|
Y urgazib yuborish tizimi
|
bet | 3/4 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 202 Kb. | | #235616 |
Bog'liq Divigatelni ovozi, chiqaqyotgan tutun rangi, begona shovqin, titrash va nazorat o’lchov asboblarining ko’rsatkichlari bo’yicha tashxis qo’yishY urgazib yuborish tizimi — dvigatel silindrlarida ishchi siklning boshlanishini turg‘un ta’minlaydigan birbiriga ta’sir qiluvchi mexanizm va tizimlar majmuasidan iborat. Yuqori quvv atli dizellarni yurgazib yuborish uchun alohida benzin dvigatellari qo‘llanishi mumkin, avtomobil va qol gan traktor dvigatellarini yurgazib yuborish elektrostartor yordamida amalga oshiriladi.
Dvigatellarda qo‘llanilgan asosiy atama va tushunchalarni izohlash uchun bir silindrli porshenli IYoD chizmasidan foydalanamiz (4-rasm).
Yuqori chekka nuqta (YuChN) — 4-rasm. Dvigatelning porshenning tirsakli val o‘qidan uzoq- asosiy ko‘rsatkichlarirn lashgan eng chekka turish holati. izohlash chizmasi.
Pastki chekka nuqta (PChN) — porshenning tirsakli val o‘qiga yaqinlashgan eng chekka turish holati.
Porshen yo‘li — porshenning bir chekka nuqtadan ikkinchi chekka nuqtagacha qarab harakatlanganidagi bosib o‘tgan masofasi. Odatda, porshen yo‘li s harfi bilan belgilanib (4-rasmga qarang), tirsakli val krivoshipining ikki radiusiga teng, ya’ni s =2R.
Silindrning ishchi hajmi — ushbu hajm porshen YuChN dan PChN ga harakatlanib bo‘lganida hosil bo‘ladi va Vh harfi bilan belgilanib, quyidagi formuladan aniqlanadi:
Bunda: d — silindr diametri, m; s — porshen yo‘li, m.
Siqish kamerasining hajmi — porshen YuChN da turganida uning tubi bilan dvigatel blogining kallagi orasidagi hosil bo‘lgan hajm (V).
Silindrning to‘la hajmi — porshen PChN da turganida uning tubi bilan dvigatel blogining kallagi orasida hosil bo‘lgan hajm bo‘lib, u quyidagi ifodadan aniqlanadi:
Va= Vn + Vc.
Dvigatel litraji — dvigatelning barcha ishchi hajmlarini litrda ifodalangan yig‘indisiga teng bo‘lib, quyidagi formuladan aniqlanadi:
|
| |