-maruza. Tayyor dori vositalarining turg‘unligini ta’minlash




Download 1,19 Mb.
bet100/285
Sana21.12.2023
Hajmi1,19 Mb.
#126265
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   285
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

24-maruza. Tayyor dori vositalarining turg‘unligini ta’minlash.
Reja:
Kirish:
1. «Turg‘unlik» termini ifodasi
2. Dorilarning turg‘unligini o‘rganish
3. Dorilarning turg‘unligiga tarir etadigan omillar
Xulosa
Dorilarning turg‘unligini o‘rganish va turg‘un dori turini yaratish farmatsevtik texnologiyaning dolzarb muammolaridan biridir. Belgilangan muddat oralig‘ida dori shaklining texnik shartlar (TSH) yoki DF (FM, VFM)ning barcha talablariga javob bera olishiga turg‘unlik deb ataladi. YUqorida aytilganlarga ko‘ra, turg‘un dori shakli dori shakli saqlanish muddati davomida hech qanday sifat va miqdor o‘zgarishlariga uchramasligi lozim.
«Turg‘unlik» termini dorining kimyoviy, fizik, mikrobiologik, terapevtik i toksikologik xossalariga tegishli bo‘lib, u dori ishlab chiqarilgan vaqtda ega bo‘lgan xossalarni to saqlanish muddatigacha qanchalik darajada spetsifikatsiyada keltirilgan chegara oralig‘ida saqlab qolishi bilan belgilanadi.
Turg‘unlashtirish usullari
1. Fizik usuli – turg‘unlikka ta’sir etuvchi tashqi omillardan ximoya qilishga asoslanadi
2. Kimyoviy usuli - dori shakli tarkibiga kimyoviy jarayonlarni borishini oldini oluvchi yoki sekinlashtiruvchi moddalar qo‘shib, turg‘unlashtiriladi.
3. Antimikrob usuli- aseptik sharoitga rioya qilib dori tayyorlash, sterillash, bir martalik dozali germetik yopilgan steril dori tayyorlash, konservant qo‘shib tayyorlash.
Kimyoviy turg‘unlik deganda, dori preparati tarkibidagi barcha faol ingredientlar saqlanish muddati davomida kimyoviy butunligini va miqdorini me’yoriy xujjatda ko‘rsatilgan chegara oralig‘ida saqlab qolishi tushuniladi.
Fizik turg‘unlik deganda dori preparati o‘zining dastlabki fizik xossalari: tashqi ko‘rinishi, ta’mi, bir turliligi, erishi, suspenziyalanishini va h.k. saqlanish muddati davomida o‘zgartirmasligi yoki saqlab qolishi tushuniladi
Mikrobiologik turg‘unlik – dorining sterillik yoki mikroorganizmlarni o‘sib chiqishga turg‘unligi me’yoriy xujjatda ko‘rsatilgan talab doirasida bo‘lishiga aytiladi. Preparat tarkibida antimikrob konservant saqlasa, u tegishli chegara doirasida o‘z antimikrob samarasini saqlab qolishi kerak. Agar preparat saqlanish muddati davomida turg‘unligini saqlar ekan, demak uning terapevtik samaradorligi ham o‘zgarmaydi, zaxarliligi ortmaydi.
Demak, dori shakllarining turg‘unligi, saqlanish sharoiti va muddatini belgilash masalasi bilan dori ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi barcha mutaxassislar shug‘ullanishi lozim.
Dori vositalarini saqlash davomida yuzaga keladigan fizik-kimyoviy jarayonlar
Dori preparatlarini saqlash davomida uning kimyoviy tarkibi yoki fizik xossalari (cho‘kma tushishi, rangining o‘zgarishi, agregat xolatining o‘zgarishi) o‘zgarishi mumkin.
Tayyor dori vositalari turg‘unligiga eng ko‘p ta’sir etuvchi fizik omillarga: harorat, yorug‘lik nuri va namlik kiradi.
Haroratning ta’siri
Haroratning keskin ko‘tarilishi kimyoviy reaksiya tezligini ortishiga olib keladi. Masalan, harorat 20°S dan 100°S gacha ko‘tarilganda, (harorat koeffitsienti 2 ga teng bo‘lganda) reaksiya tezligi 256 martaga ortadi.
Dori vositalarining tezlashtirilgan usulda yaroqlilik muddatini belgilash asosida, harorat bilan kimyoviy reaksiya tezligi orasidagi bog‘liqlik yotadi.
Haroratning pasayishi esa, dori vositalarining turg‘unligiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, 25-40% li glyukoza , 25% li magniy sulfat, 10% li kalsiya xloridning ampuladagi eritmalarini 0ºS dan -43°S haroratgacha saqlanganda, turg‘unligini yo‘qotmagan. Ba’zi preparatlar harorat 0 ̊S dan pasayganda (bakteriynыe i dr) parchalanadi. Ayrim antibiotik eritmalari 6 dan 20°S gacha haroratda parchalanadi (eritromitsin, kolmitsin sulfat).
YOrug‘likning ta’siri
YOrug‘lik ham dori vositalarining turg‘unligiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Dori modda substansiyalari ularning eritmalariga nisbatan yorug‘lik ta’siriga chidamliroqdir. YOrug‘likning ta’siri katalizatorlar ishtirokida kuchayishi ya’ni, kimyoviy jarayonlar yanada faollashishi kuzatilgan. Fenollar, aminlar, sulfanilamidlar yorug‘da saqlanganda, rangi va kristallik shaklini o‘zgartirgan.
Dori vositasining turg‘unligini pasaytiruvchi omillardan biri havoning namligidir.
