• Rezomat-1" (Germaniya) asbobida dori turidan dori moddani ajralib chiqish tezligi
  • Dori vositalarini membranalar orqali o‘tishini o‘rganishda membranalar quyidagi xossalarga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi
  • Efedrin tabletkasi biosamaradorligiga optik izomeriyani (L, D) ta’sirini o‘rganish




    Download 1,19 Mb.
    bet95/285
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #126265
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   285
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

    Efedrin tabletkasi biosamaradorligiga optik izomeriyani (L, D) ta’sirini o‘rganish.
    11 ta 19-25 yoshli erkaklar tajribada ishtirok etdilar Ular 50mg efedrin saqlovchi tabletkalarni og‘iz orqali qabul qildilar. Standart sifatida 5%li L- efedrin steril eritmasi yuborildi. Xar 1 soatda qon olinib, undagi dori modda miqdori aniqlandi (24 soat davomida). Olingan natijalar jadvalga kiritildi.


    • Rezomat-1" (Germaniya) asbobida dori turidan dori moddani ajralib chiqish tezligi suv fazada amalga oshiriladi (rN 1,2 dan 7,8 oralig‘ida bo‘ladi), bu muhit lipid qatlam xloroform bilan gidrostatik muvozanatda bo‘ladi. Suvli faza oshqazon-ichak tarmog‘i muhitini eslatadi. Lipid erituvchi esa lipid membrana orqali so‘rilishni ko‘rsatadi.


    Dori vositalarini membranalar orqali o‘tishini o‘rganishda membranalar quyidagi xossalarga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi:
    a) dori vositasining qolib ketishligi minimal bo‘lishiga erishish uchun membrana yupqa bo‘lishi kerak;
    b) dori vositasining membrana orqali o‘tishi uning membranada erishiga asoslangan bo‘lishi kerak. (membrana teshiklaridan dori vositasining o‘tib ketishi mumkin bo‘lsa ), uni bu maqsadda ishlatish mumkin emas) ;
    v) membrana tajriba vaqtida sezgirligini yo‘qotmasligi uchun mexanik yuklarga turg‘un bo‘lishi kerak;
    g) membrana o‘tish tezligi va in vivo absorbsiyasi korrelyasiyasini isbotlashga imkon berishi kerak.
    Fiziologlar baholashi bo‘yicha to‘qimalarda hujayra va kapilyarlar orasidagi eng katta masofa tahminan 0,125mm ga teng. Odam organizmini hujayrasini o‘rtacha diametri 0,01mm bo‘lgani uchun, dorivor preparat qon aylanish sistemasiga tushgandan keyin retseptorlar bilan maxsus o‘zaro ta’sirga kirishishdan oldin tahminan 10-12 hujayradan tashkil topgan biologik to‘siqdan o‘tishi kerak. Miya, ko‘z, ko‘krak suti va boshqa organ va to‘qimalarga tushish uchun dorivor modda gematoensefalik, gematooftalmik, plansentar kabi maxsus biologik to‘siqlarni engib o‘tishi kerak. Ko‘pincha dorivor moddalarni peroral, yani og‘iz orqali qabul qilish tavsiya etiladi. Dorilarni bu yo‘l bilan qabul qilish juda oddiy va qulaydir. SHu bilan birga bu yo‘l bilan dori qabul qilinganda uni bilogik samaradorligiga tasir etuvchi omillar miqdori ko‘p.
    • BJSST (1996yy.) va ES (1992y), RF (1995,2000yy) larda bioekvivalentlikni o‘rganish reglamentlari mavjud bo‘lib, ularda bu tekshiruvlarni o‘tkazish zaruriyati asoslab berilgan.


    • Terapevtik ta’sir kafolatlanishi shart bo‘lsa;


    • Terapevtik ta’sir doirasi katta bo‘lmagan preparatlarda;


    • Absorbsiya 70% dan kamligi hisobiga yoki eliminatsiya 79% dan ko‘p preparatlarda farmakokinetikasi bo‘yicha;


    • Fizik-kimyoviy xossalari ijobiy bo‘lmagan preparatlarda (eruvchanligi kam, turg‘un bo‘lmagan, polimorfizm va x.k.);


    • Biosamaradorligi bo‘yicha muammoli ekanligi hujjatda tasdiqlangan preparatlarda albatta bioekvivalentlikka tekshiruv o‘tkazilishi kerak.





    Download 1,19 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   285




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Efedrin tabletkasi biosamaradorligiga optik izomeriyani (L, D) ta’sirini o‘rganish

    Download 1,19 Mb.