118
Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston Respublikasi mutaassiblik, ekstremizm
va terrorchilikning mintaqaviy va umumbashariy miqyosdagi xavf ekanidan
kelib chiqib, jahon hamjamiyati unga qarshi birgalikda kurashishi lozimligi
to‘g‘risidagi g‘oyani jahonning nufuzli tashkilotlari minbarlaridan e’lon qildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov
1993-yil 28-sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida qilgan
ma’ruzasida jahon hamjamiyatini Afg‘oniston muammosini izchil o‘rganish va
yechishga chaqirdi.
O‘zbekiston diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash sohasidagi
huquqiy jarayonlarni tartibga solish, ekstremistik g‘oyalar tarqalishining oldi-
ni olish uchun o‘zining ichki siyosatida ham tegishli chora-tadbirlarni amalga
oshirib kelmoqda.