• XRISTIANLIK 10-§ FAOLLASHTIRISH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
  • VUJUDGA KELISHI
  • Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/99
    Sana04.06.2024
    Hajmi2,32 Mb.
    #260033
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   99
    Bog'liq
    dunyo dinlari tarixi 10 uzb

    MUSTAHKAMLASH UCHUN 
    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
    1. Buddaviylik asosiy manbasining nomlanishi «Tipitaka» qanday ma’no-
    ni anglatadi?
    2. Buddaviylik ta’limotidagi oqimlarning umumiy va o‘ziga xos tomonla-
    ri nimalardan iborat ekanligini ayting.
    3.
    «Inson o‘ziga xos mavjudot bo‘lib tug‘iladi, o‘zini­o‘zi halok qiladi 
    yoki qutqaradi».
    Mazkur matndagi «o‘zini-o‘zi halok qiladi» degan 
    iboraga hayotiy misollar keltiring.
    Dalay­lama
    Lamaizmning 
    oliy diniy rahna­
    mosi Dalay­lama 
    (tibetcha – «den­
    gizdek ulug‘ 
    lama») tug‘ilgan 
    mavjudotlarning 
    eng ulug‘i, «bod­
    hisattva»ning 
    Yerdagi ko‘ri­
    nishi, tirik xudo 
    hisoblanadi.


    48
    XRISTIANLIK
    10-§
    FAOLLASHTIRISH UCHUN
    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
    1. Xristianlik dini haqida nimalarni bilasiz?
    2. Xalqimizga xos bo‘lgan diniy bag‘rikenglik qadriyati deganda nimani 
    tushunasiz? Fikringizni misollar bilan izohlang.
    3. Ushbu matnni o‘qing va «etnik sabr- toqat», «bag‘rikenglik» tushuncha-
    lari xalqimiz hayotida qanday o‘rin egallaganligini tushuntirishga hara-
    kat qiling.
     
    «Etnik sabr­toqat, bag‘rikenglik hayot bo‘ronlaridan omon qolish va rivoj­
    lanish uchun zarur tabiiy me’yorlarga aylandi» (Islom Karimov).
    VUJUDGA KELISHI
    Milodning I asrida Falastinda vujudga kelgan xris-
    tianlik dini e’tiqodchilari soni bo‘yicha dunyoda bi-
    rinchi o‘rinda turadi, Yer yuzi aholisining qariyb 2 mil-
    liarddan ortig‘i bu dinga e’tiqod qiladi. Shuning uchun 
    ham xristianlik jahon dini sifatida e’tirof etiladi.
    Xristianlik ta’limotining paydo bo‘lishi Iso Masih 
    shaxsi bilan bog‘liq. Iso shaxsi haqida fanda mifologik 
    va tarixiy yondashuvlar mavjud.
    Mifologik yondashuv tarafdorlari fan Iso Masihning 
    tari xiy shaxs ekanligi haqida ishonchli ma’lumotga ega 
    emas, deb hisoblaydilar. Ular xristianlikning Falastindan 
    tashqarida vujudga kelganini ta’kidlaydilar. Shuningdek, 
    Iso Masih haqidagi rivoyatlar Sharqda tarqalgan aso-
    tirlardagi xudolarning vafot etib, tirilishiga o‘xshashi-
    ni, Injilda ziddiyatlar va turlicha talqinlar mavjudligini 
    buning isboti deb keltiradilar.
    Iso Masih


    49
    Tarixiy yondashuv vakillari esa Iso Masihni xristian-
    lik ta’limoti asoslarini shakllantirgan, yangi dinni targ‘ib 
    qilgan tarixiy shaxs, deb hisoblaydilar. Ular bu haqda 
    ma’lumot beruvchi qator tarixiy manbalarga tayanadi-
    lar. Masalan, shunday manbalar ning biri Iosif Flaviy 
    «Qadimiyotlar» asarining Rim prokuratori Pontiy Pilat-
    ga bag‘ishlangan bobida Iso yangi e’tiqodni targ‘ib et-
    gani va unga ko‘pchilik yahudiylar va yunonlar ergash-
    gani qayd etilgan. Iso ning safarlari davomida ko‘plab 
    odamlar unga shogird bo‘ladilar. Ularni havoriylar (yu-
    noncha «apostol» — «yordamchi») deb ataganlar.
    Xristianlik ta’limotiga ko‘ra, Isoning da’vati aksa-
    riyat hukmdorlar, qabila sardorlari va yahudiy ruhoniy-
    lari tomonidan ta’qibga uchragan. Shogirdlaridan biri 
    Iuda Iskariot sotqinligi oqibatida Iso Masih 33 yoshida 
    fitnachilikda ayblanadi. Xristianlik manbalariga ko‘ra, Iso 
    Iso Masih va uning 12 havoriy shogirdlari
    Iso Masih haqi­
    dagi ma’lumot­
    lar, asosan, diniy 
    manbalarda ke­
    ladi. Iso nomiga 
    qo‘shiluvchi Ma­
    sih so‘zi qadimiy 
    yahudiy tili — 
    ibriydagi «mo­
    shiax» so‘zidan 
    olin gan bo‘lib, 
    «silan gan» yoki 
    «siylan gan» 
    ma’no larini 
    beradi.


    50
    ruhoniylar talabiga binoan Golgofa tepaligida xalq ko‘zi 
    o‘ngida xochga mixlanadi. Uning ta’limoti havoriylar 
    tomonidan davom ettiriladi va ko‘plab odamlar xristian 
    diniga jalb etiladi. Hukmron tabaqalar o‘z hokimiyatini 
    mustahkamlash maqsadida xristianlik dinini qabul qila-
    dilar.

    Download 2,32 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   99




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik

    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish