|
Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslikBog'liq Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)MUSTAHKAMLASH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Xalqaro terrorizm muammosi hozirgi davrning dolzarb global muam-
molaridan biriga aylanishi qaysi sabablar bilan bog‘liq?
2. Diniy ekstremizmning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
3. Jamiyatni diniy-ekstremistik g‘oyalar ta’siridan himoya qilish uchun
qanday takliflar bildirgan bo‘lardingiz?
4. Ma’naviy qadriyatlarni asrash nima uchun kerak?
122
QO‘SHIMCHA O‘QISH UCHUN
• 1993-yilda BMTning 48-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining
Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan mintaqaviy xavfsizlik-
ni mustahkamlash hamda yadro quroli tarqalmasligi va qurolsizlanish
bo‘yicha takliflar kiritildi.
• 1995-yilda BMT Bosh Assambleyasining 50-sessiyasida O‘zbekiston
Afg‘onistonga qurol-yarog‘ kiritishga qarshi xalqaro embargo qo‘yish
g‘oyasi bilan chiqdi.
• 1997-yil mamlakatimiz tashabbusi bilan 6+2 (Eron, Xitoy, Pokiston, To-
jikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, AQSH va Rossiya) shaklidagi mu-
loqot guruhi faoliyat ko‘rsatdi.
• 1999-yilda «Afg‘onistondagi muammolarni tinch yo‘l bilan bartaraf
etish tamoyillari to‘g‘risida»gi Toshkent deklaratsiyasi imzolandi.
• 2008-yilda NATO tashkilotining Buxarest sammitida Afg‘oniston moja-
rolarini birgalikda siyosiy yo‘l bilan hal etish, iqtisodiy yordam ko‘rsa-
tish maqsadida Muloqot guruhi faoliyati 6+3 (NATO ishtirokida) shakli-
da namoyon bo‘ldi.
• 1999-yil Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Istanbul sam-
mitida O‘zbekiston tomonidan taklif etilgan Terrorizmga qarshi kurash
bo‘yicha Xalqaro markazni yaratish g‘oyasi 2001-yilning sentabrida
BMT Xavfsizlik kengashi doirasida aksilterror qo‘mitasining ta’sis etili-
shi bilan o‘zining tasdig‘ini topdi.
• 2002-yil Islom Karimov taklifi bilan giyohvandlik vositalari va
psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishga
qarshi kurash bo‘yicha Markaziy Osiyoda mintaqaviy axborot muvo-
fiqlashtirish markazi tashkil etildi.
• 2014-yil 6-may kuni — BMT tashkil etilgandan keyin birinchi maro-
taba, beshta yadroviy davlat, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy
va Rossiya yakdillik bilan muhim xalqaro hujjat — Markaziy Osiyoda
yadro qurolidan xoli zona barpo etish to‘g‘risidagi shartnomani imzola-
dilar.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik
|