• Dvigatellarning vazifasi va tasniflanishi Dvigatel
  • Dvigatellarning vazifasi va tasniflanishi Dvigatel




    Download 202 Kb.
    bet1/4
    Sana15.05.2024
    Hajmi202 Kb.
    #235616
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Divigatelni ovozi, chiqaqyotgan tutun rangi, begona shovqin, titrash va nazorat o’lchov asboblarining ko’rsatkichlari bo’yicha tashxis qo’yish


    Mavzu: Divigatelni ovozi, chiqaqyotgan tutun rangi, begona shovqin, titrash va nazorat o’lchov asboblarining ko’rsatkichlari bo’yicha tashxis qo’yish
    Reja:
    1. Dvigatellarning vazifasi va tasniflanishi
    2. Dvigatellarning asosiy mexanizmlari va tizimlari
    3.Divigatelga tashxis qo’yish
    Dvigatellarning vazifasi va tasniflanishi
    Dvigatelbu issiqlik, elektr, gidravlik kabi energiyalarni mexanik ishga aylantirib beradigan mashina. Zamonaviy trakt or va avtomobillarda porshenli ichki yonuv dvigatellari (IYoD) o‘rnatilgan. IYoD ning silindrlarida yoqilg‘i havo aralash masi yonishi natijasida hosil bo‘lgan issiqlik energiya mexanik energiyaga aylanadi. Shunday qilib, dvigatel traktor va avtomobilning harakatlanishi va ishlashiga kerak bo‘lgan mexanik energiya manbayi hisoblanadi.
    IYoD quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha tavsiflanadi:

    –ish siklini amalga oshirish usuli bo‘yicha — ikki va to‘rt taktli;

    • aralashma hosil qilish bo‘yicha — aralashmani silindrdan tashqarida hosil qilish (benzinli va gazli dvigatellar) va aralash- maning silindrning ichida hosil bo‘lishi (dizellar);

    — ishchi aralashmani alangalatish usuli bo‘yicha — elektr uchquni yordamida majburiy alangalatish va siqish natijasida alangalatish (dizellar);

    • qo‘llanadigan yoqilg‘i turi bo‘yicha — benzinda ishlaydi-gan, dizel yoqilg‘ida ishlaydigan, siqilgan yoki suyultirilgan gazda ishlaydigan;

    • silindrlar soni bo‘yicha — bir va ko‘p silindrli (ikki, uch, to‘rt, olti va hokazo);

    • silindrlar joylashishi bo‘yicha — silindri vertikal joylashgan qatorli yoki vertikalga nisbatan silindrlar o‘qi 20–40° berchakka burilgan, V-simon silindrlar ikki qatorda bir-biriga nisbatan burchak ostida joylashgan va oppozitli-silindrlar gorizontal birbiriga nisbatan 180° burchak ostida qarama-qarshi joylashgan;

    • silindrlarni yangi zaryad bilan to‘ldirish usuli bo‘yicha oddiy (to‘ldirish, porshenni yuqori cheklangan nuqtadan pastki cheklangan nuqtaga qarab harakatlanganda hosil bo‘lgan siyraklanish hisobiga) va puflash (nàdduv) usuli bo‘yicha (silindrni yangi zaryad bilan to‘ldirish kompressor tomonidan hosil qilgan bosim ostida bajariladi);

    • sovitish usuli bo‘yicha – suyuqlik va havo bilan sovitila-digan.

    Traktor va og‘ir yuk ko‘taruvchi avtomobillarda to‘rt taktl i ko‘p silindrli dizellar, yengil hamda kam va o‘rta yuk ko‘ taruvchi avtomobillarda esa to‘rt taktli ko‘p silindrli karburatorli yoki kam quvvatli dizellar qo‘llaniladi.

    Download 202 Kb.
      1   2   3   4




    Download 202 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dvigatellarning vazifasi va tasniflanishi Dvigatel

    Download 202 Kb.