42
BUDDAVIYLIK TA’LIMOTI
9-§
FAOLLASHTIRISH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Birorta dinning jahon diniga aylanishiga nimalar sabab bo‘lishi mumkin?
2. Buddaviylik ta’limoti nima sababdan jahon bo‘ylab keng tarqalgan?
3.
Siz tomosha qilgan badiiy filmlar orasida budda rohiblari haqidagilari
bormi? Rohiblarning xulq-odobi va axloq me’yorlariga
rioya qilishlari
haqida fikr yuriting.
Har bir millatning Budda ta’limotini o‘z tilida
o‘qib-o‘rganishi mumkinligi buddaviylikning turli hu-
dudlarga tarqalishiga zamin yaratgan. Milodning birin-
chi asrida buddaviylik butunlay boshqacha tus oladi.
Budda ilohiylashtirilib, xudo darajasiga ko‘tariladi va
unga sig‘ina boshlanadi.
BUDDAVIYLIKDA MUQADDAS MATNLAR
Buddaviylikning muqaddas manbasi «Tripitaka»
(sanskritcha «Uch savat donolik») uchta katta bo‘limdan
iborat. Birinchi bo‘lim – «Vinaya-pitaka» (sanskrit
-
cha – «Axloqiy me’yorlar kitobi») buddaviylar jamoasi
«sangxa» tarkibiga kirish tartibi, rohiblarning
xulq-atvo-
ri hamda diniy ko‘rsatmalarga rioya qilish qonun-qoida-
lari va unga amal qilinmagan taqdirda beriladigan jazo-
lar tavsifini o‘z ichiga oladi.
Ikkinchi bo‘lim – «Sutta-pitaka» (sanskritcha –
«Duolar kitobi») hajm jihatdan eng kattasi hisoblanadi.
Unda, asosan, «to‘rt asl haqiqat» haqida so‘z yuritiladi.
Budda ta’limoti shogirdlari tilidan masal, suhbat, na-
Bodxisatva,
Dalvarzintepa.
III asr
43
sihat, afsona, hikmatli so‘z, dostonlar shaklida bayon
etilgan.
Shuningdek, ushbu bo‘limda Budda jamoa-
si («sangxa»)ning tuzilishi
va uning shogirdlariga oid
ma’lumotlar ham keltiriladi.
Uchinchi bo‘lim – «Abxidxarma-pitaka» (sanskrit
-
cha – «Diniy-falsafiy masalalar kitobi»)da diniy ta’li
-
motning asosiy qoidalari ifodalanib, buddaviylik ama-
liyotining falsafiy mazmun-mohiyati ochib berilgan.
Matn yozilish uslubi va tili murakkabligi uchun budda-
viy rohiblar ularni faqat ustozlaridan ta’lim olish yo‘li
bilan o‘zlashtirganlar.
«Tripitaka» matnlariga vaqt o‘tishi bilan o‘zgartish,
tuzatish va qo‘shimchalar kiritilgan. Bunday o‘zgarish-
lar buddaviylikda o‘ziga xos yo‘nalishlar paydo bo‘li-
shiga zamin yaratgan.
«Tripitaka»ning ilk matni sanskrit tilida yozilgan
bo‘lsa ham, vaqt o‘tib asl matnlar yo‘qolib ketgani
uchun
faqat tibet, xitoy va yapon tillariga tarjima qi-
lingan namunalari saqlanib qolgan. Mazmunan «veda»
(sanskritcha – muqaddas bilim) va brahmanlik falsa
-
fiy qarashlaridan xoli bo‘lgan buddaviylik manbalari,
o‘zining ommabop uslubdagi talqini bilan oddiy xalqqa
tushunarli bo‘lgan. Masalan, «mahayana» aynan
shu xu-
susiyati tufayli buddaviylikni Janubiy va Janubi-Sharqiy
Osiyoga yoyilishini ta’minlay olgan. Milodning birinchi
asridan boshlab buddaviylik Xitoy, Koreya, Yaponiya
Shri-Lanka, Birma, Tayland, Vetnam, Kambodja, Laos
sarhadlarigacha yetib borgan.
«Nirvana» san skrit cha — «so‘lish», «o‘chish»,
«rupaloka» san skritcha — «jannat»,
«kamaloka» san skritcha — «do‘zax», «eng quyi olam»dir.
«Tripitaka» sanskritcha — «Uch savat donolik» demakdir.
Budda bilim
orqali azob
uqubatlardan
qutulish
mumkinligini
uqtirgan.
Buddaviy
donishmandlar
fikricha, har bir
inson juda ko‘p
ezgu va yaxshi
ishlar qilish
orqali Buddaga
aylanishi
mumkin.
Buddaviylik
dinining ramzi
«Dharmachakra».
U «Qonun
g‘ildiragi» deb
ham nomlanadi.
44
Buddaning 84 mingta nasihati 108 jilddan iborat
«Kangyur»da, uning talqin va tafsiri 225 jilddan iborat
«Tengyur» kitoblarida aks etgan. Shuningdek, Budda-
ning hayotiga bag‘ishlangan va milodning II asrida yo-
zilgan «Maxavosu», milodning II–III asrlarida yozilgan
«Lalitavistara» («Buddaning hayoti»), buddaviy faylasuf
Ashvagxosha tomonidan milodning I–II asrlarida yaratil
-
gan «Buddxacharita», milodning I asrida yozilgan «Ab-
nixishkramansutra» va «Nidanakatxa», «Dhammapada»
(«Dharma yo‘li», «Buddaning fikr-g‘oyalari») kabi asar
-
lar buddaviylikning muhim manbalaridan hisoblanadi.