Tadqiqotda qo’llanilgan uslubiy qisqacha tavsif: Kuzatish – o’quvchilar dars va darsdan tashqari ishlarda kuzatildi.
Testlar – guruhda ma’naviy – axloqiy sifatlarni o’rganish uchun ishlatiladi.
Anketa – dars va darsdan tashqari ishlarda o’quvchilar ma’naviy – axloqiy tarbiya jarayoniga innovatsion yonadashish o’rganiladi.
Pedagogik eksperiment – maxsus guruhlarda o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini tashkil qilishga innovatsion yondashish borasida erishilgan muvaffaqiyatlar to’g’ri yo’lga qo’yilganligi aniqlanadi.
Undan tashqari savol-javob, suhbat, taqqoslash, qiyoslash, umumlashtirish, tahlil, pеdagоgik mоnitоring, matеmatik statistika uslublaridan foydalanildi.
|