• TARIXGA NAZAR
  • Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/99
    Sana04.06.2024
    Hajmi2,32 Mb.
    #260033
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99
    Bog'liq
    dunyo dinlari tarixi 10 uzb

    Katoliklik
    xristianlik dinining eng yirik yo‘nalishi 
    hisoblanadi. «Katolik» so‘zi butun jahon, butun dunyo 
    (umumiy, dunyoviy) degan ma’noga ega. Bu yo‘nalish, 
    asosan, G‘arbiy, Janubi-G‘arbiy va Markaziy Yevropa
    Boltiqbo‘yi, Ukraina va Belarusning g‘arbiy hududlari-
    da, Lotin Amerikasi va AQSHda tarqalgan.
    Katoliklik xristian dinining yo‘nalishi sifatida uning 
    asosiy aqidalari va marosimlarini tan olishi bilan birga
    ta’limoti, marosimlarni amalga oshirish, tashkil topishi-
    da o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Katolik ta’limotining 
    asosini xristianlikda tan olingan Muqaddas kitob — 
    Bib liya va Muqaddas rivoyatlar tashkil etadi. 
    Katolik Cherkovi Tashkiloti jiddiy ravishda markaz-
    lashganligi bilan ajralib turadi. Rim Papasi bu Cher-
    kovning rahbari hisoblanadi. U din va axloq masalalari 
    bo‘yicha qoidalarni belgilaydi. Uning hokimiyati Butun 
    TARIXGA NAZAR
    Katoliklik tarixida XI–XIII asrlardagi salb yurishlari, «Xudo tobuti» va 
    Muqaddas Yerni, ya’ni Falastin hududini, «g‘ayridin»lardan ozod qilishga 
    da’vatlar bo‘lgan. Din, e’tiqod bayrog‘i ostida sodir etilgan bu harakatlar 
    aslida Papalar ta’sirini mustahkamlash va kengaytirish hamda boylik ortti-
    rish maqsadida uyushtirilgan.
    Pravoslavlik xochi
    Katoliklik xochi


    59
    Jahon Soborlaridan yuqori turadi. Katoliklik ta’limotiga 
    ko‘ra, Cherkov gunohlarni afv etish, kechirim tuhfa qi-
    lish huquqiga ega. Bu huquq indulgensiyalar to‘g‘risida-
    gi ta’limotning, ya’ni pul evaziga yoki cherkov oldidagi 
    xizmatlari uchun gunohlarni kechirishning vujudga keli-
    shiga sabab bo‘lgan. 
    Katoliklikda 1870-yilda Vatikanda o‘tkazilgan 1-so-
    borda qabul qilingan Papaning begunohligi haqidagi 
    aqidalar mavjud. Papani kardinallar yig‘ilishi (kolle-
    giyasi) saylaydi. 

    Download 2,32 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik

    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish