Dizayn (milliy kostyum) ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 119 -guruh talabasi murodova madina sadriddinovnaning




Download 30,11 Mb.
bet3/24
Sana17.05.2024
Hajmi30,11 Mb.
#239672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Madina tayyor 23 (2) (1) (1)

III- BOB. EKOLOGIK QISM…………………………………………….…….91
XULOSA…………………………………………………………………………95
ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………………………………………..97
ILOVALAR………………………………………………………………………99


KIRISH
“Agar mendan sizni nima qiynaydi?”
deb so‘rasangiz, farzandlarimizning
ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman.
Shavkat.Mirziyoyev
Yangi O‘zbekiston - bizning oldimizga ulkan imkoniyatlar eshigini ochdi, xalqimiz uchun erkin va farovon hayot, dunyo hamjamiyatidan munosib o‘rin egallashdek yuksak maqsadlar yo‘lida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Yangi O‘zbekiston bizga o‘zligimizni anglashga yordam bermoqda. Ozod xalq, mustaqil davlat sifatida O‘zbekistonning bor bo‘y bastini, ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon qilish imkoni tug‘ildi. Yurtboshimiz yaratib berayotgan imkoniyatlar bois bizni jahon taniydi ,xalqimizning fidokorona mehnati, yoshlarimizning g‘ayrati, azmu-shijoati ila Vatanimizning shon-shuhrati olam uzra yanada kengroq yoyilmoqda. Hurriyat bergan beqiyos negizida ertangi kunimiz, erkin va farovon kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etmoqdamiz.
Shavkat Mirziyoyev: Yoshlar kelajagibilan bog‘liq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega. Degan so‘zlar yoshlarga katta etibor qaratilganligini bildiradi. Yoshlar hayotida sa’nat, adabiyot, sport muhim o‘rin tutadi. Davlatimiz rahbari bu sohalarni rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi vazifalarga to‘xtalib o‘tdi. Prezidentimiz yoshlarimizning turli sohalarda o‘z qobiliyatlarini namoyon eta olishi uchun imkoniyatlar yaratib berdilar. Amaliy san’at, badiiy ijod, moda, dizayn sohasida o‘tkazilayotgan festivallar yoshlarni rag‘batlantirish, yangidan– yangi iste’dodlarni kashf qilish imkoniyatlarini bermoqda.
Prezident qarorlarida oliy va professional ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablarining tasviriy va amaliy san’at, dizayn, san’atshunoslik hamda muzeyshunoslik yo‘nalishlari (keyingi o‘rinlarda — badiiy ta’lim yo‘nalishlari) bo‘yicha pedagog va mutaxassis kadrlarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish;
-iqtidorli yosh professional san’at namoyondalarining bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitishning zamonaviy shakl va uslublari, samarali pedagogik texnologiyalar, elektron axborot resurslaridan keng foydalangan holda ta’lim jarayonining yuqori darajada olib borilishini ta’minlash;
-o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni hisobga olgan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv rejalari va dasturlarini tizimli ravishda takomillashtirish;
-badiiy ta’lim yo‘nalishlaridagi pedagog va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining o‘quv-metodik bazasini shakllantirish va faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularga tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirishga doir ko‘plab qarorlar qabul qildilar.
Ayni paytda aylanib ulgurgan bu kabi ommaviy tadbirlar yoshlarimizning moda olamiga qiziqishi va ularning isde’dodi qay darajada yuksak va kuchli ekanligidan dalolat bermoqda. Shu bilan bir qatorda bu kabi tadbirlarda yo‘qolib borayotgan milliy liboslarimiz zamonaviy talqinda o‘z ko‘rinishini namoyon etmoqda. Har bir hudud an’analari va urf-odatlari mujassamlashgan o‘zining tarixiy liboslari bilan ajralib turadi. Milliyligimiz yo‘qolib ketmasligi uchun milliy liboslarimizni tarixiy va zamonaviy talqinda namoyon qilish uchun biz yosg dizaynerlarga juda kata imkoniyatlar yaratilgan. Moda haftaligi bunga misol bo‘ladi. Moda sanoatining taxminan bir hafta davom etadigan tadbiri boʻlib hisoblanadi. Moda haftaligida dizaynerlar, brendlar yoki „uylar“ oʻzlarining soʻngi kolleksiyalarini uchish-qoʻnish yoʻlagidagi moda koʻrgazmalarida xaridorlar va ommaviy axborot vositalariga namoyish etadilar. Ushbu hodisalar joriy va yaqinlashib kelayotgan mavsumlar uchun yaqinlashib kelayotgan moda tendentsiyalariga taʼsir qiladi. Bizga ma’lumki insonning muayyan millatga, hududiy birlikka yoki ijtimoiy guruhga mansubligini ifodalovchi omil bu , albatta uning ustki kiyimi ya’ni libosi bo‘lib hisoblanadi. Shu boisdan ham uning dizayniga alohida e’tibor berish lozim . Bu liboslarda zamonaviy elementlar bilan bir qatorda milliyligimiz ham ufurib turishi lozim. Liboslar nafaqat inson tanasini tashqi muhitdan himoyalash balki, insonning ijtimoiy mavqeyini belgilovchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Yaratilayotgan kiyimlarning o‘ziga xosligi va liboslarniyaratishda qo‘llaniladigan milliy matolarimizning bejirimligi, takrorlanmas naqshlari, tabiiy ranglarning jilvadorligi bilan boshqa xalqlarning liboslaridan ajralib turadi. Bugungi kunda kiyim dizayni milliy qadriyatlarimizning tarkibiy qismi sifatida o‘zligimizni, xalqimizga xos urf-odatlarimizni, qolaversa ertangi kunimizni, zamon bilan hamnafasligimizni ifodalaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida milliy qadriyat va an’analarimizni tiklash, asrab-avaylash, ularni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish borasida amalga oshirilayotga ishlar tufayli milliy hunarmandchiligimiz, uning noyob turlari izchil rivojlanmoqda. Bundan tashqari yurtimizda yengil sanoatga ham juda katta e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasi o‘laroq, bozorlarimizda sifatli va xaridorgir tavarlar ko‘paymoqda. Dunyodagi rivojlangan millatlar qatorida bugungi kunda O‘zbekistonimizda ham yengil sanoatga e’tibor juda katta. Xususan kiyim-kechak ishlab chiqarishni rivojlantirish, aholining madaniy saviyasini oshirish, insonlarga qulayliklar yaratish, tabiiy iqlimiy sharoitlar hamda psixalogik omilla muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zimizning tabiiy tolalardan tayyorlangan matolarimiz – adras, atlas, beqasam, banoras, shoyi, zig‘ir, kabilar aynan O‘zbekistonimizda ishlab chiqarilayotgani kishini quvontiradi.
Tabiiy matolarimiz ayniqsa ’’adrasdan’ tayyorlangan liboslar nafaqat o‘zimizda, balki chet davlatlarda ham o‘z xaridorlariga ega. Bu albatta juda quvonarli. Madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi turli ko‘rgazmalar tashkil qilish orqali yurtimiz madaniyati va san’atining xalqaro maydonda e’tirof etilishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Megatanlovlar esa yurtimizning minglab yoshlarini birlashtirmoqda. San’atning barcha sohalarida xususan ’’Dizayn’’, ’’Moda’’ yo‘nalishlarida ham bu borada ko‘plab yangi ijodiy ishlar qilinmoqda. Bundan tashqari Istiqlol yillarida kadrlar tayyorlash masalasiga muhim e’tibor qaratildi. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, ’’Biz oldimizga qanday vazifa qo‘ymaylik,qanday muammoni yechish zarurati tug‘il masin, gap oxir-oqibat, baribir kadrlarga va yana kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimizning kelajagi o‘rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday kadrlar tayyorlashimizga bog‘liq edi” .Bugun yangicha fikrlaydigan, o‘z kelajagini mamlakatimiz kelajagi bilan bog‘liq holda ko‘radigan yangi avlod vakillari hayotga dadil kirib kelmoqda. Yoshlarimiz siymosida muayyan kasb-hunarni, zamonaviy texnika va texnalogiyalarni puxta o‘zlashtirgan, mustaqil inson sifatida shakllangan, bir so‘z bilan aytganda, el-yurt xizmatida bo‘lb, yuragi yonib, ko‘zlaridan o‘t chaqnab turgan navqiron yigit- qizlarni ko‘rib, qalbimizda ishonch, g‘urur va iftixor tuyg‘ulari jo‘sh uradi.
Mamlakatimizda yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida bir qator ijobiy tadbirlar amalga oshirilmoqda . Yoshlarni yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash, iqtisodiyotimiz uchun istiqbolli bo‘lgan tarmoqlar, yangi kasb va mutaxasisliklarga o‘qitish, ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish muhim o‘rin egallaydi. Shu kabi imkoniyatlar biz yoshlar uchun yaratilayotgan ekan, biz bundan unumli foydalanishimiz kerak. Qaysi soha bo‘lishidan qat’iy nazar, moda yoki dizayn, adabiyot yoxud san’at bizning ijod qilishimiz uchun barcha eshiklar ochiq. Zero shunday ekan Mustaqil Vatanmizning be’qiyos go‘zal tabiati, butun dunyo tan olgan qadriyatlari, urf – odatlari, dunyoni larzaga solgan buyuk siymolari, daholari, alloma- yu, mutafakkirlari yashab o‘tgan, sadoqatda tengsiz, xalqim deya jon fido etguvchi, go‘zallikda o‘n sakkizming olamga madhi ketgan zebinisolari bo‘lgan yurtning o‘g‘il-qizlari ekanmiz shu yurtga munosib bo‘lmog‘imiz shart !!! Kelajakka ishonch va katta maqsadlar bilan nazar soladigan yuksak ma’naviyatli yosh avlodlari bor baxtli eldir bu. Mustaqil Vatanimizning be’qiyos go‘zal tabiati, butun dunyo tan olgan qadriyatlari, urf – odatlari, dunyoni larzaga solgan buyuk siymolari, daholari, alloma- yu, mutafakkirlari yashab o‘tgan, sadoqatda tengsiz, xalqim deya jon fido etguvchi, go‘zallikda o‘n sakkizming olamga madhi ketgan ayollari bor yurtdir.
Darhaqiqat, biz ozod va obod elning vorislarimiz! Shunday ekan, yurtboshiz yaratib berayotgan har bir imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz, zimmamizga yuklangan vazifalarni ado etishimiz shart va zarur!

Download 30,11 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 30,11 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dizayn (milliy kostyum) ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 119 -guruh talabasi murodova madina sadriddinovnaning

Download 30,11 Mb.