• Protestantlik
  • Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/99
    Sana04.06.2024
    Hajmi2,32 Mb.
    #260033
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   99
    Bog'liq
    dunyo dinlari tarixi 10 uzb

    IJODIY FAOLIYAT
    Matnni o‘qing. Berilgan tarixiy voqea asosida protestantlarning talab lari 
    nimadan iborat ekanligi yuzasidan fikr bildirung.
    Praga universiteti professori Yan Gus (1369–1415) J. Viklif g‘oyalari­
    dan ta’sirlanib, cherkov boyliklaridan voz kechishi kerakligini targ‘ib qildi. 
    Cherkovga katta daromad keltiradigan va, Yan Gus fikriga ko‘ra, dindorlar 
    ongini buzuvchi indulgensiyalarning sotilishiga qarshi chiqdi. Bu qarashlari 
    uchun u 1415­yilda Konstans sobori qaroriga binoan gulxanda kuydirildi.
    Pravoslav, katolik, 
    va protestant 
    cherkovi 
    ruhoniylari
    Pasxa pishiriqlari


    60
    Protestantlik
    Yevropa mamlakatlarida katoliklikda 
    kechayotgan jarayonlarga qarshi qaratilgan reformat-
    siya harakati natijasida vujudga kelgan. Reformator-
    lar katoliklik amallarini Injil ideallaridan qaytish deb 
    talqin qiladilar. Oksford universiteti professori J. Viklif 
    (1320–1384) Rim Papasining Angliyadan olinadigan 
    soliqlariga qarshi chiqdi, ingliz cherkovining fuqarolar 
    ishlari bo‘yicha Angliya qiroliga bo‘ysunishi lozimligi 
    va Muqaddas kitobning cherkov rivoyatlaridan ustunligi 
    to‘g‘risidagi g‘oyalarini ilgari surdi. Bu g‘oyalarni ing-
    liz kambag‘al ruhoniylari qo‘llab-quvvatladilar.
    Protestantlik dunyoviy kishilarni ruhoniylardan ajrat-
    maydi, bu ta’limotga ko‘ra, barcha dindorlar ruhoniy-
    dir. Sirli marosimlardan faqat cho‘qintirish va non bi-
    lan tamaddi qilishni tan oladi. Dindorlar Rim Papasiga 
    bo‘ysunmaydilar. Ibodat va’z o‘qish, birgalashib ibodat 
    qilish va diniy qo‘shiqlar (psalomlar) aytishdan iborat. 
    Protestantlar Bibi Maryamning ilohiy ekanini tan ol-
    maydilar, tarkidunyochilik, go‘daklarni cho‘qintirish, 
    ruhoniylar kiyadigan kiyimlar, ikonalarni rad etadilar.
    Yan Gus kuydirilgandan yuz yil keyin Germaniyada 
    Vittenberg universiteti professori Martin Lyuter (1483–
    1546) Protestantlar Cherkov asoslarini yaratadi. U ham 
    indulgensiya sotilishini tanqid qiladi. M. Lyu ter di-
    niy-axloqiy jihatdan mehnatni qadrlash lozimligi g‘oya-
    sini ilgari surdi. Lyuterning fikricha, inson va Xudo 
    o‘rtasida bevosita aloqa bo‘lishi mumkin.
    Lyuter ta’limoti protestantlikdagi yo‘nalishlardan 
    biri — lyuteranlikka asos soldi. Bu ta’limotga ko‘ra, 
    odamlar vijdon va tavba-tazarruni ongli ravishda va 
    mun tazam nazorat qilishlari lozim. M. Lyuter tavba-ta-
    zarru uzoq davom etadigan jarayon ekanligini qayd eta-
    di. Lyute ranlar ta’limotiga ko‘ra, Papa o‘zi buyurgan 
    Pravoslav cherkovi.
    Italiya
    M. Lyu ter cherkov 
    eshiklariga
    95 asosni qoqib 
    qo‘ydi.


    61

    Download 2,32 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   99




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik

    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish