• 2023-2024-o‘quv yili Sana:____________ Sinf:_____________ O‘quv fanining nomi
  • Darsdan kutilayotgan natijalar – mavzuni o‘zlashtirgandan so‘ng o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar
  • “D”sinfida o‘tadigan bir soatlik dars ishlanmasi




    Download 0.96 Mb.
    bet1/4
    Sana01.04.2024
    Hajmi0.96 Mb.
    #184454
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Navoiy ruboiylari konspektim
    savol, Tavsifnoma Bahronov I., PLEASE READ, 25 talik mavzu , katta yigirmalik (G20) guruhi va uning jahon iqtisodiyotidagi o\'rni, Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi, boshlang-ich-sinf-o-quvchilarida-massa-sig-im-va-vaqt-o-lchov-birliklari-to-g-risidagi-tasavvurlarni-shakllantirish-metodikasi, енененен, ART, Eyler funksiyasi, Kurs ishi makroiqtisodiyot uslubiy qoʻllanma


    Navoiy shahar 20-umumiy o’rta
    ta’lim maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Axmadova Shaxnozaning
    adabiyot fanidan
    6-“D”sinfida o‘tadigan bir soatlik dars ishlanmasi

    Mavzu:Alisher Navoiy hayoti va ijodi.Navoiy ruboiylarini o’qishga tayyorlanamiz



    2023-2024-o‘quv yili
    Sana:____________
    Sinf:_____________
    O‘quv fanining nomi: Adabiyot
    Mavzu nomi: Alisher Navoiy hayoti va ijodi. Navoiy ruboiylarini o’qishga tayyorlanamiz
    Darsning maqsadlari:
    a) ta’limiy maqsad: Alisher Navoiy ruboiylari va tuyuqlarining mohiyatini o`quvchilarga singdirish. Ruboiy, tuyuq tushunchalarini o`quvchilar ongida mustahkamlash. Badiiy san’atlar bo`yicha o`quvchilarda tushuncha hosil qilish. O`quvchilarda mavzu bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish.
    b) tarbiyaviy maqsad: Komil inson g`oyasini singdirish. O`quvchilarga vatanparvarlik, insonparvarlik, mehr-oqibat, yaxshilik, kamtarlik tuyg‘ularini singdirish, ona Vatanimizga, oilasiga va ota-onasiga cheksiz mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash.
    v) rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, tafakkurini, ruboiy, tuyuqlarni tahlil qilish hamda ifodali o‘qish malakalarini rivojlantirish, erkin fikrlashga, muammoli vaziyatlar yechimini topishga o‘rgatish, mavzu asosidagi bilim, ko‘nikmalarini boyitish.
    Darsdan kutilayotgan natijalar – mavzuni o‘zlashtirgandan so‘ng o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:
    1. Avvalgi darsda o‘rgangan bilimlari asosida Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga oid to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
    2. Alisher Navoiy tomonidan yaratilgan mumtoz asarlarni bilib oladilar.
    3. Alisher Navoiyning adabiyotimizdagi o‘rni haqida ma’lumot oladilar. Inson ruhiyati, ong-u shuuriga ta’sir etadigan, o`quvchini to`g`ri yo`lga boshlashga harakat qildiradigan go`zal abyotlaridan bahramand bo`ladilar.
    4. Ruboiylari va tuyuqlari yuzasidan mustaqil fikrlarini bildiradilar va mavzu doirasida turli topshiriqlarni bajaradilar.
    5. She’rlarni tahlil qilish orqali badiiy san’atlarni tahlil qilishni o`rganadilar.

    Download 0.96 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “D”sinfida o‘tadigan bir soatlik dars ishlanmasi

    Download 0.96 Mb.