• TAKROR DOZALARNI YUBORISH ORQALI O‘TKAZILADIGAN TAJRIBA
  • PREPARATNING PESHOB ORQALI CHIQISHINI TEKSHIRISH ORQALI BIOLOGIK TA’SIR DARAJASINI ANIQLASH
  • BIR MARTALIK DOZA BILAN O‘TKAZILADIGAN TAJRIBA




    Download 1,19 Mb.
    bet98/285
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #126265
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   285
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

    BIR MARTALIK DOZA BILAN O‘TKAZILADIGAN TAJRIBA
    Biologik ta’sir darajasi dorini bir marta yuborilgandan so‘ng uni qondagi miqdorini aniqlash yo‘li bilan olib boriladi. Bu metodni afzalliklaridan biri shuki, sog‘lom tanaga dorini ta’siri minimal darajada bo‘ladi. Dori konsentratsiyasini aniqlash davri dorini uch karra yarim parchalanish vaqtiga to‘g‘ri kelishi kerak. Dori venaga yuborilmay boshqa yo‘llar bilan yuborilganda esa, uning konsentratsiyasi ko‘tarilishida 3 nuqta va pasayishida 3 nuqta aniqlanishi kerak. SHuning uchun ko‘p qon sarflanadi, bu esa albatta tajribada qatnashayotgan odamlarga noqulayliklar tug‘diradi.
    TAKROR DOZALARNI YUBORISH ORQALI O‘TKAZILADIGAN TAJRIBA
    Surunkali foydalaniladigan dori preparatlarini biologik ta’sir darajasini aniqlashda tajribalar dorini takror yuborish orqali o‘tkaziladi. Bu usul shifoxona sharoitida kasallarni davolash bilan birga olib boriladi. Dorining ta’sir darajasi esa uni biologik suyuqlikdagi konsentratsiyasi orqali aniqlanadi. Taxlil uchun namunalar dori konsentratsiyasi ma’lum bir turg‘un miqdorga etgandan so‘ng olinadi. Ko‘pincha dori 5 -10 marta yuborilgandan so‘ng uning konsentratsiyasi turg‘unlashadi. Dorini qondagi konsentratsiyasi turg‘unlashgandan so‘ng, uni maksimal konsentratsiyaga etish vaqti bir xil bo‘ladi. SHuning uchun oldin standart dori shaklini qondagi maksimal konsentratsiyasi aniqlanib, so‘ng, tajribadagi dori shakli yuboriladi va belgilangan vaqtdan keyin uni maksimal konsentratsiyasi aniqlanadi.
    Analizga qon olish bir doza preparat yuborish oralig‘ida davom etadi va nisbatan kam qon sarflanadi. Agar maksimal konsentratsiya vaqti aniq bo‘lsa, uch marta qon olinib, xulosa chiqarish mumkin. Biologik tartib darajasi to‘g‘risidagi xulosa grafik ostidagi maydonni hisoblash bilan yoki qondagi maksimal konsentratsiya orqali chiqarilishi mumkin.
    PREPARATNING PESHOB ORQALI CHIQISHINI TEKSHIRISH ORQALI BIOLOGIK TA’SIR DARAJASINI ANIQLASH
    Bu usulda dorini biologik ta’sir darajasini aniqlash uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
    - Preparatning hamma qismi yoki ma’lum bir qismi o‘zgarmay siydik orqali chiqishi.
    - har bir analiz olinganda siydik qopchig‘i to‘la bo‘shatilishi.
    - Analiz olish vaqti va soni qatiy belgilangan bo‘lishi shart.
    Asosan preparatning tanada yarim parchalanish davriga teng vaqt ichida 7 – 10 marotaba analiz olinadi. Bu vaqt ichida preparatni 99,9% gacha organizmdan chiqariladi.
    Taxlil soni ko‘p bo‘lgani maqsadga muvofiq hisoblanadi. CHunki, preparatning organizmdagi konsentratsiyasining o‘zgarishi aniq belgilanadi. Siydik qopchig‘ining to‘la bo‘shatilganligini kuzatib borishning qiyinligi bu usulning kamchiligi hisoblanadi.
    Dori sifatini tekshirish uslublarini topish yo‘lidagi izlanishlar dorilar orasidagi terapevtik tengsizliklardan xoli bo‘lgan metodlar sifatida dori moddasini erish tezligini aniqlash metodlarga katta ahamiyat berilishini taqazo etadi. Dori moddasini erish tezligini aniqlash dori shaklini parchalanishini aniqlaydigan asboblarda olib borilishi mumkin.
    Ma’lum vaqt ichida erigan moddani miqdori aniqlanib, jadval tuziladi va shu erigan moddani umumiy miqdoriga nisbatan protsentlarda aniqlanadi. Ma’lum vaqtda erigan moddani protsentdagi miqdori erish grafigini ko‘rsatadi.
    Preparatlarni eritmaga o‘tishiga quyidagi omillar ta’sir etishi mumkin: harorat, eritma miqdori, tarkibi, aralashtirish tezligi, qo‘llanilgan asbob turi va x.k. SHu omillar tajriba qaytarilganda hisobga olinishi kerak.
    Erish testi bo‘yicha dori sifatini belgilashning qulayligi bilan bir qatorda kamchiliklari ham bor. Masalan, uzoq vaqt talab etiladi, AQSH XIX farmakopeyasi bo‘yicha to‘liq xarakteristika olish uchun har dori turidan kamida 6 tasini erish vaqti aniqlanishi kerak.
    Agar shu seriyadagi 6 ta natija talabga javob bersagina, bu preparatlar qabul qilinadi. Mabodo 1 yoki 2 tabletka erish vaqti talabiga javob bermasa, yana 6 ta tabletka qaytadan tekshirilishi shart. 12 tabletkadan kamida 10 tasini erish vaqti qo‘yilgan talabga javob bersagina bu seriya (turkum) qabul qilinadi.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   285




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BIR MARTALIK DOZA BILAN O‘TKAZILADIGAN TAJRIBA

    Download 1,19 Mb.