ILOVALAR
ILOVA-1
ANKETA-SO’ROVNOMA (o’qituvchilarga)
1. Siz o’zingizni ma’naviy-axloqiy tarbiya bo’yicha yetarli bilimga egaman deb
hisoblaysizmi?
2. O’quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishda sizning
ishtirokingiz qay darajada?
3. Sizningcha hozirgi yosh avlodni milliy qadriyatlarga qiziqishi qanday?
4. Sizning talabalaringiz oilada yetarlicha e’tiborga ega deb hisoblaysizmi?
5. Talaba-yoshlarning turli oqimlarga yoki axloqsizliklarga berilib ketishining
sababi nimada deb bilasiz?
6. Turli toifadagi insonlar bilan muloqotda o’z kayfiyatingizni boshqara
olasizmi?
7. Siz o’zingizni har doim o’z ustida ishlaydigan, yangiliklarga intiladigan,
novator o’qituvchi deb hisoblaysizmi?
8. Talabalar bilan muammo kelib chiqqanda, kasbingizni o’zgartirish haqida
o’ylab ko’rganmisiz?
9. Siz dars jarayonida har bir o’quvchi bilan do’stona munosabatda bo’la
olasizmi?
10. Sizningcha o’qituvchiga ma’naviy-axloqiy tarbiya muhimmi?
ANKETA-SO’ROVNOMA (o’quvchilarga)
1. Har doim o’zingiz mustaqil qaror qabul qila olasizmi?
2. Ota-onangiz sizning hayotingizga e’tiborlimi?
3. Odob-axloq tushunchasi haqida ma’lumotga egamisiz? Shuningdek, siz
kollejning qonun-qoidalariga to’liq rioya qilasizmi?
4. O’quv dargohingizdagi ta’lim-tarbiya jarayoni sizni qoniqtiradimi?
5. Qaysi mutafakkirlarimizning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid hikmatli
so’zlarini bilasiz?
6. Barcha kursdoshlaringiz bilan yaxshi muomalada bo’la olasizmi?
7. Do’stlaringiz orasida spirtli ichimliklar ichadiganlar bormi?
8. Do’stlaringizning qaysi jihatlari sizni qoniqtirmaydi?
9. Agar do’stlaringiz yot g’oyalar ta’siriga tushib qolsa, diniy oqimlarga
berilib ketsa, ularni to’g’ri yo’lga sola olasizmi?
10. Sizningcha, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida xalq og’zaki
ijodiyotining o’rni qanday?
11. Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarini o’qiganmisiz?
12. A. Avloniyning tarbiya haqidagi bu fikrini davom qildiring: “Tarbiya – bu
... ”.
13. Ustozlaringizni qaysidir fazilatlari sizga namuna bo’la oladimi?
14. Qiynalgan paytingizda siz kimdan ko’proq yordam olasiz?
15. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashasizmi?
|