56
Soborlariga yig‘ib turadi. Bunday yig‘ilishlarda diniy
ta’limot tizimi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Xristian-
likdagi qonunchilik me’yorlari va ibodatlarni olib borish
qoidalari shakllandi, bid’atga qarshi kurashish usullari
belgilandi.
Xristianlik ta’limotiga binoan
qator marosimlarda
Muqaddas Ruh ishtirok etadi va aynan shu sababli ular
sirli deb ataladi. Bunday marosimlarga cho‘qintirish
(xristianlik diniga kiritish), yevxaristiya (non va vino ta-
maddi qilish), ruhoniylik unvonini berish, tavba qilish,
miro surtish,
yeley moyi surtish, nikoh kiradi.
Ilk Butun Jahon Sobori 325yil Nikeya
shahrida o‘tkazilib, unda e’tiqod timsoli deb
nomlangan xristianlik ta’limoti asosini tashkil
etuvchi bosh aqidalar majmuasi qabul qilingan.
Muqaddas kitob Muqaddas rivoyatlar (Papalar
maktublari va xristian soborlarining qarorlari)
bilan to‘ldirilgan.
G‘arbiy Rimning
qulashi
TARIXGA NAZAR
G‘arbiy Rim Imperiyasi qulagach (476-yilda),
Rimdagi dunyoviy hokimi-
yat cherkovning qo‘liga o‘tdi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Rim yepiskopi
Rim Papasi unvonini oldi.
Imperiyaning sharqiy qismi Vizantiyada esa kuchli imperator hokimiya-
tining saqlanib qolganligi sababli cherkov imperatorga bo‘ysundirildi. Na-
tijada Rim cherkovi Konstantinopol cherkovini o‘ziga bo‘ysundira olmadi.
Xristian cherkovining katolik va pravoslav cherkovlariga ajralib ketishi Rim
Papasi va Konstantinopol patriarxining xristian olamida yetakchilik uchun
olib borgan raqobati oqibatida yuz berdi.