• Capsulae molles)
  • Perlae gelatinosae)
  • Capsulae durae operculatae)
  • KEYS: “Kapsulalar. Qattiq va yumshoq kapsulalar texnologiyasi




    Download 1,19 Mb.
    bet246/285
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #126265
    1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   285
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

    KEYS: Kapsulalar. Qattiq va yumshoq kapsulalar texnologiyasi
    Kirish. Kapsulalar aniq dozalarga bo‘lingan dori turidir. Ular suyuq, kukunsimon, bo‘tqa va donador shakldagi dorilar bilan to‘ldirilgan jelatina qobig‘idan iborat. Kapsulalar ichishga hamda yo‘g‘on ichakka va vaginal usulda ishlatishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Kapsulalar ikki xil: qopqoqchali qattiq va butun qobig‘li yumshoq bo‘ladi. Qattiq jelatina kapsulalarining shakli silindrsimon, uchi yarimsharsimon-dumaloq bo‘lib, ikki qismdan iborat: tanasi va qopqoqchasi, ikkala qismi tirqish qoldirmasdan bir-biriga oson kirishi kerak. Qattiq jelatina kapsulalarida “qulf” vazifasini bajaruvchi burama shaklda chuqurchasi bo‘lishi mumkin. Qattiq kapsulalar sig‘imiga qarab sakkiz o‘lchovda tayyorlanadi: 000 (1,37 ml), 00 (0,95 ml), 0 (0,68 ml), 1 (0,5 ml), 2 (0,37 ml), 3 (0,3 ml), 4 (0,21 ml), 5 (0,13 ml).
    Jelatina kapsulalari uch xil usulda tayyorlanishi mumkin:
    1. Qolipni jelatina eritmasiga botirib olish,


    2. Tomchilash,


    3. Taxtakashlash.


    Jelatina kapsulasining mikroblarga nisbatan turg‘unligini oshirish uchun konservantlar: benzoy kislotasi va natriy benzoati 0,05-0,1% gacha, salitsil kislotasi 0,12% gacha, nipagin va nipazol (7:3 nisbatdagi aralashmasi) 0,3-0,5% gacha qo‘shilishi mumkin. Kapsulalarni ichakda erishini ta’minlash uchun (glyutoidli kapsulalar) 3:1 nisbatida tayyorlangan atseton-spirt aralashmasiga 5%li atseto-ftalat eritmasi bilan ishlov beriladi yoki kapsula tayyorlash jarayonida jelatina massasiga 15-30% miqdorda atseto-ftalat sellyulozaning ammoniyli tuzi qo‘shiladi. Kapsula qobig‘ini tayyorlashda jelatin, suv va tibbiyot amaliyotida ishlatishga ruxsat etilgan turli yordamchi moddalar (glitserin, sorbit, qand, titan II oksidi, kislotali qizil 2S, tropeolin 0, natriy yoki kaliy metabisulfit, nipagin va boshqalar) dan foydalaniladi.


