• IJODIY FAOLIYAT
  • Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet73/95
    Sana17.11.2023
    Hajmi2,32 Mb.
    #100192
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   95
    Bog'liq
    Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

    O‘zbekiston 
    Respublikasining 
    «Vijdon erkinligi 
    va diniy tashkilot­
    lar to‘g‘risida»gi 
    Qonunidan


    113
    tidan qat’i nazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, 
    shuningdek, diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog‘liq 
    munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat. 
    Qonun «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi 
    xalqaro Pakt»da belgilangan qoidalarni e’tirof etgan. 
    Inson o‘z dini va e’tiqodini o‘zgartirishi ko‘p hollar-
    da salbiy oqibatlarga olib keladi. Ayniqsa, bunday ha-
    rakatlar oqibatida oila muhitida ota-bola, aka-ukaning 
    yuzko‘rmas bo‘lib ketayotganini hech qanday yo‘l bilan 
    oqlab bo‘lmaydi. Shu kabi jihatlar hisobga olingan hol-
    da qonunchilikda bunday holatlarga nisbatan javobgar-
    lik ham belgilangan. Masalan, O‘zbekiston Respubli-
    kasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
    240-moddasi ikkinchi qismida bir konfessiyaga mansub 
    dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-ha-
    rakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati 
    uchun javobgarlik belgilangan.
    O‘zbekiston Respublikasi demokratik tamoyillarga sodiqli-
    gining ifodasi sifatida davlatning din va diniy tashkilotlar bilan 
    o‘zaro munosabatlarda quyidagi tamoyillarga amal qilishini e’lon 
    qildi:

    dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish;

    diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining 
    xususiy ishi deb tan olish;

    diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga 
    amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng ka-
    folatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik;

    ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qa-
    ror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatla-
    ridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llari-
    ni izlash zarurati;

    dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l 
    qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish.
    Prozelitizm — 
    bir konfessiyaga 
    mansub dindor-
    larni boshqasiga 
    kiritishga qara-
    tilgan xatti-hara-
    katlar


    114
    O‘zbekiston qonunlarida, shuningdek, diniy eks-
    tremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan 
    yo‘g‘rilgan matbaa nashrlari, kino, foto, audio, video 
    mahsulotlari va shu kabi boshqa mahsulotlarni tayyor-
    lash, saqlash va tarqatish huquqbuzarlik ekanligi belgi-
    lab qo‘yildi. 
    Xulosa qilib aytganda, «Vijdon erkinligi va diniy 
    tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunning hayotga tatbiq eti-
    lishi respublikamiz hayotida katta voqea bo‘ldi. Sohaga 
    oid amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar natijasida 
    diniy tashkilotlarni ro‘yxatga olish hamda ularga rahbar-
    IJODIY FAOLIYAT
    Berilgan matnni diqqat bilan oqing va uni O‘zbekiston Respublikasi 
    Konstitutsiyasining 4-moddasida belgilangan mazkur qoida bilan bo‘g‘lab 
    tushuntiring: «O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi 
    barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishi-
    ni ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi».
    «Samarqand shahrida Sohibqiron Amir Temur davrida bunyod etilgan, 
    Doniyor payg‘ambar nomi bilan ataladigan maqbara islom, xristian va 
    yahudiylik dini vakillari tomonidan birdek e’zozlanadi. 
    El­yurtimiz necha asrlardan buyon bu qutlug‘ qadamjoni asrab­avaylab, 
    obod qilib, unga hurmat­ehtirom ko‘rsatib kelmoqda».

    Download 2,32 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   95




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik

    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish