• ISLOMDAGI MAZHABLAR VA AQIDAVIY TA’LIMOTLAR 14-§ FAOLLASHTIRISH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
  • ISLOM DINI TA’LIMOTI VA BAYRAMLARI
  • Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/99
    Sana04.06.2024
    Hajmi2,32 Mb.
    #260033
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   99
    Bog'liq
    dunyo dinlari tarixi 10 uzb

    MUSTAHKAMLASH UCHUN 
    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
    1. Islom dini tarixi haqida so‘zlab bering.
    2. Qur’oni karim va Hadisi sharif deganda nimani tushundingiz?
    3. Islom dini Movarounnahrga qachon kirib keldi?
    4. Islomning jahonga yoyilishi xaritasini chizing.
    5. Islom madaniyat markazi deganda nimani tushunasiz?
    Sahihi Buxoriy


    66
    ISLOMDAGI MAZHABLAR
    VA AQIDAVIY TA’LIMOTLAR
    14-§
    FAOLLASHTIRISH UCHUN
    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
    1. Bugungi kunda musulmon aholisi ko‘pligi bo‘yicha birinchi o‘rinda 
    qaysi davlat turishini bilasizmi?
    2. Islom ta’limoti, xususan, oyat va hadislarda ilm olish haqida aytilgan 
    qanday so‘zlarni bilasiz?
    3. Eng ezgu odatlardan bo‘lgan salomlashish odobining islom ta’limotiga 
    aloqasi bormi?
    4. Nima deb o‘ylaysiz, jamiyat uchun tinchlikning o‘rni qanday? Islom 
    dinida bu borada nima deyiladi?
    ISLOM DINI TA’LIMOTI VA BAYRAMLARI
    Islom dini ta’limotiga ko‘ra, Alloh barcha jonli va 
    jonsiz narsalarning, butun koinotning yaratuvchisi hi-
    soblanadi. U hech kimga o‘xshamaydi va hech narsani 
    u bilan tenglashtirish mumkin emas. Insonlar Alloh ya-
    ratgan maxluqotlarning eng buyugidir. Alloh odamzotni 
    to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun o‘z elchilari — payg‘am-
    barlarni yuborib turgan. Manbalarda payg‘ambarlarning 
    soni 124 ming nafar bo‘lgani qayd etiladi. 
    Muhammad (s.a.v.) avvalgi payg‘ambarlar ishini 
    davom ettirgan, sof e’tiqodni tiklagan, qiyomat oldi dan 
    yuborilgan oxirgi payg‘ambar (Xotam al-anbiyo) deb 
    tan olinadi.
    Islom dinining asosiy bayramlari — bu hijriy yil hi-
    sobida Shavvol oyining birinchi kunida nishonlana-
    digan Ramazon hayiti hamda undan 70 kundan so‘ng 
    ni 
    shonlanadigan Qurbon hayitidir. Ikki hayit ham 
    O‘zbekistonda rasman bayram deb e’lon qilingan. Bu 
    Qur’oni karim


    67
    kunlarda qariyalar, qarindoshlarni ziyorat qilish, bolalar-
    ga hayitlik sovg‘alar, shirinliklar berish urf hisoblanadi. 
    Hayit bayrami insonlar orasida mehr-muhabbat, muruv-
    vat tuyg‘ularining shakllanishiga yordam beradi. Masa-
    lan, Ramazon hayitidagi fitr sadaqasi, Qurbon hayitida 
    qo‘y yoki qoramol so‘yib, muhtojlarga tarqatilishida 
    Islom dinining insonparvarlik mohiyati namoyon bo‘la-
    di. Bu kunda musulmonlar chiroyli kiyimlarni kiyib
    xushbo‘y atirlarni sepib, masjidga boradilar va hayit na-
    mozini ado etadilar. 

    Download 2,32 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   99




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik

    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish