Sochiluvchan zichlikni aniqlash.
Sochiluvchan zichlik - modda massasini egallagan hajmiga bo‘lgan nisbati bo‘lib, uni aniklash uchun silindr, qolip yoki 545 AK-3 asbobidan foydalaniladi. Teshigining diametri 25 mm li qolipda aniqlash uchun pergament qog‘oz ustiga qolip qo‘yiladi va massa bilan to‘ldiriladi, qolip ustidagi ortiqcha qism massa chizg‘ich yordamida surib tashlanib, qolip ichidagi massa tortiladi va qolip hajmiga bo‘linadi va quyidagi tenglama yordamida
sochiluvchan zichlik xisoblanadi.
bu erda,
ssoch - sochiluvchan zichlik, kg/m3;
m - qolip ichidagi massaning og‘irligi, g;
V - qolipning hajmi (rr2h).
6-maruza: Dorivor o‘simlik xom ashyolari va ulardan tayyorlangan yig‘malarni sifatini baholash, qadoqlash, o‘rash.
Reja:
Kirish
Dorivor o‘simlik xom ashyosining mayda qismlarini aniqlash.
YOt aralashmalar miqdorini aniqlash.
Dorivor o‘simlik xom ashyosini ombor zararkunandalari bilan shikastlanganlik darajasini aniqlash.
Dorivor o‘simlik xom ashyosining qoldiq namligini aniqlash.
Dorivor o‘simlik xom ashyosidagi kul miqdorini aniqlash.
Xlorid kislotada erimaydigan kulni aniqlash.
Dorivor o‘simlik xom ashyosi tarkibidagi ekstraktiv moddalar miqdorini aniqlash.
Xulosalar
Dorivor o‘simlik xom ashyolari va yig‘malarda (qadoqlangan mahsulot, briket, paket, filtr-paket, presslangan-kesilgan) “Dori vositalari sifati standartlari. Asosiy qoidalar” tarmoq standarti TSt 42 -01:2002 rasmiy nashrda keltirilgan quyidagi sifat ko‘rsatkichlari o‘rganilishi kerak:
1. Dori vositasining lotin, davlat va rus tillaridagi nomlari
2. O‘simlik va uning oilasini ruscha va lotincha nomlanishi
3. Butun va maydalangan xom ashyoning chinligi
3.1. Tashqi belgilari
3.2. Mikroskopiyasi (rasmi bilan)
3.3. Sifat yoki gistoximik reaksiyalar, xromatografik reaksiyalar
4. Butun va maydalangan xom ashyo uchun son ko‘rsatkichlari
5. CHinligi
6. Kapsula ichidagi massaning o‘rtacha og‘irligi va massaning bir xilligi
7. Erishi
8. Parchalanashi
9. Begona aralashmalar (o‘xshash birikmalar)
10. Mikrobiologik tozaligi
11. Dozalarning bir xilligi
12. Mikdoriy tahlili
13. Urami
14. YOrliklash
15. Tashish
16. Saklash
17. YAroklilik muddati
18. Asosiy farmakoterapevtik guruhi
Dorivor o‘simlik xom ashyosining mayda qismlarini aniqlash.
Dorivor o‘simlik xom ashyosi butun, qirqilgan, yanchilgan, kukun, qirqib presslangan xolda, sigaret va briket shaklida bo‘ladi. Xom ashyo qanday xolda yoki qanday shaklda bo‘lishidan qat’iy nazar u quritish, idishlarga joylash, yuklash, tashish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash kabi jarayonlarda tabiiyki, qisman bo‘lsada maydalanadi. Masalan: quritish jarayonida xom ashyo tez qurishi, qoraymasligi, chirimasligi va mog‘orlamasligi uchun u bir necha marotaba aylantirib turiladi. Ana shu vaqtda xom ashyo qisman bo‘lsada maydalanadi.
