Dori vositalarining sanoat texnologiyasi




Download 1,19 Mb.
bet105/285
Sana21.12.2023
Hajmi1,19 Mb.
#126265
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   285
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

Sifat nazorati
Sifat nazorati – bu qoidaning namuna olish uslubiga qaratilgan sinovlar o‘tkazish, tegishli sifatdagi xom ashyo, yordamchi, o‘rov va markalash materiallaridan foydalanishni tekshirgan xola haqqoniy sinovlar o‘tkazish zarurlagini hamda tayyor mahsulot sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha me’yoriy hujjatlar talabiga javob bergan xolda sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlar berilishini ta’minlaydigan qismi xisoblanadi.
Har qanday ishlab chiqaruvchi korxonada sifat nazorat bo‘limi (SNB) bo‘lishi kerak. SNB (farmatsevtik korxonaning) mustaqil struktura bo‘linmasi va uni katta ish stajiga ega bo‘lgan malakali mutaxassis boshqarishi kerak. SNB o‘z faoliyatini davlat va tarmoq hujjatlariga amal qilgan xolda tashkil etadi.
Sifat nazorat tizimi (ob’ektlar nazorati, tekshirish operatsiyalari va ularning muntazamligi, texnik jihozlanishi, uslublar, tekshirish operatsiyalarini kompyuterlashtirish, avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash vositalari) ishlab chiqarish jarayonining ajralmas qismidir.
SNB ga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
  • yuqori malakali xodimlarning mavjudligi, zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalar to‘plami, nazorat o‘lchov asboblari va reaktivlar bilan jihozlangan bo‘lishi, tasdiqlangan me’riy hujjatlar hamda analitik uslublar va ishlab chiqarish jarayoni nazoratini muntazam olib borish bo‘yicha yo‘riqnomalar mavjudligi;


  • tasdiqlangan yo‘riqnomalar asosida tayyor mahsulot va yarim tayyor mahsulotdan xom ashyo, yordamchi o‘rov va markalash materiallaridan namuna olib borish (SNB xodimlari yoki ular ishtirokida);


  • tegishli me’yoriy hujjatlarga asosna tayyor mahsulot va yarim tayyor mahsulot, mrakalsh, o‘rov, yordamchi materiallar va xom ashyoning kirish nazoratini amalga oshirish;


  • omborxona yoki sexdan sexga va ishlatish uchun saqlash xonalariga ko‘chirishda ularni belgilangan talablarga muvofiqlik nazoratini amalga oshirish;


  • tahlil o‘tkazi uslubi validatsiyasi;


  • tasdiqlangan reglament asosida yaroqlilik muddati tugagandan keyin bir yil davomida preparatning barqarorligini kuzatish va tayyo mahsulot sifat nazoratini amalga oshirish;


  • ishlab chiqarish jarayoni nazoratini bosqichma-bosqich olib borishni rejalashtirish va tashkil qilishni amalga oshirish (laboratoriya, sex yoki bo‘lim xodimlari bilan birgalikda);


  • tayyor dori vositalari seriyalarini tayyorlash vaqtida shu bilan birga ishlab chiqarish jarayoni nazoratini bosqichma-bosqich olib borishda olingan natijalar va barcha tahlillarni ro‘yhatdan o‘tkazish. Buzilganlar ro‘yhatga olinishi, puxta o‘rganilishi va chora-tadbirlar ko‘rilishi kerak;


  • davlat nazorati idoralari tomonidan SNB ishini tekshirishni ta’minlash uchun tayyor dori vositalari va moddalari, markalash, o‘rov va yordamchi materiallar, xom ashyo namunalarini etarli miqdorda saqlashni tashkil etish. Tayyor mahsulot namunalarining har bir seriyasi oxirgi o‘ramdan keyin tavsiya etilgan sharoitda saqlanishi kerak. Tayyor mahsulot yaroqlilik muddati tugagandan keyin bir yil davomida saqlanishi kerak. Lekin uch yildan kam emas. Dori vositalari yaroqlilik muddati tugaganidan keyin faol xom ashyolar namunasi bir yil davomida saqlanishi kerak, lekin uch yildan kam emas. YOrdamchi materiallar (erituvchi, gaz va suvdan tashqari) kamida uch yil saqlanishi kerak.


  • Tayyor dori vositalari yoki dori moddalari tayyorlangan barcha seriyalari uchun pasportlar saqlanishi tayyor mahsulot yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlab chiqarish jarayonini bosqichma-bosqich nazorati va tayyor dori vositalari, dori moddalari, markalash, o‘rov va yopdamchi materiallar, xom ashyo tahlili natijalarining nusxasi (ko‘chirmasi) bir yil davomida saqlanishi kerak, lekin uch yildan kam emas.





Download 1,19 Mb.
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   285




Download 1,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dori vositalarining sanoat texnologiyasi

Download 1,19 Mb.