Quva tumani “Quva don mahsulotlari” AJning faoliyatni yaxshilash yo’llari
Quva tuman “Quva don maxsulotlari” AJ boshqaruv strukturasi, tashqi va ichki aloqalari ko’rsatib berilgan, korxona fondining tarkibi strategiyani o’zgarish dinamikasi tahlil qilingan, eksport qilingan hajim ko’rsatilgan.
Oxirgi 3 yilda korxona tomonidan ishlab chiqarilgan yalpi mahsulotning 82,0 %i eksport qilingan. Hozirgi kunda korxona mehnat unumdorligini oshirish va ish sifatini yaxshilashda Quva don maxsulotlari AJda xar bir bo’limda xodimlar 5S orintsiolariga tayanib ish olib borish yo’lga qo’yilgan.
Ular quyidagilar:
1. Ajratish (Selection) - ish jarayonidagi barcha kerakli va keraksiz mehnat vositalari, jixoz va materiallarni sinchkovlik bilan ajratib olib, tartibga solish;
2. Saralash (Sorting) - kerakli xar bir mexnat vositasi, jixoz va materiallar uchun aniq joy belgilash va o’sha joyda turishni taminlab berish;
3. Tozalik (Sweeoing) - chang, kir va ishlab chiqarish chiqindilarini muntazam bartaraf etish hamda shu bilan birga ish joyini tekshirish;
4. Rioya qilish (Sustain) - yukorida ko’rsatilgan uch tamoillarni to’lik bajarilishini ta’minlash va standartlashtirish;
5. SHaxsiy intizom (Selfdiscioline) – mexnat faoliyati jarayonini doimiy takomillashtirishda shaxsiy intizomga rioya qilish yutuqqa olib kelishga ishonch uyg’otadi.
SHuningdek korxonaning avvalgi ishlarini yagona, yaxlit oila bo’lib ish ko’rishi, maxsulot sifatini yaxshilash, iste’molchi talabini qondirish bo’lgan bo’lsa, endilikda xodimlar xavfsizligi oldingi o’rinlarga qo’yilgan.
Oylik mukofot ouli berishda ishlab chiqarish rejasini bajarganlik uchun 10%, sifatli maxsulotlar uchun 10%, xavfsizlik qoidalariga rioyasi uchun 5%, jami 25 % lik mukofot ajratilgan. Korxona faoliyatini yaxshilashning amaliy yullari sifatida korporativ boshqaruv (innovatsiya) va ratsionalizatorlik faoliyatiga ahamiyat qaratilgan.
Korxona paxtani qayta ishlash bo’yicha bir necha muammolar mavjud.
Korxonada investitsion muhitni rivojlantirish, korxonaning kelajakdagi ravnaqida katta ahamiyat kasb etadi. Bu vazifani amalga oshirishda yangi investitsiya turlarini amaliyotga tadbiq etish yoki shunday investitsiyalarni mahalliylashtirish dasturlariga jalb qilish lozim bo’ladi.
Hozirgi kunda yurtimizda bir qancha don maxsuloti ishlash korxonalari mavjud bo’sa ham, ulardan 80 dan ortig’i strategiya orqali tashkil etilgan, 20 ga yaqin korxonalar esa chet-el xamkorlar bilan tashkil qilingan. Lekin bu holat Quva don maxsulotlari” AJ ga zarur bo’lgan don maxsulotini yetkazib berishga qodirlar, qolgan qismi chet mamlakatlarga sotib yuboriladi. Agarda tadbirkorlarimizni faoliyatini mahalliylashtirish strategik dasturi orqali amalga oshiriladigan bo’lsa, qolgan 50% o’zimizda ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo’ladi.
Oldinga qo’yilgan stratesik rejalarni amalga oshirish uchun mahalliy tadbirkorlarni chet el investitsiyalarini jalb qilish jarayoniga katta etibor bilan qarash lozim bo’ladi. Kiritilayotgan investitsiyalarni kooperatsion birja orqalimahalliy tadbirkorlarga jalb qilish, mahalliylashtirish loyihalami muntazam ravishda amaliyotga joriy etib borishini kerak bo’ladi.
SHuningdek korxonaning avvalgi ishlarini yagona, yaxlit oila bo’lib ish ko’rishi, maxsulot sifatini yaxshilash, iste’molchi talabini qondirish bo’lgan bo’lsa, endilikda xodimlar xavfsizligi oldingi o’rinlarga qo’yilgan.
