O’rtacha og’irlik va massaning bir xil tarqalganligi




Download 1,19 Mb.
bet128/285
Sana21.12.2023
Hajmi1,19 Mb.
#126265
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   285
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

O’rtacha og’irlik va massaning bir xil tarqalganligi. 20 ta flakondagi modda massasi aniqlanadi. O’rtacha og’irlik va massaning bir xil tarqalganligi aniqlanadi.
1 ta flakondagi modda og’irligining o’rtacha og’irlikdan farqlanishi ±5% dan oshmasligi kerak.
Eritmaning tiniqligi. Preparatni inyeksiya uchun suvdagi 10% li eritmasi inyeksiya uchun suv bilan solishtirilganda tiniq bo’lishi kerak.
Preparatning 10 ml 10% li eritmasiga 1 ml muzlatilgan sirka kislotasi qo’shilganda, yangi tayyorlangan eritma tiniq bo’lishi kerak.
Eritmaning tiniqlik va loyqalik darajasini aniqlash uchun yassi tubli, ichki diametri 15 mm dan 25 mm gacha bo’lgan, rangsiz, shaffof neytral shishadan yasalgan bir xil lrobirkalar olinadi. 40 mm qatlamli tekshiriluvchi eritmani 40 mm qatlamli yangi tayyorlangan etalon bilan solishtiriladi. Eritmalarni solishtirish sochiluvchi kun yorug’ligida etalon eritmasi tayyorlanganidan 5 daqiqa o’tganidan so’ng, qora fonda namunalarga tik o’q bo’yicha qaragan holda aniqlanadi. Nurning sochiluvchanligi shunday bo’lishi kerakki, I etalon suvdan, II etalon esa I etalondan oson farqlanishi kerak.
Tekshiriluvchi eritmani tiniqligi suvdan kam bo’lmasa yoki etalon I dan loyqaligi yuqori bo’lmasa tiniq deb hisoblanadi.
I etalonni tayyorlash.
5,0 ml asosiy suspenziyani 95,0 ml suv bilan aralashtiriladi va ishlatishdan avval chayqatiladi.
Gidrazin sulfat eritmasi.
1,0 g gidrazin sulfatni suvda eritiladi va hajmi suv bilan 100,0 ml ga yetkaziladi, eritmani 4-6 soatga qoldiriladi.
Geksametilentetramin eritmasi.
2,5 g geksametilentetraminni qopqog’i zich yopiladigan 100 ml hajmli kolbaga solib, 25 ml suv bilan eritiladi.
Dastlabki suspenziya.
25,0 ml gidrazin sulfat erritmasiga tayyorlangan geksametilentetramin eritmasini qo’shib, aralashtiriladi va 24 soatga qoldiriladi. Suspenziya tashqi nuqsonga ega bo’lmagan shisha idishlarda 2 oy davomida saqlanishi mumkin. Suspenziya idish devoriga yopishib qolmasligi va ishlatishdan oldin yaxshilab chayqatilishi kerak.
Asosiy suspenziya.
15,0 ml boshlang’ich suspenziyani hajmi 1000,0 ml bo’lgan kolbaga solinadi va suv bilan belgisigacha yetkaziladi. Asosiy suspenziyaning yaroqlilik muddati 24 soat.

Download 1,19 Mb.
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   285




Download 1,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’rtacha og’irlik va massaning bir xil tarqalganligi

Download 1,19 Mb.