78
din vakillariga o‘z e’tiqodlarini amalga oshirish uchun
keng yo‘l qo‘yib berilgan.
VIII asr boshida Movarounnahrga islom dini kirib
keldi. Bunda yangi diniy e’tiqod va mahalliy urf-odat,
an’analar birlashib, boshqa musulmon mamlakatlaridan
farqli o‘ziga xos shaklni oldi. Keyinchalik shu o‘lka ula-
molari tomonidan keng rivojlantirilgan hanafiylik maz-
habi mazkur urf-odatlarning Qur’on va hadislarga mos
qismini diniy manba sifatida qabul qildi. Natijada di-
niy-ijtimoiy masalalarni hal qilishda «urf» fiqhiy man
-
balardan biri bo‘lib qoldi.
Islom olamida kim musulmon, kim musulmon emas,
degan tortishuvlar avj olgan bir paytda Markaziy Osiyo
ulamolari islom dinini qabul qilib, o‘zini musulmon sa-
nagan kishini kofirlikda ayblash mumkin emas, degan
qoidani islom dinining manbalari bilan asoslab berdilar.
Islom dinining ushbu o‘lkada keng tarqalgan mazhabi
hanafiylikning bosh aqidaviy tamoyillari ana shunday
bag‘rikenglikka asoslangan.
Imomi A’zam Abu Hanifa (699–767) tomonidan
bosh
langan bunday bag‘rikenglikning ilmiy-aqidaviy
asoslari yurtimiz allomalaridan Imom Moturidiy (870–
944), Abul Muin Nasafiy (1046–1115) kabi zotlar tomo
-
nidan davom ettirildi. Ular qoldirgan boy ilmiy meros
asrlar osha musulmon mamlakatlar madrasalarida diniy