Oylik mukofot ouli berishda ishlab chiqarish rejasini bajarganlik uchun 10%, sifatli maxsulotlar uchun 10%, xavfsizlik koidalariga rioyasi uchun 5% , jami 25 % lik mukofot ajratilgan. Korxona faoliyatini yaxshilashning amaliy yullari sifatida korporativ boshqaruv (innovatsiya) va ratsionalizatorlik faoliyatini keltirish mumkin. Korporativ boshqaruv jaxon bozorini o’rganish uning foydali tomonlarini korxonada tadbiq qilishdan iborat. Bu tannarxni kamaytirish eksport va imoort bozorini yaxshilashga olib keladi. Ratsionalizatorlik ixtiro va sifat tugaragidan iborat bo’lib, ixtiro koplab fikr muloxaza beriladi, bundan ko’zlangan maqsad yuqori foyda oshlishdir. Sifat to’garagi maxsulot sifatini yaxshilashga qaratiladi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda faoliyat ko’rsatuvchi xorijiy korxonalarga amaldagi soliqlar va bojlar yuzasidan qator yengilliklar, imtiyozlar belgilangan. Ushbu imtiyozlarning amal qilishi bevosita mamlakatimizda yuritilayotgan mahaliylashtirish strategiyasi siyosatining asosiy negizlaridan birini tashkil etib, o’z ijobiy samarasini bermoqda. Masalan, Respublikamizda xorijiy investorlar o’z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib qiriladigan mol-mulkidan boj to’lovi olinmaydi, Respublika strategik dasturiga kiritilgan loyihalarga sarf etilayotgan xorijiy xamkorlar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari daromad (foyda) solig’idan 7 yil muddatga ozod etilgan, korxona jamg’armasida xorijiy investitsiya mablag’lari hissasi 50% va undan yuqori bo’lsa, ular 2 yil muddatga daromad (foyda) solig’idan ozod qilingan va boshqa soliq imtiyozlari belgilangan.
Strategik rejalashtirish bo’yicha korxonalar tashkil qilish mamlakatimizga:
- yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalarni resoublika iqtisodiyotiga jalb qilish, ularni ishlab chiqarishga joriy kilish esa necha yillar davomida sifatsiz, xaridor talabiga javob bera olmaydigan mahsulotlar ishlab chikaruvchi eski texnikalardan tezrok qutilish imkonini beradi;
yangi ish joylari tashkil qilish va aholining ishsiz qismini ish bilan ta’minlash, shu bilan birga, xorijning ilg’or boshkaruv tajribasini joriy kilish imkonini beradi va shu orqali mehnat unumdorligi oshiriladi;
- jahon bozorida raqobatlasha oladigan sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni eksport kilish evaziga mamlakatga erkin konvertasiya qilinadigan valyutalarning ko’oroq kirib kelishini ta’minlaydi.
Yuqori texnik saviyadagi tayyor mahsulotlar ulushi oshirilishi quyidagi jihatlarga bog’liq:
- xorijiy mamlakatlardagi korxonalar bilan O’zbekistondagi eksoort qiluvchi korxonalar o’rtasida koo’erasiya aloqalarining shakllanishiga ko’maklashish;
- yuqori texnologiya va ilm talab qiluvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishi soha va soha ichi tizimi yaxshilanishiga xizmat qiladi;
- ekksportning intellektual mulk obektlari lisenziyalarini hamda nou-xau shaklida texnik-tijorat sirlarini sotish, injiniring va lizing sohalarida xizmatlar ko’rsatish kabi turlarini rivojlantirish yo’li bilan respublikamizda erishilgan ilmiy-texnik yutuqlarning jahon xo’jaligi aylanmasiga kirib borishini tezlashtirish;
- ilmiy ishlanmalarga, xususan, amaliy fan va texnologiyalar transferti sohasidagi ilmiy ishlanmalarga bozor yo’nalishini beruvchi shart-sharoit yaratuvchi innovasiyalarni qo’llab-quvvatlashning samarali tizimini ishlab chiqish;
- innovasiya jarayonini davlat tomonidan va tijorat usulida qo’llab-quvvatlashning eng maqbul uyg’unlashuvi asosiy yo’llarini belgilab olish hamda ilmiy-texnik ishlanmalarni tijorat ahamiyatiga molik natijalar darajasigacha yetkazish;
- o’zbek olimlari va mutaxassislarining chet eldagi yetakchi institutlar, tashkilotlar va firmalar bilan xamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish;
- yuqori darajali marketing tadqiqotlari o’tkazish, tijorat va texnologiya menejmenti sohasidagi yutuqlarni o’rganish, xorijiy bozorlarning konyunkturasi, sig’imi hamda raqobatchilarning narx siyosati, koo’erasiya,
qo’shma korxonalar tashkil etish bo’yicha hamkorlar qidirish yuzasidan tahliliy malumotlarni o’rganish.
O’zbekistonda mamlakat iqtisodiyotiga srategik hamkorlarni keng jalb etish uchun qulay investitsiya muhitini yaratish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish tadbirlarini (jumladan, imtiyozlarni berish) amalga oshirishda quyidagi tamoyillarga asoslaniladi:
• tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish sohasida aniq maqsadni ko’zlab siyosat yuritish;
• Resoublika iqtisodiyotiga bevosita kaoital mablag’ni keng jalb etishni ta’minlaydigan huquqiy ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni tobora takomillashtirish;
• Resoublikaga jahon darajasidagi texnologiyani yetkazib berayotgan va iqtisodiyotni zamonaviy tarkibini vujudga keltirishga ko’maklashayotgan xorijiy investorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini yuritish;
• mablag’larni resoublika mustaqilligini ta’minlaydigan, imoort o’rnini qo’lovchi va raqobat bardosh mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan eng muhim ustuvor yo’nalishda jamlash.
|