Quva tumani “Quva don mahsulotlari” OAJning tashkiliy-iqtisodiy tavsifi




Download 422,14 Kb.
bet2/6
Sana12.06.2024
Hajmi422,14 Kb.
#262987
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Amaliyot xisobot11

Quva tumani “Quva don mahsulotlari” OAJning tashkiliy-iqtisodiy tavsifi

Korxonalarda iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni tashkil qilish. Ob’ektiv qonunlardan foydalanishning harakatdagi mexanizmini ishlab chiqishni talab qiladi. Bunday mexanizm menejment asoschilari tomonidan ilgari surilgan tamoyillarda (printsiplarda) o’z aksini topadi.


Tamoyil bu xo’jalik yuritishning muhim qoidasidir. Ularning nazariy ahamiyati shundan iboratki, ular boshqarish qonuniyatlari bilan chambarchas bog’liqdir. Ishlab chiqarish jarayonida qonuniyatlar aynan tamoyillar orqali o’z harakatini amalga oshiradi.
Boshqaruv tamoyillariga real amaliyotni belgilab, boshqarish aparatining to’g’ri va aniq harakat yo’lini ko’rsatib beradi. Tamoyillar hodisa-voqealar va vaziyatlar tizimida paydo bo’lib turadigan mantiqiy aloqlarni to’g’ri tushinishga, harakatlar maqsadini to’g’ri aniqlashga, boshqarish funktsiyasini samarali tadbiq qilishga qaratilgan konkreit qarorlar ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi.
Har kuni korxonalarda turli xildagi nizoli vaziyatlar sodir bo’lib turadi. Ana shularni o’z vaqtida bartaraf qilish rahbarlardan aniq qarorlar qabul qilishni talab etadi. Lekin bu qarorlar faqat boshqarish tamoyillarini chuqur bilgandagina o’z samrasini berishi mumkin. CHunki bu tamoyillar hodisa va voqealarning ichki aloqalarini va ularning rivojlanishiini oldindan bilishga imkoniyat beradi. Boshqaruv tamoyillari korxonada boshqarish jarayonlarini tashkil qilishdagi dastlabki holatni aniqlaydi. Tamoyillar korxonaning maqsadi va uslublari bilan chambarchas bog’liqdir.

“QUVA DON MAHSULOTLARI” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2021 yildagi yakuniy buxgalterlik balansi, foyda va zararlari to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlansin hamda jamiyatning 41 895 ming so‘m foydasi quyidagicha taqsimlansin:


- 5 foizini rezerv fondiga 2094.75 ming so‘m
- 5 foizini mehnat muhofazasi fondiga 2094.75 ming so‘m
- 80 foizini dividend to‘lovlariga 33516,0 ming so‘m
- imtiyozli aksiyalarning bir donasi uchun 22,87 so‘mdan divident jami 115470,0 ming so‘m
- har bir oddiy aksiya uchun 22,87 so‘mdan jami 33507957,63 ming so‘m to‘lovlar qonunda belgilangan muddatlarda amalga oshirilsin. Dividentlar to‘lash muddati 01.07.2022 yildan 01.09.2022 yilgacha belgilansin.Jamiyat bosh hisobchisi F.Botiraliyevga:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 aprelidagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4720-sonli Farmoniga asosan, 2021 yilda yillik moliyaviy hisobotni nashr etishni va Halqaro audit standartlari hamda Halqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashkil etishni ta’minlash;
-jamiyat buxgalteriya balanslarini “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun talabalari asosida yuritilishini ta’minlash;
V va VI. “QUVA DON MAHSULOTLARI” aksiyadorlik jamiyati 2021 yil faoliyati yakuni yuzasidan auditorlik tekshiruvi xulosasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, 2022 yil uchun auditorlik tashkiloti va uning xizmatiga to‘lanadigan xaq miqdori chegarasini belgilash to‘g‘risida.
Kun tartibidagi beshinchi va oltinchi masala yuzasidan, 2021 yil uchun “QUVA DON MAHSULOTLARI” aksiyadorlik jamiyatini tekshirishdan o‘tkazgan AT«AUDIRES” MCHJ tashqi auditorning xulosasi bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirib o‘tdi.
“QUVA DON MAHSULOTLARI” aksiyadorlik jamiyati 2016 yil faoliyati yakuni yuzasidan auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha AT«AUDIRES” MCHJ va TTT«AUDIT” MCHJdan taklif tushganligi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.
AT«AUDIRES” MCHJ jamiyatni tekshirishdan o‘tkazish uchun 15 000,0 ming so‘m, TTT«AUDIT” MCHJ esa 17 000,0 ming so‘m taklif etgan. Jamiyat Kuzatuv Kengashining yig‘ilishida tashqi auditorni va unga to‘lanadigan xaq miqdorining eng yuqori chegarasi miqdori belgilangan. Unga ko‘ra auditorga belgilanadigan xaq miqdori 10 000,0 ming so‘m qilib belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 aprelidagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4720-sonli Farmoniga asosan, 2021 yilda yillik moliyaviy hisobotni nashr etishni va Halqaro audit standartlari hamda Halqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashqi auditni o‘tkazishi belgilangan.

Shunga muvofiq, yuqoridagi auditorlik tashkilotlaridan AT«AUDIRES” MCHJ tekshirishni halqaro audit standartlari asosida o‘tkazish bo‘yicha 2007 yil 26 dekabrda berilgan №965 sonli reyestrga asosan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilganligi sababli taklifiga rozilik berish va uning xizmati uchun to‘lanadigan xaqning eng ko‘p miqdorini 15 000,0 ming so‘mda to‘lashga rozilik berish va tasdiqlash taklifini kiritdi.








Download 422,14 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 422,14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quva tumani “Quva don mahsulotlari” OAJning tashkiliy-iqtisodiy tavsifi

Download 422,14 Kb.