• Diskli usul.
  • -maruza: Biologik samaradorlik va uni aniqlash usullari




    Download 1,19 Mb.
    bet91/285
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #126265
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   285
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

    21-maruza: Biologik samaradorlik va uni aniqlash usullari.
    Reja:
    Kirish
    1. Biologik samaradorlik
    2, Biologik samaradorlik va uni aniqlash usullari
    Xulosalar
    Biosamaradorlik (BS) - dorining peroral, in’eksiya orqali, ingalyasion va boshqa yo‘llar bilan organizmga yuborilganda qon oqimiga tushgan dori vositasining bir qismidir. Bilamizki, qon tomiriga yuborilganda BS vosita 100% , boshqa yo‘llar bilan (peroral, rektal, mushak orasiga va boshq.) nisbatan kam va deyarli ko‘p hollarda 100% bo‘lmagan qismi qon oqimiga tushadi. Dori preparatlarining (DP) biologik samaradorligi ularning parchalanishi, erishi va dori vositalarining (DV) dori preparatidan ajralib chiqishga bog‘liq, shu sababli, dori preparatlari yaratishda yuqorida keltirilgan farmako-texnologik parametrlarni baholash majburiydir. SHuningdek, sanoat miqyosida ishlab chiqarishda ularni sifatini baholashda ushbu ko‘rsatkichlar albatta talabga javob berishi baholanishi lozim. Qattiq dori shakllarini parchalanishini aniqlash, ularni ichidan dori vositasini ajralib chiqishi to‘g‘risida to‘liq xulosa qilish imkonini bermaydi, shuning uchun biosamaradorligini baxolash uchun to‘g‘ri kelmaydi. Dori moddasining sifatini baxolashni eng qulay usuli bu dori vositalarining erish tezligini aniqlash usulidir. Qattiq dori shakllarini erish darajasini shu dorining miqdori eritmaga aniq vaqt ichida o‘tgan foizi tushuniladi. Dori vositasining har xil shakllarini solishtirish uchun hamda ishlab chiqarish jarayonida sifatini nazorat qilish uchun dori vositalarining erishini baxolash qulay. Erish tezligini aniqlash uchun ko‘p usul va qurilmalar ishlab chiqilgan.
    Qurilmalar va usullar quyidagi shartlarga javob berishi kerak:
    - qurilma har bir qismining tashqi ko‘rinishi o‘lchovini aniq bilish kerak;
    - qurilma nisabatn oddiy, ishlatishda qulay, tajriba paytidagi
    sharoit o‘zgarganda ham mos bo‘lishi kerak, xudi shu natijalarni chiqarib berish kerak;
    - qurilmadagi erish jarayoni in vivo absorsiya jarayoni bilan moslanadi;
    - qurilma boshqariladigan bo‘lishi kerak, tezlikni o‘zgartira olish kerak, bir tekis noturbulent aralashtirishni ta’minlashi kerak;
    - qurilmaning konstruksiyasi ishlab turganida ham namunalarni erituvchi moddaning ichiga solinishi mumkin.
    Erish jarayonida namunaga xech qanday mexanik zarrachalar ta’sir qilmasiligi kerak;
    - eritish uchun ishlatiladigan idish yopiq va erish jarayonini kuzatish uchun ko‘rinuvchan bo‘lishi kerak. Eritish moddasining standarti
    bo‘lishi kerak;
    • qurilma parchalanadigan, parchalanmaydigan flotatsion va maydalangan qattiq dori shakllari uchun mos bo‘lishi kerak.




    Diskli usul. Ushbu metod erishning haqiqiy tezligini aniqlash uchun kerak. Ushbu usul shakli bir necha bor o‘zgargan, ushbu o‘zgarishlar aylanish chastotasi, namunani o‘rnatish va erituvchining xarakatlanishini boshqarish tutkichi ko‘rinishi bo‘yicha bo‘lgan.
    Ko‘rsatilgan usulda tabletka parafin yordamida akrilli tutgichga (diskga) maxkamlanadi va erituvchi bilan tabletkaning faqat tepa qismi bir-biriga tegadi. Namunali tutgich 37 S° dagi 200 ml erituvchi bo‘lgan idishda aylanadi. Aylanishlar soni 300 yoki 400 ta.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   285




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -maruza: Biologik samaradorlik va uni aniqlash usullari

    Download 1,19 Mb.