• Aqidaparastlik
  • IJODIY FAOLIYAT
  • Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet77/95
    Sana17.11.2023
    Hajmi2,32 Mb.
    #100192
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   95
    Bog'liq
    Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

    IJODIY FAOLIYAT
    Berilgan matnni diqqat bilan o‘qing. Undagi xalqimizga azaldan xos 
    bo‘lgan bag‘rikenglik an’analari haqida fikr bildiring:
    «Bizning davlatimiz ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali davlat. Bugungi kun­
    da mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzand­
    laridek ahil va inoq yashashmoqda. Bu borada, hech shubhasiz, xalqimizga 
    azaldan xos bo‘lgan bag‘rikenglik an’analari muhim rol o‘ynamoqda». 
    2001­yilda ter­
    rorchilik oqibatida 
    buzib yuborilgan 
    minoralar o‘rniga 
    qurilgan milliy me­
    morial va muzey. 
    Nyu­York


    119
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda 1998-yil 1-mayda yangi tah-
    rirda qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonun-
    da mazkur yo‘nalishdagi faoliyatning huquqiy asoslari mujassam etilishi bilan 
    birga din niqobi ostida ekstremistik g‘oyalarning tarqalishiga chek qo‘yildi.
    Respublikamiz ekstremizm va terrorizm hamda uni moliyalashtirish bilan 
    uzviy bog‘liq bo‘lgan narkobiz nes va narkotrafikka qarshi kurashda ham qat’iy 
    siyosat olib bormoqda. 1999-yilda «Giyohvandlik vositalari va psixotrop mod-
    dalar to‘g‘risida»gi, 2000-yilda «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi va 
    2006-yilning 1-yanvaridan amalga kiritilgan «Jinoiy faoliyatdan olingan daro-
    madlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish 
    to‘g‘risida»gi qonunlar ning qabul qilingani ham fikrimizni tasdiqlaydi.
    O‘tgan yillar davomida respublikamiz terrorchilikka qarshi kurash bi-
    lan bog‘liq qator xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qildi. Jumladan, 2000-yil 
    24-aprelda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 
    tashabbusi bilan Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, 
    Aqidaparastlik (arab. aqida — ishonch) muayyan sharoitda, bi-
    ron-bir g‘oya yoki tamoyilga qat’iy ishonch va uni mutlaqlashtirish 
    asosida shakllangan qoida va tartiblarni sharoit, holat, vaziyatni hi-
    sobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llash va urinishni anglatadi.
    Ekstremizm (fransuzcha extremisme, lotincha extremus — 
    keskin, so‘nggi) jamiyatda qabul qilingan muayyan qonun-qoida-
    larga zid bo‘lgan g‘oyalarni targ‘ib qilish va ularni amalga oshirish.
    AQSH davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, yer yuzida yi-
    liga 10 mingtadan ziyod terrorchilik harakatlari sodir etiladi.
    70 mingdan ortiq inson bunday harakatlar oqibatida hayotdan 
    bevaqt ko‘z yummoqda — bundan 80% ini voyaga yetmagan yosh 
    bolalar tashkil etadi.
    Xalqaro statistik ma’lumotlarga ko‘ra, hozir dunyo miqyosida 
    500 dan ortiq terrorchilik tashkiloti mavjud.


    120
    IJODIY FAOLIYAT
    Berilgan matnni o‘qing. Urushlar qanday oqibatlarga olib kelishini mulo-
    haza qiling.
    Urushda g‘olib va baxtli podshoh, g‘olib va baxtli qo‘shin, g‘olib va 
    baxtli davlat, g‘olib va baxtli tuzum bo‘lishi mumkin. Ammo g‘olib va baxt­
    li odam bo‘lmaydi. Negaki, urush odamni odam o‘ldirishga majbur qiladi. 
    Odam o‘ldirgan odam esa hech qachon baxtli bo‘lmaydi.

    Download 2,32 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   95




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik

    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish