73
Movarounnahrda tasavvuf yo‘nalishining vujudga
kelishi shayx Abu Ya’qub Yusuf Hamadoniy (vaf. 1140–
41-y.) shaxsi bilan bog‘liq bo‘lsa-da,
XII asrda Marka-
ziy Osiyoda paydo bo‘lgan ilk tasavvufiy tariqatning
asoschisi Xoja Ahmad Yassaviydir.
Yassaviya
. Xoja Ahmad Yassaviy bugungi Qozog‘is-
tonning janubidagi Chimkent
viloyati Sayram qish-
log‘ida dunyoga kelgan. Ba’zi manbalarga qaraganda, u
Yassida (hozirgi Turkiston) tavallud topgan.
Ahmad Yassaviy o‘zining «Devoni Hikmat» asari-
da ma’naviy poklanish, axloq, halollik, bag‘rikenglik
g‘oya
larini she’riy uslubda bayon qilgan. Yassaviy-
likning o‘ziga xos jihati oshkora uslubda zikr va duolar
o‘qish, dunyo lazzatlaridan qisman voz kechishda aks
etgan. Yassaviylikka xos xususiyatlar
keyinchalik yuza-
ga kelgan ko‘plab tariqatlarda aks etgan.
Kubraviya —
Yassaviylik bilan bir asrda yuzaga
kelgan tariqatlardan biri. Bu tariqatning asoschisi —
Shayx Najmiddin Kubro Xivaqiy (1145–1221). U Xo
-
razmdagi Xivaq shahrida dunyoga kelgan. Shayx Naj-
middin Kubro kubraviya yoki «zahabiya» deb
ataluv chi
tariqatga asos solgan. Mazkur tariqatchilar orasida
«xufiya» zikr qilish keng qo‘llangan. Uning eng mash
-
hur asari «Usuli ashara» bo‘lib, u barcha tariqatlarga
IJODIY FAOLIYAT
Tasavvufga berilgan ta’rifni o‘qing. ta’rifdagi «yomon axloqlar» deganda
nimani tushunasiz? Nima uchun bunday yomon
axloqlardan qutulish kerak
deb o‘ylaysiz?
Tasavvuf — xuddi tibbiyot ilmi badan sog‘lig‘iga oid ma’lumotlarni
o‘rgatganidek, tasavvuf ham qalbning, ruhning yomon axloqlardan xalos
bo‘lishi yo‘llarini o‘rgatadi.