• Aylanma kajava usuli.
  • Erish muhiti.
  • Laboratoriya stakanidan foydalaniladigan usul




    Download 1,19 Mb.
    bet92/285
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #126265
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   285
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

    Laboratoriya stakanidan foydalaniladigan usul. Ushbu usulda 37±0,5S° haroratgacha qizdirilgan 250ml erituvchidan foydalaniladi. Aralashtirish o‘rtada joylashgan propellerli aralashtirgich orqali amalga oshiriladi. Aylanishlar soni 1min/60ta. Ushbu usulda namunani aralashtirish usuli tanqidiy baxolanadi. Osti yarimshar shaklidagi dumaloq idishdan namunaning aylanishini, o‘zgarishini oldini olish maqsadida tavsiya qilingan.
    Ushbu muammoni xal qilgan takomillashtirish namunani savatga yoki tutgichga qo‘yish bo‘lib hisoblanadi. Temir asosga o‘rnatilgan savatchaning joylashishi o‘zgarmasligiga savatning tagiga joylashtiriladigan mgnit orqali erishiladi. Ushbu qurilmalarning boshqa turida fiksatsiyasi plastinkalar orqali amalga oshiriladi. Plastinkalar kapsulalar organik oyna yoki teflondan tayyorlanib o‘ziga ko‘plab kapsula va tabletkalarni o‘rnatish imkonini beradi. Bunday qurilmadan foydalanishda kapsulalarni baholash bo‘yicha qiyinchiliklar bo‘lmaydi. Namunalar oldidagi erituvchining sirkulyasiyasi ham muntazam bo‘ladi.
    Aylanma kajava usuli. Eruvchanlikni aniqlashni zanglamaydigan po‘latdan yasalgan savatcha va tajriba idishidan iborat qurilmada olib boriladi. Adabiyotlarda ushbu usulning afzallik tomonlari yoritiladi, lekin uning quyidagi ayrim kamchiliklarini ham ko‘rsatib o‘tish kerak:
    Parrakli qurilma o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
    - yuqorida ko‘rsatilgan qurilmadagi kabi 1 idish 2 qoqpoqlik;
    - aralashtirgich 4, u vertikal valdan iborat 5, uning oxiriga parrak o‘rnatilgan 6, ikkita parallel chiziq bilan kesilgan dumaloq shaklga ega parrak; aralashtirgich chayqatmasdan mayin aylanishi kerak;
    - suv hammomi, u xaroratni doimiy ravishda 37±0,5S° da ushlab turishi kerak.
    Erish muhiti. Agar buferli eritma erish muhitini tashkil qilsa, unda uning pH i ko‘rsatilgan qiymatdan 0,05 gacha aniqlikda o‘rnatiladi. Tajribani o‘tkazishdan oldin erish muhitidan erigan gazlar olib tashlanadi, chunki ular pufaklarni vujudga keltirishi mumkin, ular esa olinadigan natijaga ta’sir ko‘rsatadi.
    Uslub. Erish muhitining ko‘rsatilgan hajmini idishga solib, qurilma yig‘iladi, 37±0,5S° haroratgacha erish muhiti isitiladi va termometr olib tashlanadi.
    Tajriba qilinayotgan dorining bittasi qurilmaga quyiladi. Parrakli qurilmaning aylanishini boshlashdan oldin uning parraklari preparat idishining tubiga tushiriladi; qattiq dozalangan shakllarni chiqib ketmasligi uchun to‘g‘ri keladigan qurilma yordamida, masalan sim yoki shisha spiral idishning tubiga joylashtiriladi.
    Savatchali qurilmada preparatni savatchaga solib, uni aylanishdan oldin belgilangan xolatga tushirib qo‘yiladi.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   285




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya stakanidan foydalaniladigan usul

    Download 1,19 Mb.