41
Mazkur shaharchadan Markaziy Osiyo hududlarida
birinchi marta loydan yasalgan, yaxshi saqlangan Budda
tasvirlangan va ko‘plab boshqa haykalchalar, bezaklar,
diniy marosim buyumlari va tangalar topilgan.
Ibodatxonadagi Buddaning tik turgan haykali juda
yaxshi saqlangan: uning oyoqlari mustahkam g‘ishtin
asosda turibdi, kiyimlarining burmalari aniq, bularning
barchasi yorqin qizil rangga bo‘yalgan. Budda sochlari-
ning tubi, asosan, qora, tepasi qizil rangda. Xuddi shu
rang bilan qosh va ko‘zining qora chiqlari chizilgan.
Quva.
1957-yilda Farg‘ona vodiysidagi Quva shahri
vayronalarida arxitektura va haykaltaroshlikning ajoyib
namunasi bo‘lgan buddaviylik ibodatxonasi qoldiqlari to-
pilgan. Ushbu materiallar Farg‘ona viloyatida VII asrda
buddaviylik dini keng tarqalganini tasdiqlaydi.
Bu davrda Markaziy Osiyoning boshqa hududlari-
da zardushtiylik dini, xususan, uning mahalliy diniy
an’analarni o‘ziga singdirgan shakli hukmron bo‘lgan.
Bugungi kunda yurtimizda buddaviylikning lamaizm
yo‘nalishi tarqalgan.