BUDDAVIYLIK YO‘NALISHLARI
Buddaning o‘limidan so‘ng shogirdlari orasida ajra-
lish ro‘y berdi.
Xinayana
(sanskritcha — kichik arava) yo‘nalishi
an’anaviy qarashlarga rioya qilishi bilan birga Bud-
da ta’limotiga qat’iy mantiqiy izchillik berishga intildi.
IJODIY FAOLIYAT
Berilgan matnni o‘qing va buddaviylik ta’limotining asosi haqida flkr bil
-
diring.
Budda fikricha, inson «Pancha shila» (sanskritcha — besh nasihat)ga
amal qilishi, qotillik, o‘g‘rilik, gumrohlik, yolg‘on so‘z, mast qiluvchi narsa
lardan saqlanishi lozim.
Rivoyat qilinishicha, Budda vafotidan so‘ng uning jasadi olovda
kuydirilgan. Buddaning shogirdlaridan biri o‘sha joydan Buddaning
tishini topib olgan va bu tish ibodatxonada saqlangan. «Buddaning tishi»
ibodatxonaning yer ostida, kumushdan yasalgan qo‘ng‘iroq ichida oltin
idishlarda saqlanadi.
Bodxisatva —
nirvanaga
erishgan, lekin
jonli mavjudot
larga muhabbati
tufayli undan voz
kechgan inson.
45
Buddaviylikning ilk yo‘nalishlaridan biri, najot topish-
ning tor yo‘li xinayana miloddan avvalgi I asrda shakl-
langan bo‘lib, uning asosiy qoidalari «Tiripi taka»da
bayon qilingan.
Xinayanada «Budda tishiga sig‘inish», muqaddas
joylarni ziyorat qilish kabi dabdabali marosimlar pay-
do bo‘lgan. Buddaviylarning muqaddas joyi Shri Lanka
bo‘lib, bu yerga turli mamlakatlardan bu dinga e’tiqod
qiluvchilar tashrif buyuradilar. Shri Lankaning avval-
gi poytaxti bo‘lgan Kandi shahrida dunyoga mashhur
«Buddaning tishi» ibodatxonasi joylashgan.
Mahayana
(sanskritcha — katta g‘ildirak) yo‘nali-
shi Budda ta’limotining barcha tomonlarini isloh qildi.
Buddaga ilohiylik tusini berib, diniy marosim va ibo-
datlarni joriy etdi. Ushbu yo‘nalishlarning mahalliy
qad riyatlar va boshqa dinlar bilan aralashuvi lamaizm,
vajrayana, dzen (chan) buddizm, tyantay, dxiana kabi
yo‘nalishlarning vujudga kelishiga zamin yaratdi. Xu-
Toshkentdagi
Budda
ibodatxonasi
«O‘zingga ozor
yetmasin desang,
o‘zgalarga
ozor berma,
boshqalarga
ozor bersang,
o‘zing ham ozor
chekasan. Hirsu
havas barcha
baxtsizliklarning
sababchisidir.
Budda
46
dolarga yetish yo‘llari barcha uchun mumkin
bo‘lgani sababli «mahayana» yo‘nalishi «katta
arava» nomini olgan.
|