• 1980 yilda tuzilgan CNN (The Cable News Network) kompaniyasi
  • Ma’ruza jahon media va axborot makonida raqobat muhiti. Reja: Bosma va ommaviy axborot vositalari. Aholining axborotga bo'lgan ehtiyoji




    Download 156.17 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana26.02.2024
    Hajmi156.17 Kb.
    #162575
      1   2   3   4
    Bog'liq
    5-Mavzu.Jahon media va axborot makonida raqobat muhiti
    ROBOTO TEXNIKA, O’rnatilgan tizimlar fanidn 1-mustaqil ish-kompy.info, 46233 UMK, 1-ma’ruza Kompyuter tizimlari fanining tarixi va rivojlanish te-fayllar.org, 3-qism Jinoyat huquqi M.X Rustambayev 3 TOM, IJTIMOIY TARMOQLARDA AXBOROT XURUJLARI VA TAHDIDLARI, ecaf26fb-8c08-4965-ab77-d8e10a34254a, F.Mo’minov, . Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik., 5110900-Pedagogika va psixologiya, 1. Avtomatlashtirish tushunchasi va uning ta`rifi; Avtomatlashtr, 3-AMALIY MASHG\'ULOT QO\'SHIMCHA, 2-Ma\'ruza taqdimotI, 1-AMALIY MASHG\'ULOT qushimcha, 1urinMIKROPROTSESSOR грифли 100 та укув кулланма, Metrologiya fan dasturi


    Ma’ruza 5. JAHON MEDIA VA AXBOROT MAKONIDA 
    RAQOBAT MUHITI. 
    Reja: 
    1. Bosma va ommaviy axborot vositalari. 
    2. Aholining axborotga bo'lgan ehtiyoji. 
    3. Matbuotda so'z va axborot olish erkinligi. 
    4. Axborotning inson ongiga ta'sir muammolari. 
    Bugungi kunda yoshlar mediadan juda keng va faol foydalanmoqda. Ular 
    ijtimoiy tarmoqlarga uyali telefon orqali suratlar yuboradi, turli yangiliklarga 
    munosabat bildiradi, doimiy ravishda virtual makonda muloqotga kirishadi. Agar 
    kattalar ish vaqtini dam olish vaqtidan ajratishga majbur bo’lsa, yoshlar onlayn va 
    offlayn tartibdagi faoliyat o’rtasiga chegara tortish zaruratini his etmaydi. Global 
    tarmoqdan yosh avlod vakillari dunyoning turli mintaqalarida yashaydigan insonlar 
    bilan muloqotga kirishish uchun foydalanadi. Ular vizual va kommunikativ 
    madaniyatning yangi toifasi vakillaridir. Hozirgi kunda jahonda yuz berayotgan 
    voqealar qisqa fursat ichida zamonaviy ommaviy axborot vositalari ta'sirida boshqa 
    davlatlarga tarqalmoqda. OAV orqali amalga oshiriladigan va katta mablag‘ talab 
    qilmaydigan g‘oyaviy ta’sir va tazyiqning o‘ziga xosligi shundaki u o‘quvchi, 
    tinglovchi yoki tomoshabinga sezdirilmasdan amalga oshiriladi va bevosita 
    qurbonlarni keltirib chiqarmaydi. Axborot dushmanni yo‘q qilmagan, katta xarajatni 
    talab qilmagan holda yuqori samara beradi. Bunda g‘oyaviy ta’sir yo‘naltirilgan 
    mamlakatlar aholisining xohish-istaklari, mentaliteti, mavjud muammolari jiddiy 
    o‘rganilgan holda asosiy diqqat kishilar ongi va dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatishga, 
    shakllangan qadriyatlarni o‘zgartirishga, ularning regulyatorlik rolini kamaytirishga 
    yoki butunlay yo‘qqa chiqarishga qaratiladi. Bunday ta’sir o‘tkazishda davriy 
    nashrlar tadrijiylik, radio va televidenie fragmentli uzatish usullaridan ustalik bilan 
    foydalanishmoqda. 
    Internet bugungi axborot makonining muhim bo‘g‘iniga aylandi. Hozirda 
    internetdan nafaqat kompyuter tarmog‘i, balki kosmik aloqa yo‘ldoshlari, 
    radiosignal, kabel televideniesi, telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish mumkin. 
    Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bugungi kunda 1 
    milliard 250 million kishi u yoki bu darajada undan foydalanishi ham mazkur 
    fikrlarning to’g’riligini tasdiqlaydi. Buning oqibatida, mintaqa xavfsizligi va 
    barqarorligiga jiddiy tahdidlar vujudga kelmoqda. Shunindek, inson ongini 
    zaharlashga qaratilgan, ularning ruhiyatida agressivlik, tajavvuzkorli, vahshiylik kabi 
    illatlarni uyg'otadigan turli yot g'oyalarning, milliy mentalitetimizga, urf- odat, 
    an'analarimnizga umuman mos kelmaydigan odatlar, pornografik axborotlar, turli xil 
    yolg'on ma'lumotlar, mish-mishlarni tarqatiloyotgani insonni ogohlikka chorlaydi. 
    Shu bilan birgalikdagi, insoniyat hayotiga qarshi qaratilgan noan'anaviy tahdidlar: 
    xalqaro terrorizm, diniy ekstrimizm va fundamentalism, noqonuniy qurol savdosi 
    kundan-kunga milliy, mintaqaviy hamda xalqaro xavfsizlikka xavf solmoqda. 


    I.A.Karimov o'zlarining "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" kitobida - "Bugungi 
    zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko'proq kuchga ega. Bu 
    masalaning kishini doimo ogoh bo'lishga undovchi tomoni shundaki, agar harbiy, 
    iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo'lsa, buni sezish, ko'rish, oldini olish mumkin, ammo 
    mafkuraviy tazyiqni, uning ta'siri va oqibatlarini tezda ilg'ab yetish nihoyatda qiyin", 
    - degan fikrlari orqali ma'naviy tahdidlar hamda mafkuraviy tazyiqlar qanchalik 
    kuchga ega ekanligini bayon qilganlar. Darhaqiqat, ma'naviy tahdidlar qurol-yarog' 
    urushlaridan ming marotaba xavfliroq ekanligiga guvoh bo'lmoqdamiz. 
    Globallashuvning avj olib ketishi, "Ommaviy madaniyat"ning keng yoyilishi har bir 
    millatga xos bo'lgan milliy an'analarning, urf-odatlarning, millat o'zligining, millat 
    madaniyatining yo'qolib ketishi xavfini yuzaga keltirmoqda. Millat o'zligining 
    tanazzulga yuz tutushi millatning yo'qolishidir. Demak, milliy madaniyat, an'analar 
    xalqning xalq sifatida, millatni millat sifatida yuksalishi uchun asosiy omildir. 
    Bugungi kunda insonlarning internetdan, ommaviy axborot vositalaridan noto'g'ri 
    foydalanishi, har xil zarali axborotlarni qabul qilishi o'zlari bilmagan holatda diniy 
    ekstremizm, terrorizm, fundamentalism, fanatizm kayfiyatidagi turli oqimlarga kirib 
    qolishiga , "Ommaviy madaniyat" ta'siri natijasida yoshlarimiz turli ajnabiy 
    kiyimlarni kiyishga, "o'z imidj"larini yaratishga, qizlarimizda o'zbek ayoliga xos 
    bo'lmagan odatlarning avj olishiga va shu kabi axloqqa zid qoidalarni o'zlariga 
    tegishli deb hisoblashiga, hali ongi-tafakkuri shakllanmagan bolalarning 
    pornografiyaga ishqiboz bo'lib qolishiga olib kelmoqda. Bu esa, milliy mentalitetni 
    yo'qolib borishiga, insonlarning ma'naviy dunyoqarashi qasshoqlashishiga, o'zligini 
    unitib, manqurtga aylanishiga zamin yaratmoqda. Ma'naviy tahdidlarga qarshi 
    kurashish uchun, avvalo, insonlarda turli manaviy dunyosini buzuvchi, zararlovchi 
    buzg'unchi g'oyalarga qarshi kurashish qobig'ini - mafkuraviy immunitetni 
    rivojlantirish zarur. Shuningdek, ta'lim-tarbiyani to'g'ri yo'lga qo'ya olsak, 
    yoshlarimizni ommaviy axborot vositalaridan foydalinishini doimiy nazorat qilib 
    borsak ma'naviy tahdidlarga qarshi samarali kurashgan bo'lamiz. OAV bu so‘z, 
    obrazlar, musiqa va shu kabi shakllarda axborotlarning tezlikda uzatilishi va 
    ommaviy tarqatilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Bunday vositalarga ommaviylik, 
    davriylik, tinglovchi yoki o‘quvchilar auditoriyasining kengligi kabi xususiyatlar 
    xosdir. SHu nuqtai nazardan qaraganda, hozirgi davrda OAV imkoniyati va 
    qamrovining keskin darajada o‘sganini qayd etish lozim. OAVning qamrov darajasi, 
    boshqacha aytganda, mahalliy, umummilliy, mintaqaviy yoki xalqaro (global) 
    miqyosda faoliyat ko‘rsatishi ham uning ta’sir doirasini ko‘rsatuvchi omillardan biri 
    hisoblanadi. 1980 yilda tuzilgan CNN (The Cable News Network) kompaniyasi 

    Download 156.17 Kb.
      1   2   3   4




    Download 156.17 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza jahon media va axborot makonida raqobat muhiti. Reja: Bosma va ommaviy axborot vositalari. Aholining axborotga bo'lgan ehtiyoji

    Download 156.17 Kb.
    Pdf ko'rish