    Kapsula lotincha – “capsula” so‘zidan olingan bo‘lib, futlyar, qobiq, quti degan ma’noni bildiradi. Sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan kapsulalar dozalarga bo‘lingan, qobiq bilan himoyalangan dori moddasidan tashkil topgan dori shakli bo‘lib, asosan ichish uchun, shuningdek rektal va vaginal usullarda qo‘llashga mo‘ljallangan. Kapsulada kukun, qattiq, suyuq yoki pastasimon konsistensiyali, bir yoki bir nechta dori moddasi yoki ularni turli tibbiyotda ishlatishga ruxsat etilgan va xususiy farmakopeya maqolalarida keltirilgan yordamchi moddalar bilan birgalikdagi aralashmalari bo‘lishi mumkin.
    Kapsula silliq yuzali, xech qanday tashqi zararlanishlarsiz va xavo hamada mexanik aralashmalarni saqlamagan holatda bir butun bo‘lishi kerak.
    Yumshoq kapsulalar (Capsulae molles) - sferik, tuxumsimon, cho‘zinchoq yoki silindrsimon tuzilishli bo‘lib, yo‘lli yoki yo‘lsiz bo‘lishi mumkin. Yumshoq kapsulalar har xil o‘lchamda 1,5 ml gacha bo‘lgan hajmda bo‘lishi mumkin. Yumshoq kapsula qobiqlari tarkibidagi plastifikatorlar miqdoriga qarab qattiq yoki elastik bo‘lishi mumkin. Bu kapsulalarning tarkibidagi glitserin miqdori 20-25% ni tashkil qiladi. Hajmi 0,1-0,2 ml bo‘lgan, asosan moyli eritmalar bilan to‘ldirilgan kapsulalar durlar (Perlae gelatinosae) deyiladi.
    Yumshoq kapsula deyilishiga sabab yordamchi moddalar yumshoq elastik qobiq massasini tayyorlash jarayonida qo‘shiladi, so‘ngra navbatdagi texnologik jarayonlardan o‘tadi. Natijada qobiqning dastlabki elastiklik hossasi qisman yoki butunlay yo‘qoladi. Bunday kapsulalar butun, elastik yoki qattiq bo‘lishi mumkin. Ba’zan yumshoq kasulalarning qobig‘ining tarkibiga ta’sir etuvchi modda kiritiladi.
    Qattiq kapsulalar (Capsulae durae operculatae) - silindr shaklli, ikki tomoni yarim sferik tuzilishli bo‘lib, ikki qismdan: korpus va qopqoqdan iborat. Har ikki qism bir-biriga bo‘shliq hosil qilmasdan, oson kiyilishi lozim. Qattiq kapsulalar maxsus korpus va qopqoqni bir-biriga mustahkam kiyilishini ta’minlovchi ushlagichlardan iborat bo‘lishi mumkin. Kapsulalarning qattiqligi ularning tarkibida glitserinni umuman bo‘lmasligi yoki uning miqdorini 0,3% dan oshmasligi bilan belgilanadi. Qattiq kapusulalarga asosan sochiluvchan hossaga ega bo‘lgan kukunlar va granulalar solinadi.
    Qattiq kapsulalar barcha “shakl beruvchi” texnologik jarayonlaridan o‘tgandan so‘ng dori moddasi bilan to‘ldiriladi va ular mos keluvchi taranglik va qattiqlik ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi.
    Qattiq kapsulalar 2 ta seksiyadan iborat tuzilishli bo‘lib, ular oldindan tayyorlab qo‘yiladi va zarurat bo‘lganda dori moddalari bilan to‘ldiriladi.
    Retard kapsulalar – kapsulalarning alohida guruhi bo‘lib, tarkibidagi dori moddasini ajralib chiqish tezligi va miqdorini boshqarish mumkin bo‘lgan ta’siri uzaytirilgan (prolongirlangan) kapsulalardir. Bu maqsadda dori moddaisning ajralib chiqish tezligi va joyini ta’minlovchi maxsus yordamchi moddalardan foydalaniladi. Bu moddalar kapsula qobig‘ining tarkibida yoki ichidagi dori moddasi bilan birga yoki har ikki holatda ham bo‘lishi mumkin. Ichakda eriydigan kapsulalar modifikatsiyalangan ajralib chiquvchi vositalar qatoriga kirib, ular oshqozon shirasiga turg‘un, ta’sir etuvchi moddani ichakda ajratib chiqaradi. Ular qattiq yoki yumshoq kapsulalarni kislotali sharoitga turg‘un bo‘lgan plenkalar bilan qoplab, yoki kislotali sharoitga turg‘un bo‘lgan plenkalar qoplangan granulalar yoki kukunlar bilan to‘ldrilgan kapsulalardir.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   285




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    KEYS: “Kapsulalar. Qattiq va yumshoq kapsulalar texnologiyasi

    Download 1,19 Mb.