Dorilarni samaradorligi va biofarmatsiya ta'rixi. Dorilarni biosamaradorligi. Farmatsevtik texnologiyani rivojlanish istiqbollari Ma'ruza rejasi




Download 76,66 Kb.
bet3/6
Sana23.11.2023
Hajmi76,66 Kb.
#104326
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Biofar va farmakokinetika
Медиа-тадбир учун, Yuridik Psixologiya, 28.01.2021 vazifa, 23, лаб неорганика, http, Определение содержания сахара, 1-mav , 5-mav , 8 MAVZU TEST, Determination of Nicotine, sol-gel (maqola), STUDY ( 1urinda ) kopiya, 10-sinf kimyo konspekt 2017-2018 141017072739, Matematika
^ Dori turining ahamiyati. Dori bilan davolash uning eng qulay ishlatish yo’lini tanlashga boqliq. Shuning uchun dori ishlab chiqarishning o’sishi uni tayyorlash jarayonlarining takomillashuvi va yangi doriturlarining yaratilishi bilan boqliq bo’ladi. Dori turi dialektik nuqtai nazaridan dori va yordamchi moddalar qamda texnologik jarayonlar majmuasidir. Dori turlarini tanlash uni tanaga yuborish yo’lini qam ifodalaydi. Shu sababdan dorilarning so’rilishi, ta'sir qilishi uchun ketgan vaqt qamda qaysi ta'sir ko’rsatishi dori turini yuborish usuliga boqliq bo’ladi. Masalan, nitroglitserinning tabletka dori turi til ostiga qo’yib qabul qilinganda, 2-5 daqiqa ichida o’z ta'sirini ko’rsatadi. Aerozol qolida oktil natrit oqiz bo’shliqiga purkalganda esa 30 soniya ichida stenokardiya xurujini to’xtatadi. Astma kasali xuruj qilganda ishlatiladigan prednizolon va efedrin qam aerozol dori turidan tabletkasiga qaraganda bir necha marta tez ta'sir qiladi. Bu dori ta'sir qilish tezligi bo’yicha ko’pincha in'ektsiya uchun ishlatiladiganlaridan qam ustun keladi. Ayrim qollarda oqiz orqali yutiladigan dori turiga nisbatan yo’qon ichak orqali (rektal) yuboriladigan dori turi afzalroq qisoblanadi. Masalan, sistamin gidroxlorid tabletkasi qabul qilingach, so’rilish 58% ni tashkil etsa, xuddi shu miqdorda shamcha shaklida ishlatilganda 85,3% ni tashkil etadi. Amidopirin shamcha shaklida ishlatilganda 5 daqiqadan so’ng qoga so’rilib o’tganligi aniqlangan. Tolqon qolida ishlatilganda esa, 15-20 daqiqan so’nggina qonda aniqlangan. Xuddi shunday qolat izadrin gidroxloriddan qam kuztilean. Tiotriazazin preparati jigar kasalliklarida va yaralarni davolashda ishlatiladi. Uning 3 xil dori turi yaratilib (eritma, tabletka, shamcha) qar xil usullar bilan (oqiz orqali, yo’qon ichakka, mushak orasiga va qorin bo’shliqiga) yuborib ko’rilganda, ularning qammasi jigar kasalligini davolashni tezlashtirish, lekin tabletka dori turi terapevtik unumdorligining yuqoriligi kuzatilgan.

Etaden qiyin bitadigan yaralarni davolashda ishlatiladi. Uning venaga, yo’qon ichakka yuboriladigan va oqiz orqali qabul qilinadigan dori turlari tayyorlangan. Ular ichida shamchalarning terapevtik unumdorligi yaxshiroqligi aniqlangan.

Triftazin qiyom qolida ishlatilganda tabletka qolidagidan ko’ra tez so’riladi va uzoq muddat ta'sir etadi.

Furagin kapsula qolida so’rilishi 87% tabletka qolida 50% ni tashkil etadi. Ovqatdan so’ng qabul qilinganida esa so’rilish 8 marta ortadi.

Fenosal granula qolida tabletka va tolqonlar qolidagiga nisbatan faolroq ta'sir ko’rsatishi tajribada isbotlangan.

Yordamchi moddalarning ahamiyati. Dori turlarini tayyorlashda ishlatiladigan barcha yordamchi moddalar, ularning kimyoviy, fizik va boshqa tomnlardan betaraf bo’lishiga qaramasdan, biofarmatsevtik nuqtai nazaridan befarq deb bo’lmaydi. Ular ma'lum darajada dori moddalarning ajralib chiqish va so’rilish tezligiga ta'sir ko’rsatib, dorilarning ta'sir kuchini oshiradi yoki susaytiradi. Shuning uchun dori turini tayyorlashda tanlab olinadigan yordamchi moddalar qar bir dori modda uchun o’ziga xos bo’lmoqi maqsadga muvofiq. Asossiz ravishda tanlab olingan yordamchi moddalar dori ta'sirini kamaytiribgina qolmay, umuman yo’qqa chiqarishi qam mumkin. Ta'sir qiluvchi moddalar bilan yordamchi moddalar o’zaro birikib, kompleks birikma qosil qilishi, adsorbtsiyalanishi natijasida so’rilish tezligi keskin o’zgarishi mumkin. Adabiyotlarda yordamchi moddalarning biofarmatsiyaga ta'sirini ko’rsatadigan ilmiy ishlar ko’p.

Fenobarbitaldan PEO - 400 yordarnchi moddasi bilan tayyorlangan shamcha va tabletkada suvda qiyin eriydigan kompleks qosil bo’ladi, natijada fenobarbitalning so’rilishi juda yomonlashadi, shuning uchun ta'sir qilmaydi. Agar shunday dori turlari natriy barbital yoki boshqa barbituratlar bilan tayyorlansa, ishlatilgan PEO dorilar ta'siriga qech qanday salbiy ta'sir ko’rsatmaydi. Yordamchi modda sifatida ko’p ishlatiladigan ikkilamchi kaltsiy fasfat ishtirokida tayyorlangan tetratsiklin tabletkasi ichakda umuman so’rilmaydigan birikma qosil qiladi. Sut qandi, bentonit, faollashtiradigan ko’mir ishtirokida tayyorlanganatsetilsalitsil kislotasi, strixnin nitrati, apomarfm gidroxloridi dori turida qam so’rilishning keskin kamayishi va terapevtik unumdorligining susayishi kuzatilgan. PVP ishtirokida tayyorlangan livomitsetin kabi antibiotiklarda ularning mikrobga qarshi bo’lgan faolligi keskin kamayadi. PVP esa salitsilamid, prednizalon kabi dori moddalarining so’rilishiga terapevtik unumdoligini kuchaytiradi.

Ko’p ishlatiladigan, befarq xususiyatga ega deb deb qarab kelingan sut qandi qam biofarmatsiya nuqtai nazaridan bunday emas ekan. Masalan, testosteron sut qandi bilan birgalikda ishlatilganda so’rilish tezligi ortadi, pentabarbitalniki esa kamayadi; izoniazid bilan ishlatilganda uning faolligini kamaytiradi. Sut qandi ta'sirida ko’p dorilarning turqunligi yo’qoladi. Asoslanmagan qolda ishlatilgan yordamchi moddalar saqlash jarayonida dori moddalarning faolligini sussaytiradi. Masalan, steroidlar magniy oksidi va magniy 3 - silikat ishtirokida tez parchalanadi.

Ampuladagi V 41 0 darmon dorisi natriy sulfit, antriy metabisulfit va boshqa sulfitlar ishtirokida turqunligi kamayadi. D darmon dorisining talk, akltsiy sulfati, kaltsiy fosfati, limon kislotasi ishtirokida turqunligi kamayadi. Talk atsetilsalitsil kislotasining tashqi ko’rinishini o’zgartiradi.

Bir xil sharoitda, qand, sut qandi, glyukoza ishtirokida tayyorlangan belladonna ekstrakti bilan papaverin gidroxloridi, dibazol va papazol tabletkalaridan ta'sir qiluvchi moddalarning ajralib chiqishi kaltsiy karbonat bilan tayyorlanganda qaraganda 25 - 38% yuqori bo’ladi. Shu ma'noda yuqorida keltirilgan yordamchi moddalarni tabletkalar terapevtik faolligini susaytirishi bo’yicha quyidagi qatorga joylashtirish murnkin:

qand ( glyukoza ( sut qandi ( kaltsiy karbonat

Xuddi shu qodisa piratsen, kobalt - 30, kupir tabletkalarida qam kuzatiladi. Dorilarning terapevtik unumdorligiga yordamchi moddalarning miqdori qam ta'sir ko’rsatadi. Bu papaverin gidroxloridi tabletkasi misolida yaqqol namoyon bo’ladi. 0,04 g papaverin gidroxloridi tabletkasi bir xil sharoitda 0,26 va 0,36 g dan qilib tayyorlanganda, biofarrnatsevtik ko’rsatgichlari bo’yicha 0,26 g li tabletkalar ustunligi kuzatiladi.

Zamburug’larga qarshi ishlatiladigan nitroksalin PEO (polietilenoksid), qattiq yoq va kakao moyi asoslarida tayyorlangan surtma va klizrna dori turlarining antimikotin faolligi tekshirib ko’rilganda, PEO asosidagining afzalligi kuzatildi. Tabletka tayyorlash jarayonida yordamchi moddalarni biofarmatsiya nuqtai nazaridan o’rganib, V.I.Io’enko kaltsiy glyukonat tabletkasi misolida donadorlash maqsadida kraxmal shilimshiqi, kakaoning efirdagi eritmasi va PVP ishlatib ko’rgan. Bunda ta'sir etuvchi modda ajralish tezligini kamaytirgan. PVP esa oshirgan. Shunday qilib yuqori terapevtik unumdorlikka ega bo’lgan dori turini tayyorlash uchun ishlatiladigan yordamchi moddalar biofarmatsevtik nuqtai nazardan baholangan bo’lishi lozim.


Download 76,66 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 76,66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dorilarni samaradorligi va biofarmatsiya ta'rixi. Dorilarni biosamaradorligi. Farmatsevtik texnologiyani rivojlanish istiqbollari Ma'ruza rejasi

Download 76,66 Kb.