Dori vositalarining sanoat texnologiyasi




Download 1,19 Mb.
bet129/285
Sana21.12.2023
Hajmi1,19 Mb.
#126265
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   285
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

Eritmaning rangliligi. Preparatning inyeksiya uchun suvdagi 10% li eritmasining 430±1nm to’lqin uzunligida va 10mm qalinlikdagi suyuqlik qatlamida o’lchangan optik zichligi 0,6 dan oshmasligi kerak.
Nisbiy yutish ko’rsatkichi. 20,0 mg preparat namunasini hajmi 100 ml bo’lgan kolbaga solinadi, inyeksiya uchun suvda eritiladi va huddi shu erituvchi bilan hajm kolba belgisigacha yetkaziladi. Hosil bo’llgan eritmaning 10 ml ni hajmi 100 ml bo’lgan kolbaga o’tkaziladi va suv bilan belgisigacha yetkaziladi. Quruq moddaga nisbatan hisoblanganda 235 nm to’lqin uzunligidagi nisbiy yutish ko’rsatkichi 360 dan 390 gacha bo’lishi kerak.
pH. 4,5 dan 6,5 gacha. Aniqlash uchun preparatni inyeksiya uchun suvdagi 10% li eritmasidan foydalaniladi.
Mexanik aralashmalar. Preparat AQSH F. da ko’rsatilgan talabga javob berishi kerak, unga ko’ra kichik hajmli inyeksiyalar uchun elektronometrik usulda aniqlanganda - 1 ta flakondagi o’lchamlari ≥10 mkm bo’lgan zarrachalar miqdori 6000 tadan, ≥25 mkm bo’lgan zarrachalar miqdori 600 tadan oshmasligi kerak.
Nazorat uchun yorug’lik blokirovkasi usuliga asosan ishlovchi va namunani uzatib beruvchi qismi mavjud bo’lgan, avtomatik holda zarrachalar miqdori va o’lchamini aniqlab beruvchi qurilmadan foydalaniladi.
Nazoratni mexanik aralashmalar tushib qolish holati oldini oladigan va laminar havo oqimi mavjud bo’lgan sharoitlarda olib boriladi.
Qurilma tozaligi va suv tozaligi sifatiga ishonch hosil qilish uchun keyingi tekshirishlarni amalga oshiriladi.
Mexanik aralashmalar borligini 5 ta namunada, har biri 5 ml dan bo’lgan, zarrachalardan holi bo’lgan suvda o’tkaziladi. Agar beshta namuna birlashtirilishidan hosil bo’lgan 25 ml namunada 10 mkm li zarrachalar soni 25 tadan oshib ketsa, suv va qurilmani nazoratni o’tkazishga yaroqli bo’lgunlariga qadar qayta ishlovdan o’tkazadilar.
Har bir ishlov berilgan namunali flakonlarga dori moddasi to’liq erib ketadigan miqdordagi suv quyiladi va tiqin bilan berkitiladi. Dori moddasi chayqatish davomida to’liq erib ketishi kerak.
Havo pufakchalari hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Havo pufakchalari hosil bo’lsa ularni yo’qotish uchun eritmani 2 daqiqa davomida tindirib qo’yiladi.
Har birining miqdori 5 ml dan kam bo’lmagan 4 ta namuna olinadi, ruxsat etilgan miqdorga teng va undan oshib ketgan zarrachalar miqdori va o’lchamlari aniqlanadi. Birinchi namuna natijasini chiqarib yuborgan holda, tekshiriluvchi moddadagi zarrachalarning o’rtacha miqdorini hisoblanadi.
Nisbiy burish. Preparatning inyeksiya uchun suvdagi 1% li eritmasini quruq modda bo’yicha hisoblanganda +58º dan +64º gacha bo’ladi.
O’xshash aralashmalar. Tekshiruv “Miqdoriy tahlil” bo’limida ko’rsatilgan sharoitda, YSSX usulida aniqlaniladi.
Yakka holdagi aralashmalar miqdori 1,0% gacha;
Aralashmalar yig’indisi 3% dan oshmasligi kerak.
Quritishda yo’qotilgan massa. 3% dan oshmasligi kerak. Tekshiruv 1,0 g (aniq tortma) preparatda, flakonni 3 soat davomida 100-105ºC haroratda quritib aniqlanadi.
Qoldiq organik erituvchilar.
N,N – dimetilanilin. N,N – dimetilanilinning miqdori 0,002% dan oshmasligi kerak. Tekshirish gaz xromatografiyasi usulida olib boriladi. Xromatografiya sharoiti:
Kolonka – shisha yoki zanglamaydigan po’latdan, uzunligi 2m x 2 mm, xromasorb-GMDC dagi 10% li OV-17 bilan to’ldirilgan;
Kolonka harorati – 110ºC;
Bug’latkich harorati – 170ºC;
Tashuvchi gaz – azot;
Oqim tezligi – 30ml/min;
Detektor – ionizatsiyalangan alanga;
Kirish oqimi – 1 mkl.
1 ml tekshiriluvchi eritmaga 1 ml ichki standart eritmasi qo’shiladi, 1 minut davomida chayqatiladi va pastki organik qatlam xromatografiyalanadi.
N,N-dimetilanilin miqdori ushbu formula yordamida hisoblab topiladi:

bu yerda


0,956 - N,N-dimetilanilin zichligi, g/sm3;
5 - 20% li eritmadan quruq moddaga o’tkazish koeffitsiyenti;
C - ichki standart eritmasidagi nitrobenzol konsentratsiyasi, %;
K – to’g’rilash koeffitsiyenti;
Ad – N,N-dimetilanilin cho’qqisi maydoni;
An – nitrobenzol cho’qqisi maydoni;
a – namuna miqdori, 20% li eritma tayyorlash uchun kerak bo’ladigan namunaning nazariy miqdori, g;
b – tekshiriluvchi namuna miqdori, g.
To’g’rilash koeffitsiyentini topish:
1 ml namuna eritmasiga 1 ml ichki standart eritmasi qo’shiladi, 1 daqiqa davomida chayqatiladi, qatlamlarga ajralgandan so’ng pastki organik qatlam xromatografiyalanadi. To’g’rilash koeffitsiyenti quyidagi formula yordamida topiladi:

bu yerda


Cd – N,N-dimetilanilinni standart eritmadagi konsentratsiyasi;
Cn – nitrobenzolning ichki standart eritmasidagi konsentratsiyasi;
Ad – N,N-dimetilanilin cho’qqisi maydoni;
An – nitrobenzol cho’qqisi maydoni.
Ilova. 1. Ichki standart eritmasini tayyorlash. 100 mg nitrobenzolni 100 ml hajmli o’lchov kolbasiga solinadi va belgisigacha xloroform bilan yetkazib, eritiladi. Tayyorlangan eritmadan 1,0 ml olinadi va hajmi 100 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinib, belgisigacha xloroform bilan yetkaziladi (eritma konsentratsiyasi 0,001%).
2. Tekshiriluvchi eritmani tayyorlash. 4,0 g atrofida (aniq tortim) olingan moddani hajmi 25 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinib, 1M li natriy gidroksid eritmasi bilan belgisigacha yetkaziladi (eritma konsentratsiyasi 16,0%).
3. Standart namuna eritmasini tayyorlash. 100 mg N,N – dimetilanilinni hajmi 100 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi va ustiga 1M li natriy gidroksib solib belgisigacha yetkaziladi. Hosil bo’lgan eritmadan 1,0 ml olib hajmi 100 ml li o’chov kolbasiga solinadi va 1M li natriy gidroksid eritmasi bilan belgisiga yetkaziladi (eritma konsentratsiyasi 0,001%).
Metilen xloridi. Metilen xloridi miqdori 0,2% dan oshmasligi kerak. Tekshirish gaz xromatografiyasi usulida olib boriladi. Xromatografiya sharoiti:
Kolonka – zanglamaydigan po’latdan, uzunligi 2m x 3 mm, AW yoki analogik xromasorbidagi 10% li PEG-400 (polietilenglikol) bilan to’ldirilgan;
Kolonka harorati – 110ºC;
Bug’latkich harorati – 170ºC;
Tashuvchi gaz – azot;
Oqim tezligi – 40ml/min;
Detektor – ionizatsiyalangan alanga;
Kirish oqimi – 1 mkl.
6 tadan kam bo’lmagan miqdordagi xromatogramma olinmaguncha tekshiriluvchi eritma va standart namuna eritmasi navbatma-navbat xromatografiyalanadi.
Preparatdagi metilen xloridning foizlardagi miqdori (X) quyidagi formula yordamida topiladi:

bu yerda


10 – 10% li eritmani quruq namunaga o’tkazish koeffitsiyenti;
C – standart namunalardagi tegishli erituvchining konsentratsiyasi;
Sstd – standart namuna eritmasidagi metil xloridning hosil qilgan cho’qqisi maydonining o’rtacha qiymati;
Sisp – tekshiriluvchi eritma tarkibidagi metil xloridning hosil qilgan cho’qqisi maydonining o’rtacha qiymati;
a – 10% li eritma tayyorlash uchun kerak bo’ladigan namunaning nazariy miqdori, g;
b – tekshiriluvchi namuna miqdori, g;
1,336 – metilen xloridning zichligi.
Ilova: 1. Tekshiriluvchi eritmani tayyorlash. 2,5 g atrofidagi (aniq tortma) preparatni 25 ml hajmli o’lchov kolbasiga solinadi va tozalangan suv bilan belgisigacha yetkazilib, eritiladi (konsentratsiyasi 10,0%).
2. Standart namuna eritmasini tayyorlash. 200 mg atrofidagi (aniq tortma) metilen xloridini hajmi 50 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi va tozalangan suv bilan belgisigacha yetkaziladi. Tayyor;angan eritmadan 5,0 ml olib hajmi 50 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi va tozalangan suv bilan belgisigacha yetkaziladi (eritmadagi metilen xloridning konsentratsiyasi 0,02%).

Download 1,19 Mb.
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   285




Download 1,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dori vositalarining sanoat texnologiyasi

Download 1,19 Mb.