|
Dvigatellarning asosiy mexanizmlari va tizimlari
|
bet | 2/4 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 202 Kb. | | #235616 |
Bog'liq Divigatelni ovozi, chiqaqyotgan tutun rangi, begona shovqin, titrash va nazorat o’lchov asboblarining ko’rsatkichlari bo’yicha tashxis qo’yishDvigatellarning asosiy mexanizmlari va tizimlari
Porshenli IYoD 2 mexanizm va 5 tizimdan iborat.
Krivoship shatunli mexanizm (KSHM) — silindr ichidagi ishchi aralashmaning yonishi natijasida hosil bo‘lgan bosimni qabul qilib porshenning to‘g‘ri chiziqli ilgarilama-qaytma hara- katini tirsakli valning aylanma harakatiga o‘zgartirib beradi.
Gaz taqsimlash mexanizmi (GTM) — klapanlarni o‘z vaqtida ochish va yopishga, bu esa, o‘z navbatida, yonuvchi aralashmani (karburatorli) yoki havoni (dizellarda) silindrlarga kiritish va ishlab bo‘lgan gazlarni tashqi muhitga chiqarib yuborishga xizmat qiladi.
Ta’minlash tizimi dvigatelning turli rejimda tejamkor va to‘g‘ri ishlashi uchun kerakli yoqilg‘i-havo aralashma tarkibini tayyorlab berish hamda ishlatilgan gazlarni tashqi muhitga shovqin siz chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. Yoqilg‘i (dizellarda) yoki yoqilg‘i havo aralashmani dvigatelni tezlik va yuklama ishlash rejimiga nisbatan avtomatik rostlab berish, ta’minlash tizimi bilan bevosita ulangan rostlagich orqali bajariladi.
Sovitish tizimi ishlash rejimi hamda tashqi muhit haroratiga qarab dvigatelning eng qulay haroratini — yoqilg‘i yonishi va qo‘zg‘aluvchan detallarni qo‘zg‘almas detallarga ishqalanishi natijasida hosil bo‘lgan issiqlikning bir qismini sovitish agentiga (suyuqlik yoki havo) kerakli miqdorda yuborishni ta’minlaydi.
Moylash tizimi — bir-biriga tegib ishlaydigan detal yuzalari ishqalanishi va yeyilishini kamaytirish hamda ular orasida hosil bo‘lgan issiqlikni o‘zi bilan olib ketish maqsadida ular orasiga moylash materialini keltirish uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, tizimdagi harakatlanuvchi moy ishqalanuvchi detallar orasidagi kir va yeyilish zarrachalarini o‘zi bilan dvigatel karteriga olib tushadi.
O‘t oldirish tizimi — karburator, injektor va gazli dvigatellar silindrlaridagi ishchi aralashmani majburiy ravishda yondirib yuborish uchun kerakli vaqtda elektr uchquni hosil qilish uchun xizmat qiladi.
|
| |