Gigroskopik xossaga ega moddalarning fizik xossalariga havoning namligi ta’sir ko‘rsatib, gidroliz jarayonini tezlashtiradi. Natijada, dori vositasining tashqi ko‘rinishi, rangi, konsentratsiyasi o‘zgarishi mumkin. Parchalanish maxsulotlari xosil bo‘lib, farmakologik faolligi pasayishi mumkin.
Namlikni me’yoridan ko‘p bo‘lishi tabletkalarning fizik- mexanik ko‘rsatkichlarini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Tashqi muhit namligining natriy –paraaminosalitsilat granulasi va tabletkasining fizik –mexanik ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etishi tajribalar asosida isbotlangan.
Kimyoviy jarayonlar
Dori vositalarini saqlashda gidroliz, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, dekarboksillanish, fotokimyoviy desruksiyalanish, izomerlanish kabi kimyoviy jarayonlar sodir bo‘lishi mumkin.
Gidroliz jarayoni
Gidroliz jarayoni murakkab efirlar, amidlar, laktonlar, laktamlar, imidlar, uretanlar, ureidlar va boshqa sinflarga oid kimyoviy birikmalarga mansub dori vositalarini saqlashda sodir bo‘ladi. Jarayon metall tuzlari (mis, rux, temir) ishtirokida faollashadi.
Ayrim xollarda dori moddalari havo harorati va namligining ortishi natijasida kristall xolida ham gidrolizlanishi mumkin.
Sanoatda gidroliz reaksiyasini sekinlashtirish maqsadida dori shaklida suv miqdorini minimal miqdorga etkazish bilan turg‘unlikka erishiladi. Antibiotiklar, gormonlar va bir qator vitaminlarning in’eksion dori shakllari bunga misol bo‘la oladi.Maksimal suvsizlantirish usuli yordamida dori shakllari turg‘unligi bir necha o‘n va yuz barobar ortadi, saqlanish muddatlari uzayadi. M: benzilpenitsillin eritmasining turg‘unligi salqin erda saqlaganda 1-2 kun, AKTG eritmasiniki - 7 kun. SHu preparatlarning maxsus usulda suvsizlantirib olingan dori shaklining saqlanish muddati 2-3 yilga teng.
Gidroliz jarayonining borishiga erituvchining ta’siri sezilarlidir. Odatda erituvchi sifatida suv ishlatiladi. Suvda gidroliz jarayoni tezlashadi. Unga propilenglikol qo‘shib ishlatilsa, jarayon sekinlashadi. SHuningdek, sirt –faol- modda (SFM)lar ham gidroliz jarayonini ingibirlaydi, natijada eritmaning turg‘unligi 10-20 barobarga ortadi.
Xlorid kislotasi, bufer eritmalar, ishqor eritmalari ta’sirida gidrolizni sekinlashtirish (ingibirlash) mumkin. Bunday moddalar stabilizatorlar deb nomlanib, ular dori moddasining kimyoviy xususiyatiga ko‘ra tanlanadi.
Oksidlanish-qaytarilish jarayonlari
Oksidlanish ham dori vositalarini parchalanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Fenol xosilalari kristall holatda ham oksidlanishi mumkin. Aldegidlar, gidrozidlar, fenotiazin xosilalari oson oksidlanuvchi moddalardir. Ularning oksidlanishiga havo tarkibidagi kislorod sabab bo‘ladi. YUqori harorat, namlik, UB(ultra binafsha)-nurlar oksidlanish jarayonini tezlashtiradi. Og‘ir metall tuzlari ( Fe(III), mis (II), qo‘rg‘oshin, nikel va b.q.) oksidlanish jarayonining katalizatorlari bo‘lib xizmat qiladi.
Oksidlanish jarayonini oldini olish uchun havodagi kislorod ta’sirini kamaytirish kerak;- katalizatorlarni yo‘qotish, qadoqlash va saqlash sharoitlariga rioya qilish kerak. Masalan, suvdagi erkin kislorodni chiqarib yuborish uchun, uni 100ºĆ gacha qizdirish kerak bo‘ladi. Engil oksidlanuvchi moddalar: aminazin, askorbin kislotasi, vitamin A in’eksion eritmalari inert gaz oqimida tayyorlanadi.
Izomerlanish
Dori preparatlarini saqlash davomida faol ingredientlari izomerizatsiyalanishi mumkin. Ratsemat shakliga o‘tishi dori preparatining farmakologik ta’sirini kamayishiga olib keladi. Optik izomerlar farmakologik faolligi bo‘yicha ba’zi hollarda bir-biridan bir necha barobar farqlanishi mumkin. Masalan, adrenalin l- izomeri d- izomeriga nisbatan 15-20 marta faolroq ekanligi aniqlangan. Tibbiyot amaliyotida uning l-izomeri qo‘llaniladi. Eritma holida adrenalinnning asta- sekin ratsematlanish jarayoni ketib, ikkala tur izomeri aralashmasi hosil bo‘ladi. Bu jarayon preparat faolligini sezilarli pasayishi bilan kechadi.
YAroqlilik muddati
YAroqlilik muddati bu preparatda yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan sana tugagandan so‘ng, uni maxsus ruxsatnomasiz ishlatib bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Preparat va dori shaklini ishlab chiqaruvchi ishlab chiqargan maxsulotini ma’lum vaqt davomida kerakli xossalarini saqlab qolishini kafolatlashi kerak.


Download 1,19 Mb.
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   285




Download 1,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-maruza. Tayyor dori vositalarining turg‘unligini ta’minlash

Download 1,19 Mb.