121
Ma’lumki, BMTning terrorizmning oldini olish va
unga qarshi kurashga qara-
tilgan 13 ta hujjati (11 ta Konvensiya va 2 ta protokol) mavjud. Hozir O‘zbekis-
ton 12 ta ana shunday xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilgan. Ular qatorida
1971-yildagi «Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga tahdid soluvchi g‘ayriqonuniy
aktlarga qarshi kurash to‘g‘risida»gi; 1973-yildagi «Xalqaro
himoyadan foyda-
lanuvchi shaxslarga,
shu jumladan, diplomatiya agentlariga qarshi jinoyatlarning
oldini olish va bunday jinoyatlar uchun jazolash to‘g‘risida»gi; 1979-yildagi
«Odamlarni garovga olishga qarshi kurash to‘g‘risida»gi; 1980-yildagi «Yadro-
viy qurilmalarni va yadroviy materiallarni jisman himoya qilish to‘g‘risida»gi;
1988-yildagi «Dengiz kemachiligi xavfsizligiga tahdid soluvchi g‘ayriqonuniy
aktlarga qarshi kurash to‘g‘risida»gi; 1997-yildagi «Bombali
terrorizmga qarshi
kurash to‘g‘risida»gi; 1999-yildagi «Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi ku-
rashish to‘g‘risida»gi xalqaro konvensiyalari borligini ko‘rish mumkin.
Bugungi kunda BMT tomonidan «Yadroviy terrorizm xurujlariga qarshi ku-
rash to‘g‘risida»gi xalqaro konvensiya va «Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha
yalpi konsepsiya» loyihalari tayyorlanayotgani O‘zbekiston Respublikasining
terrorizmga qarshi kurash borasidagi tashabbuslariga hamohangdir.
O‘zbekiston Yevropa Kengashi doirasida ham terro rizmga
qarshi kurashga
qaratilgan 7 ta xalqaro shartnomani imzolagan.
O‘zbekiston Respublikasi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash masa-
lalarida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi,
Shanxay hamkorlik tashkiloti, Yev-
roosiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa
xalqaro tashkilotlar doirasida ham faol ishtirok etmoqda.