Xom ashyoning mayda qismi qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning xavo (kislorod, namlik va boshqalar) bilan tutashgan yuzasi shuncha ko‘p bo‘ladi, natijada oksidlanish – qaytarilish, parchalanish kabi jarayonlar tezlashib, ta’sir qiluvchi moddalarning miqdori kamayadi va dorivor o‘simlikning sifati buziladi.Dorivor o‘simlikning mayda qismini aniqlashda, shu maqsad uchun olingan namuna me’yoriy texnik xujjatda ko‘rsatilgan elakka solinib, asta sekinlik bilan aylanma xarakat qilib elanadi. Elash jarayoni elakda 1% dan kam miqdorda xom ashyo qolgandan so‘ng to‘xtatiladi va uning % miqdori boshlang‘ich namunaga nisbatan hisobalanadi.
Olingan namuna 100,0 g dan ko‘p bo‘lsa, tortishdagi xatolik 0,1 g, agar 100,0 g va undan kam bo‘lsa, xatolik 0,05 g bo‘lishi mumkin.
YOt aralashmalar miqdorini aniqlash.
Aralashmalarni aniqlash uchun pinset yordamida begona, mexanik aralashmalar ajratiladi.
Aralashmalarga quyidagilar kiradi:
O‘z rangini yo‘qotgan xom ashyo.
Dorivor o‘simlikni xom ashyo bo‘lmagan qismlari.
Organik aralashmalar (zaxarli bo‘lmagan boshqa o‘simlik organlari).
Mineral aralashmalar (tuproq, tosh, qum va boshqalar).
Aralashmalarning xar bir turi aloxida-aloxida tortilib, ularning miqdori foizlarda quyidagi tenglama bo‘yicha xisoblanadi:
,
M1 – aralashmaning miqdori, g; M2 – analitik namunaning miqdori, g.
Ajratilgan aralashmalardagi analitik namuna 100,0 g dan ko‘p bo‘lsa 0,1 g aniqlikda, undan kam bo‘lsa 0,05 g aniqlikda tortilishi kerak.
Dorivor o‘simlik xom ashyosini ombor zararkunandalari bilan shikastlanganlik darajasini aniqlash.
Dorivor o‘simliklar zararkunandalar bilan kasallangan o‘simliklardan, ularni yig‘ish, ombor zararkunandalari bor joyda saqlash oqibatida yaroqsiz xolga kelishi mumkin.
Xom ashyoni tashqi ko‘rinishi, mayda qismlari va aralashmalarni aniqlayotgan vaqtda, qurollanmagan ko‘z va kattalashtiruvchi oyna (5x10) yordamida o‘lik va tirik zararkunandalarning borligi tekshiriladi. Bunda ombor zararkunandalari bilan shikastlangan xom ashyoning qismlariga ham e’tibor beriladi. Bundan tashqari xom ashyo joylangan idish materialning choklari, burmalari, yashiklarning tirqishlari qunt bilan qaraladi. Xom ashyoda ombor zurarkunandalari topilgan taqdirda uning shikastlanish darajasi, shu maqsad uchun ajratilgan maxsus analitik namuna orqali aniqlanadi.
Analitik namuna teshigining diametri 0,5 mm bo‘lgan elakdan o‘tkaziladi. Elakdan o‘tgan xom ashyodan kanalarni, elakda qolgan xom ashyodan esa kuya, qayroqchi va ularning lichinkalari va boshqa tirik va o‘lik zararkunandalarning borligi aniqlanadi. Kanalar, kuya, ularning lichinkalari va boshqa zararkunandalar qurorlanmagan ko‘z yoki kattalashtiruvchi oyna yordamida sanaladi. Topilgan zararkunandalarning miqdori 1 kg xom ashyoga nisbatan ifodalanib, uning shikastlanish darajasi aniqlanadi.
1 kg xom ashyoda kanalarning soni 20 dan oshmasa 1-daraja, 20 dan ko‘p bo‘lib, xom ashyoning yuzasida erkin xarakatlansa 2-daraja, agarda kanalar ko‘p bo‘lib, ularning xarakati qiyinlashgan bo‘lsa, 3-darajali shikastlanish xisoblanadi.
1 kg xom ashyoda ombor kuyasi va uning lichinkalari xamda don qayroqchi va boshqa zararkunandalarning soni 5 tadan oshmasa 1-daraja, 6-10 ta bo‘lsa 2-daraja va nihoyat 10 tadan ko‘p bo‘lsa 3-darajali shikastlanish xisoblanadi.
