|
O’quv tanishuv amaliyoti bo’yicha hisobot I
|
bet | 1/6 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 422,14 Kb. | | #262987 |
Bog'liq Amaliyot xisobot11
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
«IQTISODIYOT» kafedrasi
O’QUV TANISHUV AMALIYOTI BO’YICHA
H I S O B O T I
_____________________________ _________
(amaliyot o’tkazilgan joy nomi va manzili)
Talaba: _________________
Institut tomonidan tayinlangan rahbar: ________________
Korxona tomonidan tayinlangan rahbar: ________________
Hisobotga qo’yilgan baho:________
Farg’ona-2020 y.
MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………………….3
Quva tumani “Quva don mahsulotlari” OAJning tashkiliy-iqtisodiy tavsif 2021-yildagi yakuniy bugalterlik balansi……………..
Quva tuman “Quva don mahsulotlari”OAJning asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari taxlil. …………………………………….……………………..8
Quva tuman “Quva don mahsulotlari”OAJda strategik rejalashtirish faoliyatni baholash…………………………………………………………….…………....14
Quva tuman “Quva don mahsulotlari” OAJning faoliyatni
yaxshilash yo’llari……………………………………………….…………....17
Xulosa……………………………………………………………………………22
Foydalanilgan adabiyotlar va Internet saytlari ro’yxati.……………………..18
KIRISH
Bugungi kunga kelib O’zbekiston Republikasida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar,tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy iqtisodiy taraqqiy ettirish, invesitsaviy hududni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti va hududlardagi xorijiy sarmoyalarni kundan-kunga faol jalb etib borish singari maqsadlar bilan keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Bunday keng ko’lamli ishlar amalga oshirilishi mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish, iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilash va eng katta muammolar: aholi turmush tarzini yaxshilash, ishsizlikni kamaytirish, YaIM hajmini ko’tarishga asosdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirzeyoyev tomonidan 2019-yil 3-may kuni “ Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora tadbirlari to’g’risidagi “ qarorini imzoladi. Qarorga binoan yoshlarni qo’llab quvvatlash, ularning iqtidorini ro’yobga chiqarish, ilmiy tadqiqot va innavatsion faoliyatini samarali yo’lga qo’yish uchun qo’shimcha shart-sharoitlar yaratish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda, shu bilan birga, ulg’ayib kelayotgan yosh avlodning ilm egallashga bo’lgan ishtiyoqi va intelektual salohiyatini oshirish shuningdek, xalqaro maydonda mamlakatimizning nufuzini yanada yuksaltirish uchun iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizmini takomillashtirish zaruriyati mavjud. Yoshlarni amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar, g’oyalarda faol ishtirokchisiga aylantirish, ilm fanni rag’batini oshirish izlanuvchanlik va yaratuvchanlik faoliyatiga keng jalb qilish, olgan bilimlarini amalda sinab ko’rsatish orqali jonajon Vatanimiz dovrug’ini keng taratgan ajdodlarga munosib avlod sifatida tarbiyalash yurtboshimizning oily maqsadlaridan biri sifatida belgilanmoqda.
Biz yoshlarga bugungi kunda bunday e’tibor qaratishlari albatta biz yoshlarni ilhomlantiradi va Vatanimiz ravnaqiga o’z hissamizni qo’shishga undaydi. Oliy ta’lim muaasasalarida ta’lim olayotgan talabalarga yaratilgan imkoniyatlar ham albatta fahrlanadigan darajada, talabalarning yil davomida olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida talabalarni o’zining mutahasisligiga ko’ra amaliyotni o’tashlikka yuboradi, talabalarga juda katta imkoniyat yaratilganligini hisobga olgan holda institutda olgan bilimlari asosida amaliyot o’taydilar va sohasi bo’yicha qanday ishlar amalga oshirilayotganligi va shu bilan birga qo’shimcha qaysi sohani o’rganish kerakliligi tog’risida ko’nikmalar hosil qiladilar. Dastlabki amaliyot talabada juda katta ta’sirot qoldiradi. Talaba amaliyot o’tagan tashkilot, tashkilotda talabaga biriktirilgan rahbar va amaliyot rahbari talabani ishga bo’lgan hurmatini , e’tiborini qozonishi yoki aksincha ishga bo’lgan e’tiborsizlik tuyg’usini shakllantirib qo’yishligi mumkin, sababi talabalar amaliyotga bir-qancha ishtiyoq va havaslar og’ushida boradilar agar talabalar tashkilotda intizomli kadrlar bilan amaliyot o’tasa va amaliyot rahbari tomonidan to’g’ri ko’rsatmalar berilsa va ko’proq e’tibor qaratilsa talabada kelgusida ishga bo’lgan e’tiborni ijobiy tomonga aks holda salbiy tomonga burilishiga sababchi bo’ladi. Talabalarning amaliyot joyidan ortirgan bilimlari va ko’rgan hodisalari kelgusida talabaning shunday fikr va dunyoqarash orqali faoliyat olib borishiga sababchi bo’lib qolishligiga olib kelishi mumkin. Amaliyot talabaga bir qancha bilimlarni mustahkamlash, qo’shimcha bilimlar ortirish, kasbga bo’lgan muhabbatni uyg’otish uchun zarurdir.
|
| |