Dori moddasining ajralib chiqishini aniqlash




Download 1,19 Mb.
bet94/285
Sana21.12.2023
Hajmi1,19 Mb.
#126265
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   285
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

Dori moddasining ajralib chiqishini aniqlash
Dori moddasining ajralish tezligiga uning va peshobning pNi ham ta’sir ko‘rsatadi. Kislotali xossani namoyon qiluvchi moddalar peshob pNi kislotali bo‘lganda tez ajraladi (Masalan. morfin gdroxlorid, kodein fosfat, xinin sulfat, novokain). Kuchsiz asos xossasini namoyon qiluvchi moddalar peshob pNi ishqoriy bo‘lganda tez ajraladi ( mas. barbituratlar, salitsilatlar, sulfanilamid preparatlari). SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, grafik osti yuzasi (AUC - inglizcha area under curve) preparatni biologik suyuqlikdagi umumiy miqdorini ko‘rsatsa-da, biologik ta’sir darajasi to‘g‘risida to‘liq xulosa bera olmaydi. Grafikda ko‘rsatilgandek, uchchala yuza ham umumiy ko‘rinishda bir-biriga teng. Ammo grafiklarga etibor bilan qaralganda, shu narsa yaqqol ko‘rinib turibdiki, S dori shakli yuborilsa, dori preparatini konsentratsiyasi minimal terapevtik konsentratsiyaga ham etmaydi. Demak, bu dori shakli qo‘llanilganda kasalni davolash xususiyati bo‘lmaydi.
Dorining biologik ta’sir darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar orqali belgilanishi mumkin:
1. Dori moddasini organizmdagi harakatini ko‘rsatuvchi grafik osti yuzasi.
2. Dori moddasini biologik suyuqlikdagi maksimal miqdori.
3. Dori moddasini organizmga so‘rilib, biologik suyuqlikdagi yuqori konsentratsiya hosil bo‘lguncha o‘tgan vaqt.
M. E. K. (minimal effektli konsentratsiya) – preparatni qondagi terapevtik ta’sir ko‘rsatmaydigan eng past (minimal) konsentratsiyasi.
Biologik ta’sir darajasi dorini bir marta yuborilgandan so‘ng uni qondagi miqdorini aniqlash yo‘li bilan olib boriladi. Bu usulni afzalliklaridan biri shuki, sog‘lom tanaga dorini ta’siri minimal darajada bo‘ladi. Dori konsentratsiyasini aniqlash davri dorini uch karra yarim parchalanish vaqtiga to‘g‘ri kelishi kerak. Dori venaga yuborilmay boshqa yo‘llar bilan yuborilganda esa, uning konsentratsiyasi ko‘tarilishida 3 nuqta va pasayishida 3 nuqta aniqlanishi kerak. SHuning uchun ko‘p qon sarflanadi, bu esa albatta tajribada qatnashayotgan odamlarga noqulayliklar tug‘diradi.

Download 1,19 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   285




Download 1,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dori moddasining ajralib chiqishini aniqlash

Download 1,19 Mb.