• MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
  • Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/99
    Sana04.06.2024
    Hajmi2,32 Mb.
    #260033
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   99
    Bog'liq
    dunyo dinlari tarixi 10 uzb

    TARIXGA NAZAR
    1920–1930-yillarda deyarli barcha katolik ibodatxonalari yopildi. 
    1930-yilda Lyuteran protestant cherkovining faoliyatiga chek qo‘yildi. Xris-
    tian cherkoviga tegishli qadriyatlar toptaldi. 
    1917-yil 27-oktabrda II Butun Rossiya syezdida yer haqida dekret qabul 
    qilindi. Unga ko‘ra cherkovga tegishli yerlar musodara qilindi.


    53
    Iogann Gutenberg
    Ibodatxonalarning 
    buzilishi
    asirlar orasida diniy jamoalar tuzilishi hamda cherkovlar 
    paydo bo‘lishiga olib keldi. Toshkentda birinchi katolik 
    cherkovi 1917-yilda qurib bitkazilgan. 
    Sovet hukumatining din va dindorlarga nisbatan 
    shafqatsiz munosabati boshqa din vakillarini ham chet-
    lab o‘tmadi. 1920-yilda birinchi bo‘lib Rus pravoslav 
    cherkoviga qarshi hujum boshlandi. Minglab pravos-
    lav ruhoniylari otildi, qamoqqa olindi va surgun qilin-
    di. Diniy xizmatchi va rohiblar qattiq tazyiqqa uchradi. 
    Ko‘plab ibodatxonalar yo‘q qilindi yoki yopildi. Katta 
    miqdordagi ikonalar va cherkov kitoblari yondirildi.
    1920–1930-yillarda deyarli barcha katolik ibodat-
    xonalari yopildi. 1930-yilda Lyuteran protestant cher-
    kovining faoliyatiga chek qo‘yildi. Xristian cherkoviga 
    tegishli qadriyatlar toptaldi. 1931-yilda XV asrga oid 
    Gutenberg Bibliyasi sovet hukumati tomonidan london-
    lik auksionchiga sotib yuborildi. Ushbu Bibliya Iogann 
    Gutenberg tomonidan 1450-yilda 180 nusxada chop etil-
    gan bo‘lib, undan faqat 47 nusxasi saq lanib qolgan edi.
    Moskva, Iso Masih 
    ibodatxonasining 
    portlatilishi,
    1931­yil


    54
    MUSTAHKAMLASH UCHUN 
    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
    1. Berilgan matnni o‘qing. Diniy bag‘rikenglik tu-
    shunchasi haqida fikr bildiring.
    2. Berilgan rasmlarga izoh bering. 1 bilan 2 hamda 
    3 bilan 4-rasmlar o‘rtasida qanday umumiylik bor? 
    3. 2- va 4-rasmlarni O‘zbekiston Respublikasi 
    Konstitutsiyasining 4-, 31-. 49- moddalari bilan 
    bog‘lab tushuntiring.
    Ikkinchi jahon urushidagi vaziyatni e’tiborga olib, 
    sovet hukumati 1943-yilda Ichki ishlar vazirligi qoshi-
    da Rus pravoslav cherkovi ishlari vakilligi, 1944-yilda 
    barcha dinlar uchun mas’ul Din ishlari bo‘yicha vakillik 
    tashkil qilindi. Rossiya hududidagi cherkov va ibodat-
    xonalar Sinod (pravoslav cherkovining bosh qaruv or-
    gani)ga qaytarildi. Lekin bu masala uzoqqa cho‘zilma- 
    di — urush tugashi bilan sovet hukumatining dindorlar-
    ga tazyiqi yanada jiddiy tus oldi. Dindorlarni repressiya 
    qilish va dinga qarshi targ‘ibot qayta tiklandi. Qaytarib 
    olingan hududlardagi dindorlar va ruhoniylar qatag‘on 
    qilina boshladi. «Din afyundir» degan g‘oya yana qayta 
    tiklandi.
    Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekistonda turli dinlar-
    ga mansub qadriyatlarni asrab-avaylash, barcha fuqaro-
    larga o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoit-
    lar yaratib berildi. Jumladan, 1995-yilning ok tabr oyida 
    Toshkent shahrida «Bir samo ostida» shiori bilan xalq-
    aro musulmon-xristian konferensiyasi o‘tkazildi. 
    XX asrning oxiri
    XX asrning 
    boshlari
    XX asrning oxiri
    XX asrning o‘rtalari
    1
    2
    3
    4


    55

    Download 2,32 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   99




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik

    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish