• Hadisi shariflarni
  • Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/99
    Sana04.06.2024
    Hajmi2,32 Mb.
    #260033
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99
    Bog'liq
    dunyo dinlari tarixi 10 uzb

    Hashr surasi, 9-oyat
    Ka’baning 
    qadimiy va hozirgi 
    ko‘rinishi
    Hadis
     — Islom 
    dinining Qur’oni 
    karimdan keyingi 
    o‘rinda turuvchi 
    muqaddas 
    manbasi. 


    65
    Muftiy Usmonxon Alimov tomonidan ham hozirgacha Qur’oni karimning 
    o‘n besh porasi tafsir qilinib chop etildi. «Tafsiri Irfon»ning boshqa tafsirlar-
    dan ajralib turadigan xususiyatlari shundaki, unda oyatlar ma’nosi zamondosh-
    larimiz uchun tushunarli, sodda va ravon bo‘lishiga harakat qilingan. 
    Hadisi shariflarni
    O‘zbekistonda o‘rganish XX asrning o‘rtalariga borib 
    taqaladi. 1968-yildan chop etila boshlagan «Sovet Sharqi musulmonlari» jur-
    nali sahifalarida muhaddislar va hadislar haqidagi ayrim maqolalar berilar edi. 
    Mustaqillik davrida bu jurnal «Movarounnahr musulmonlari» va keyinchalik 
    «Hidoyat» nomi bilan chop etila boshladi. Jurnal hozirgi kunda ham o‘z sahi-
    falarida hadis va muhaddislarga oid maqolalarni muntazam berib bormoqda.
    Mustaqillik davrida hadis bo‘yicha chop etilgan ilk kitoblardan biri Sham-
    suddin Boboxonov, shayx Abdulaziz Mansur kabi olimlar tomonidan odob-
    axloq, maishiy hayot masalalariga oid hadislarni o‘z ichiga olgan «Ming bir 
    hadis» kitobidir. Keyinchalik akademik Ne’matulla Ibrohimov va shoir Mirzo 
    Kenjabek tahriri ostida Imom Buxoriyning «al-Jome as-sahih», «al-Adab 
    al-mufrad» kitoblari tarjima qilindi.
    Oxirgi yillarda Toshkent islom universiteti qo-
    shidagi Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi 
    tomonidan samarqandlik mashhur Imom Do-
    rimiyning «Sunani Dorimiy» hadislar to‘plami 
    hamda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yu-
    suf tomonidan «Oltin silsila» rukni ostida Imom 
    Buxoriyning «Sahih al-Buxoriy» asari o‘zbek tili-
    ga tarjima qilinib, nashr etildi.

    Download 2,32 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik

    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish