72
Tasavvuf va unga o‘zakdosh bo‘lgan so‘fiy, mutasavvif atamalari
-
ning kelib chiqishi arab tilidan «jun, yung» ma’nosini bildiruvchi
«suf» so‘zidan olingan.
TASAVVUF VA TARIQATLAR
15-§
FAOLLASHTIRISH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Tasavvuf tushunchasi haqida nimalarni bilasiz?
2. Toshkent viloyatidagi «Zangi ota», Buxorodagi «Hazrat Naqshband»
ziyoratgohlari kimlarning sharafiga qurilganini bilasizmi?
3. Axloqiy tarbiya deganda nimani tushunasiz?
Tasavvuf tariqatlari.
Ko‘pincha,
tasavvuf yoki ta-
riqat deganda mashaqqatli hayot yo‘li, tarkidunyochilik
qilish, zamonaviy fan
yutuqlaridan voz kechish, mehnat
qilmasdan faqat ibodat bilan shug‘ullanish, o‘zini-o‘zi
qiynash ko‘z oldimizga keladi. Aslida ham shundaymi?
Aslini olganda tasavvufning chin mohiyati nafsni
poklash,
axloqni sayqallash, ma’naviy kamolotga eri-
shishdan iborat. Mazkur
maqsadlarga erishish uchun
olimlar tomonidan maxsus maktablar — tariqatlar tuzil-
gan.
«Tariqat» arab tilidagi so‘z bo‘lib, «yo‘l» ma’nosini
ang latadi.
Tasavvufda esa bu muayyan yo‘lboshlovchi
(murshid, pir) tomonidan Qur’on va hadislar, sahobalar-
ning yo‘l-yo‘riqlari asosida ishlab chiqilgan ruhiy pokla-
nish yo‘li, metodi jamlanmasi hisoblanadi.
Bugungi
kunda tariqatlar soni ko‘p bo‘lib, ularning eng yiriklari
Yassaviya, Kubraviya va Naqshbandiyadir. E’tiborlisi,
ularning barchasi ona yurtimizda yuzaga kelgan.