60
Protestantlik Yevropa mamlakatlarida katoliklikda
kechayotgan jarayonlarga
qarshi qaratilgan reformat-
siya harakati natijasida vujudga kelgan. Reformator-
lar katoliklik amallarini Injil ideallaridan qaytish deb
talqin qiladilar. Oksford universiteti professori J. Viklif
(1320–1384) Rim Papasining Angliyadan olinadigan
soliqlariga qarshi chiqdi, ingliz cherkovining fuqarolar
ishlari bo‘yicha Angliya qiroliga bo‘ysunishi
lozimligi
va Muqaddas kitobning cherkov rivoyatlaridan ustunligi
to‘g‘risidagi g‘oyalarini ilgari surdi. Bu g‘oyalarni ing-
liz kambag‘al ruhoniylari qo‘llab-quvvatladilar.
Protestantlik dunyoviy kishilarni ruhoniylardan ajrat-
maydi, bu ta’limotga ko‘ra, barcha dindorlar ruhoniy-
dir. Sirli marosimlardan faqat cho‘qintirish va non bi-
lan tamaddi qilishni tan oladi.
Dindorlar Rim Papasiga
bo‘ysunmaydilar. Ibodat va’z o‘qish, birgalashib ibodat
qilish va diniy qo‘shiqlar (psalomlar) aytishdan iborat.
Protestantlar Bibi Maryamning ilohiy ekanini tan ol-
maydilar, tarkidunyochilik, go‘daklarni cho‘qintirish,
ruhoniylar
kiyadigan kiyimlar, ikonalarni rad etadilar.
Yan Gus kuydirilgandan yuz yil keyin Germaniyada
Vittenberg universiteti professori Martin Lyuter (1483–
1546) Protestantlar Cherkov asoslarini yaratadi. U ham
indulgensiya sotilishini tanqid qiladi. M. Lyu ter di-
niy-axloqiy jihatdan mehnatni qadrlash lozimligi g‘oya-
sini ilgari surdi. Lyuterning fikricha,
inson va Xudo
o‘rtasida bevosita aloqa bo‘lishi mumkin.
Lyuter ta’limoti protestantlikdagi yo‘nalishlardan
biri — lyuteranlikka asos soldi. Bu ta’limotga ko‘ra,
odamlar vijdon va tavba-tazarruni ongli ravishda va
mun tazam nazorat qilishlari lozim. M. Lyuter tavba-ta-
zarru uzoq davom etadigan jarayon ekanligini qayd eta-
di. Lyute ranlar ta’limotiga ko‘ra, Papa o‘zi
buyurgan
Pravoslav cherkovi.
Italiya
M. Lyu ter cherkov
eshiklariga
95 asosni qoqib
qo‘ydi.