• Tashqi ko‘rinishi
  • Kapsulalarni o‘rtacha og‘irligini aniqlash.
  • U ±10% dan oshmasligi kerak. Dozaning bir xil tarqalganligi aniqlash.
  • Parchalanishini aniqlash
  • Qattiq jelatina kapsulalarining ko‘rinishlari




    Download 1,19 Mb.
    bet69/285
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #126265
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   285
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

    Qattiq jelatina kapsulalarining ko‘rinishlari
    Kapsulalarlarda “Dori vositalari sifatini standartlari. Asosiy qoidalar” tarmoq standarti TSt 42 - 01 : 2002 rasmiy nashrda keltirilgan quyidagi sifat ko‘rsatkichlari o‘rganilishi kerak:
    1. Dori vositasining lotin, davlat va rus tillaridagi nomlari
    2. Xalkaro patentlanmagan nomi
    3. Tarkibi
    4. Tashqi ko‘rinishi
    5. CHinligi
    6. O‘rtacha og‘irligi va massaning bir xilligi
    7. Erishi
    8. Parchalanishi
    9. Begona aralashmalar (o‘xshash birikmalar)
    10. Mikrobiologik tozaligi
    11. Dozalarning bir xilligi
    12. Miqdoriy tahlili
    13. O‘rami
    14. YOrliqlash
    15. Tashish
    16. Saqlash
    17. YAroqlilik muddati
    18. Asosiy farmakoterapevtik guruhi

    Tashqi ko‘rinishi qurollanmagan ko‘z bilan kuzatib aniqlanadi.
    M: O - o‘lchamli och yashil qattiq jelatina kapsulasi. Kapsula ichidagi modda – och jigarrangdan to‘q jigarranggacha rangli poroshok. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha Evropa farmakopeyasi talablariga javob berishi kerak (Adeno-Rits kapsulasi)

    Kapsulalarni o‘rtacha og‘irligini aniqlash.
    O‘rtacha og‘irlikni aniqlash uchun 20 ta ochilmagan kapsula birgalikda 0,001 g aniqlikda tortiladi, so‘ngra o‘rtacha og‘irligi aniqlaniladi. So‘ng har bir kapsula shu aniqlikda alohida tortilib, o‘rtacha og‘irlikdan farqi, foiz miqdorda topiladi. U ±10% dan oshmasligi kerak.
    Dozaning bir xil tarqalganligi aniqlash.
    • Agar hususiy farmakopeya maqolalarida boshqa tegishli ko‘rsatmalar bo‘lmasa,


    • 0,05 g va undan kam


    • dori modda saqlagan kapsulalarda dozaning bir xil tarqalganligini aniqlash DF XI ning “Tabletkalar” maqolasiga muvofiq amalga oshiriladi.




    Parchalanishini aniqlash
    Kapsulalarning parchalanishi xususiy farmakopeya maqolalarida maxsus ko‘rsatmalar bo‘lmasa 20 daqiqani tashkil etishi lozim.
    Misol: Adeno-Rits kapsulasi uchun bu ko‘rsatkich 30 daqiqadan oshmasligi kerak. Aniqlash uchun 18 ta kapsula namunasi olinadi. Xar bir naychaga 1 donadan kapsula joylashtiriladi. Bunda tekshirishga olingan 6 ta namuna kapsulalarining hammasi 20 daqiqa davomida to‘la parchalanishi va to‘rdan o‘tib ketishi kerak. Agar 1-2 ta kapsula talabga javob bermasa, tekshirish qolgan 12 ta kapsulalarda qaytariladi.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   285




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qattiq jelatina kapsulalarining ko‘rinishlari

    Download 1,19 Mb.