52
shicha, Samarqandda turli din vakillari yashagan. Jiz-
zax viloyatida — Vinkerd hududidagi g‘or devorlaridan
xristianlik tarixiga oid Iso Masih go‘dakligi ifodalangan
suratlar topilgan.
XIX asrda xristianlarning Turkiston shimoliy hu-
dudlariga kirib kelishi Chor Rossiyasi tomonidan
o‘lka ning bosib olinishi bilan bog‘liq. Harbiy qo‘shin
tarkibida ruhoniylar ham bo‘lgan. Askarlarning di-
niy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ko‘chma ibodat-
xo nalar tashkil etilgan. 1850-yilda Kopalda birinchi
muqim ibodatxona bunyod qilingan. 1871-yilda rus im-
peratorining Toshkent va Turkiston yeparxiyasini tash-
kil etish to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilingan. Dastlabki
cherkovlarning ko‘pchiligi odmi bo‘lgan va qo‘ng‘iroq-
lari ham bo‘lmagan. Xristianlarning ko‘payishi XIX asr
oxirlaridan boshlab bir nechta o‘sha davr zamonaviy
cherkovlaridan qolishmaydigan inshootlarning bunyod
bo‘lishiga olib keldi.
Markaziy Osiyoga katolik va protestant yo‘nalishi
vakillarining kirib kelishiga birinchi jahon urushida asir-
ga olingan nemis, polyak, eston, shved, litva, latish va
boshqa yevropalik askarlarning Turkiston o‘lkasiga sur-
gun qilinishi sabab bo‘ldi. Bu, o‘z navbatida, yevropalik
1917yildan keyin
cherkovlarning
molmulki
musodara qilinishi