• Yuqori puansonni moslashtirish.
  • Tabletka tayyorlash jarayonida kelib chiqadigan muammolarni bartaraf etish
  • Dori vositalarining sanoat texnologiyasi




    Download 1,19 Mb.
    bet234/285
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #126265
    1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   285
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

    Qolip hajmini belgilash. Kerakli miqdorda tortib olingan massa qolip teshigiga solinadi. Bunda puanson qolip tubini tashkil qilib, u eng pastki nuqtada joylashgan bo’ladi. So’ng massa qolipning yuzasi bilan teng bo’lguncha quyi puanson ko’tariladi va shu nuqtada mahkamlab qo’yiladi.
    Yuqori puansonni moslashtirish. Qolip hajmini moslashtirib bo’lgach, yuqori puanson asta-sekinlik bilan qolip ichidagi quyi puanson ustiga tushiriladi, natijada massa presslanadi. Presslangan tabletka quyi puanson yordamida itarib chiqariladi va tabletka tashqi ko’rinishi, hamda sinishga bo’lgan qattiqligi bo’yicha baholanadi.
    Agar tabletka tez uqalanuvchan bo’lib, etarli qattiqlikka ega bo’lmasa, bosimni oshirish maqsadida yuqori puanson yanada pastroqqa tushiriladi. Agar tabletka qattiqligi ortib ketib, uning suvda parchalanishi qiyin bo’lsa, bu bosim kuchini ortib ketganidan dalolat beradi. Bu holda yuqori puanson bir oz yuqoriga ko’tariladi. Shu tarzda olingan tabletka DF talabiga javob beradigan bo’lguncha yuqori puanson moslanadi va shu xolda mahkamlanadi.
    Quyidagi keys – Tabletkalar tarkibini to‘g‘ri tanlash, texnologik jarayonlar ketma-ketligini asoslash va mo‘‘tadillashtirish. Tabletka tayyorlash jarayonida kelib chiqadigan turli muammo va vaziyatlarni xal qilishda kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
    Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tabletkalarni tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish zarur.
    Tavsiya etilgan keysni echish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:
    • o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash;


    • muammoning hamda qabul qilingan echimning individual va guruhiy tahlilida bilim va ko‘nikmalarni qayta topshirish;


    • mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini egallash;


    • o‘quv axborotlarini o‘zlashtirish darajasini tekshirib ko‘rish.




    Tabletka tayyorlash jarayonida kelib chiqadigan muammolarni bartaraf etish (vaziyat)
    “Farmtex” MCHJ farmatsevtik ishlab-chiqarish korxonasi tabletka va kapsula dori shaklini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Hozirgi zamon talabiga javob beradigan, yuqori unum bilan ishlaydigan tabletka mashinalarini bir me’yorda ishlashini ta’minlash va sifatli tabletka olishning asosiy omillaridan biri, ishlatiladigan yordamchi moddalar turi va miqdorini ilmiy jihatdan asoslagan xolda tanlashdir. Bunda yordamchi moddalarning faolligi biofaol moddalarga, foydalanayotgan asbob-uskunalarga nisbatan befarqligiga, texnologik jarayondagi maydalash, elash, aralashtirish, namlash, quritish, granulalash va boshqa jarayonlarga bog‘liqdir. Tegishli me’yoriy hujjatlar talabiga javob beradigan sifatli tabletka olishning shartlaridan biri presslanadigan moddaning og‘irligi kamida 0,050 g, yaxshi sochiluvchan, tabletka mashinasining imkoniyati darajasidagi bosimda presslanadigan va osonlik bilan qolipdan chiqadigan bo‘lishi lozim. Bu korxonaning tabletka sexida zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinalari mavjud. Bu mashinalarning tuzilishi sodda bo‘lib, ish bajaruvchi sozlamasi qolip, ostki va ustki puansonlar va hampadan iborat. Hampaning ish jarayoniga qarab, bu turdagi mashinalar boshmoqli va sirpang‘ichli bo‘lishi mumkin. Hampa (bunker) - tabletka tayyorlash uchun mo‘ljallangan massa joylashtirilgan moslama. Zarb bilan tabletka tayyorlaydigan mashinalarda hampa mashina tanasiga o‘rnatilgan bo‘lib, ikki qismdan iborat: harakatsiz qismi (massa saqlovchi) va haraktli (massani qolipga uzatuvchi) qismi - boshmoq; sirpanchiqli tabletka mashinalarida esa hampa stol bo‘yicha sirpanib oldinga va orqaga harakat qiladi. Ish jarayonida hampa ichidagi massa qavatlanib qolmasligi uchun, uning ichiga aralashtirgich joylashtirilgan bo‘lishi mumkin. Tabletka mashinasining barcha qismlari, moslashtirilgan ishlash tezligiga binoan, hampa qolip teshikchasi ustiga kelib, uni massa bilan to‘ldiradi va orqaga qaytadi. So‘ng tabletkani presslash va presslangan tabletkani itarib chiqarish jarayoni ro‘y beradi. Hampa navbatdagi qolipni to‘ldirish jarayonida oldin tabletkani turtib yig‘gichga tushiradi. Bu jarayon daqiqasiga 80 martadan oshmaydi. Bu turdagi tabletka mashinalari sodda tuzilgan bo‘lganligi uchun, ularda oz miqdordagi tabletkalarni ishlab chiqarish va laboratoriya sharoitida (ilmiy tekshirish institutlarida) ishlatish maqsadga muvofiqdir.
    “Farmtex” MCHJ farmatsevtik ishlab-chiqarish korxonasida 0,3 g li streptotsid tabletkasi ishlab chiqarilmoqda. Quyida ushbu tabletkaning tarkibi, texnologiyasi va ishlatilgan asbob-uskunalar keltirilgan.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   285




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dori vositalarining sanoat texnologiyasi

    Download 1,19 Mb.