Dorivor o‘simlik xom ashyosi ombor zararkunandalari bilan shikastlangan taqdirda u dezinseksiya qilinadi. Agar kanalar bo‘lsa, 0,5 mm li, boshqa zararkunandalar bo‘lsa 3 mm li elakdan o‘tkaziladi. Ombor zararkunandalari zararsizlantirilgandan so‘ng xom ashyoning shikastlanish darajasiga qarab, turli xil maqsadlar uchun ishlatiladi. Agar xom ashyo 1-darajali zararlangan bo‘lsa, uni tibbiyotda ishlatish mumkin, 2-darajali bo‘lsa toza moddalar olish uchun ishlatish mumkin bo‘ladi.
Dorivor o‘simlik xom ashyosining qoldiq namligini aniqlash.
Dorivor o‘simlik xom ashyosida ma’lum miqdor qoldiq namlik bo‘lishi katta axamiyatga ega, lekin uning miqdori me’yoriy texnik xujjatda ko‘rsatilgan miqdordan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Agar qoldiq namlik me’yoridan ko‘p bo‘lsa, o‘simlikdagi fermentlar ta’sir qiluvchi moddalarni parchalab, gidrolizga uchratish kabi xom ashyoning sifatini pasaytiruvchi yoki to‘la yo‘qatuvchi xollarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari ortiqcha qoldiq namlik xom ashyoni chirishiga va mog‘or bosishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun ham dorivor o‘simliklardan tayyorlangan xom ashyoni qurigandan so‘ng idishlarga joylash, nam, zax bo‘lmagan va shamollatib turish imkoniyati bor joylarda saqlash maqsadga muvofiqdir. SHu bilan bir qatorda xom ashyoning juda ham qurib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Aks holda xom ashyo idishlarga joylash va qayta ishlash vaqtida maydalanib, sifati buziladi.
Xar bir xom ashyoning qoldiq namligi shu o‘simlik uchun belgilangan MTH da keltirilgan bo‘ladi.
Xom ashyoning qoldiq namligi deganda uni doimiy og‘irlikkacha quritish jarayonidagi yo‘qotilgan gigroskopik namlik va uchuvchan moddalar miqdori tushuniladi.
Xom ashyoning analitik namunasi taxminan 10 mm qilib maydalanadi va 0,01 g aniqlikda ikkita tortma (3 g dan 5 g gacha) tortib olinadi. Olingan xom ashyo oldindan quritilgan va qopqog‘i bilan tortilgan byuksga solinadi va 100-105oS gacha qizdirilgan quritish javoniga qo‘yiladi. Quritish javonining xarorati yana 100-105oS ga etgandan so‘ng quritish vaqti boshlangan xisoblanadi. Birinchi tortish ishlari barglar, o‘tlar, gullar uchun 2 soatdan so‘ng, ildizlar, ildizpoyalar, mevalar, urug‘lar va po‘stloq uchun esa 3 soatdan so‘ng bajariladi. Quritish doimiy og‘irlikkacha olib boriladi. Oxirigi ikkita tortish natijalari 30 daqiqa quritib, 30 daqiqa eksikatorda sovutilgandan so‘ng tortishdagi farq 0,01 g dan oshmasa, doimiy og‘irlikka erishilgan deb xisoblanadi. Ta’sir qiluvchi moddalar yig‘indisi va kul miqdorini absolyut quruq xom ashyoga nisbatan xisoblash uchun, namlik ta’sir qiluvchi moddalar va kul miqdorini aniqlash maqsadida tortib olingan analitik namunadan 1-2 g (aniq tortma) olib, yuqorida ko‘rsatilgan usul bilan bajariladi. Bunda oxirigi ikki tortishdagi farq o‘zaro 0,0005 g dan oshmasligi lozim. Xom ashyoning namligi (X) foizlarda quyidagi formula bilan xisoblanadi:
,
M - xom ashyoni quritishgacha bo‘lgan miqdori g;
M1 - xom ashyoni quritgandan keyingi miqdori g.
Oxirigi natija qilib, ikki parallel tajribaning noldan keyingi ikkinchi xonagacha bo‘lgan aniqlik bilan xisoblangan o‘rtacha arifmetik birligi olinadi. Ikki parallel tajriba ostidagi ruxsat etilgan farq 0,5% dan oshmasligi kerak.
|