemalar va diagrammalar yoki EHM yordami ishlab chiqilgan dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Bu esa barcha varianlarni xisobga olgan xolda metodik yondashuvni ta’minlaydi




    1. Download 1,77 Mb.
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   91




Download 1,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



YUKLARNI OMBORGA JOYLASHTIRISH TIZIMI OMBOR RENTABILLIGINING ASOSI SIFATIDA

Download 1,77 Mb.