• IJODIY FAOLIYAT
  • Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet89/95
    Sana17.11.2023
    Hajmi2,32 Mb.
    #100192
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   95
    Bog'liq
    Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)
    TAVSIFNOMA, maqtov, 1682763661, Tarmoq texnologiyalari, Iqtisodiyotda iktining infratuzilmasi, 7-8-9-10-11-sinf fizika ish reja-2023-2024-yil, internet xizmatlari, Integrallashninig sonli usullari. Inerpolyasiya va approksimatsiya masalalari. Matematik modelni Lagrang, Nyuton interpolatsion formulalar bilan aniqlash., 13 MavzuTenglamalar sistemasi ko’rinishidagi matematik modellarni sonli yechimlarini aniqlash usullari. Matritsa, matritsalar ustida amallar bajarish, teskari matritsa usuli., FOSHAN SAFETY MEDICAL EQUIPMENT CO, Elektrodinamika. Abdumalikov A, Masofa o\'lchagich - Vikipediya., 11-12-m-plastmassalar
    ISLOM DINI VA DUNYOVIYLIK
    Islom dinida dunyoviylikka dinga yot tushuncha sifa-
    tida qaralmaydi. Islom dinining muqaddas manbalari —
    Qur’oni karim va hadislarda ham inson bu dunyosi 
    uchun ham harakat qilishi kerakligi uqtiriladi. 
    Qur’oni karimda aytilishicha, inson oxirat uchun 
    xayrli ishlarni qilish bilan birga bu dunyodagi nasiba-
    sini ham unutmasligi lozim. Chunki kishida tanasi, oi-
    lasi, qo‘ni-qo‘shni, jamiyat, qo‘l ostidagilarining ham 
    haqqi bor, har bir haqdorning haqqini ado etish kerak. 
    Bu dunyo nasibasi oxirat amallari uchun ozuqa bo‘la-
    di, deyiladi.
    Inkvizitsiya


    136
    Shular bilan birga Qur’onda ko‘plab oyatlar dunyoviy masalalarni ham 
    qamrab oladi. Misol tariqasida, Qur’ondagi eng katta oyat — «Baqara» surasi-
    ning 282-oyati ham aynan dunyoviy masala — qarz oldi-berdisi haqida bo‘lib, 
    unda masalaning moddiy va ma’naviy jihatlariga e’tibor qaratilgan.
    Islom dinining payg‘ambari Muhammad (s.a.v.) diniy masalalarda barchaga 
    muallim bo‘lsa ham, dunyoviy ishlarda mutaxassislarning fikrlariga quloq tutar 
    edi. Mashhur hadisi sharifda shunday deyiladi:
    «Payg‘ambar (s.a.v.) (xurmo) changlatayotgan bir qavmning oldidan o‘tayo-
    tib, buni qilmasangiz ham bo‘lave radi, dedilar. O‘sha yili hosil yomon chiqdi. 
    U zot yana o‘shalarning oldilaridan o‘tayotib, xurmoingizga nima bo‘ldi? —
    deb so‘radilar. Ular, shundoq, shundoq, degan edingiz, deb aytdilar. U zot: 
    «Sizlar dunyoyingiz ishini biluvchiroqsiz» dedilar».
    Ya’ni Rasulullohning ba’zi gaplari diniydan ko‘ra tajribaviy asosga yoki 
    shaxsiy fikrga tayangan. Shuning uchun ham sahobalar Rasulullohning ba’zi 
    buyruqlari borasida «Shaxsiy fikringizmi yoki Allohning amrimi?», deb so‘rar 
    edilar. Shaxsiy fikri bo‘lsa, unda ba’zan boshqa afzalroq taklif ayta olardilar. 
    Rasululloh (a.s.) yaxshi taklifni qabul qilib, o‘z fikrini o‘zgartirar, ya’ni shu 
    dunyoviy soha mutaxassisining fikrini albatta inobatga olar edi.
    Rasululloh (a.s.)dan keyin chahoryorlar ham shu yo‘lni tutdilar. Hazra-
    ti Umar (r.a.): «Sizlarning yax shlaringiz u dunyo va bu dunyo uchun harakat 
    IJODIY FAOLIYAT
    Matnni o‘qing, din va diniy e’tiqod butunlay rad etilsa, jamiyat uchun 
    uning oqibati qanday bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa qiling.
    «Dunyoviylik — bu dahriylik degani emas. Din va diniy e’tiqod butunlay 
    rad etiladigan hayot qanday g‘ayriinsoniy ko‘rinishga ega ekanini biz ke­
    chagi tariximiz misolida yaxshi bilamiz. Bunday mafkuraning xatarli tomoni 
    shundaki, u necha asrlar davomida din negizida shakllangan, xalq hayotining 
    ajralmas qismiga aylanib ketgan qadriyatlar — bu yozma yoki og‘zaki, mod­
    diy yoki ma’naviy meros bo‘ladimi, axloq yoki an’analar bo‘ladimi, milliy du­
    nyoqarash yoki turmush tarzi bo‘ladimi — bularning barchasini rad etadi». 

    Download 2,32 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   95




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik

    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish