|
-rasm. Forsunkalarga xizmat ko’rsatish uskunasi mod. CNC
|
bet | 2/7 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 0,67 Mb. | | #113138 |
Bog'liq Dvigatelni sinash stendlari. Avtomobillarning transmissiya va yurish qismlarini tekshirish jihozlari. 4.7-rasm. Forsunkalarga xizmat ko’rsatish uskunasi mod. CNC |
Ushbu CNC-601/602/801 uskunasi (4.7-rasm) barcha turdagi-elektromagnitli va mexanik forsunkalarni tekshirish va ultratovush bilan tozalash, avtomobilning ta’minot tizimini, hamda kiritish klapanlari va yondirish kamerasini forsunkalarni yechmagan holda solvent bilan tozalash uchun xizmat qiladi.
Uskuna modellari qo’z’galuvchan ustun va bir vaqtda o’rnatiladigan forsunkalar soni bilan farqlanadilar:
4.1-jadval
CNC-601
|
Bir vaqtda 6-ta forsunka tekshirilishi mumkin
|
Qulay qo’z’galuvchan ustunga ega
|
CNC-602
|
Bir vaqtda 6-ta forsunka tekshirilishi mumkin
|
Ustunsiz, stolga o’rnatiladi
|
CNC-801
|
Bir vaqtda 8-ta forsunka, hamda ikkita 4-silindri dvigatelni tekshirilishi mumkin
|
Qulay qo’z’galuvchan ustunga o’rnatilgan
|
|
4.8-rasm. Yuqori bosimli yonil’gi nasosi (YuBYoN)ni sinash va rostlash jihozi, mod. DD10-01
Jihoz tavsifi:
-sikl davomidagi taminoti 200 mm/sikl;
-plunjer diametri 12 mm gacha;
-8 seksiyali asinxron elektrodvigatel quvvati 7,5 kVt;
-chastota o’zgartirgich MITSUBISHI;
|
Har xil turdagi yuqori bosimli yonil’gi nasosi (YuBYoN)ni sinash va rostlash jihozi (11.8-rasm.) 8-seksiyagacha bo’lgan YaMZ-236, YaMZ-238, YaMZ-236 BE(NE), YaMZ-236 M2, YaMZ-236A, KamAZ-740, KamAZ 7408, ZIL-645, ZIL-0550, GAZ-5424, GAZ-5441, KDZ-744, D-65, D-260, 64NSP 18/22, 6DM-21A, DGR 200/750, D-245.12, SMD-31, SMD-31B, SMD-62, SMD-62AТ, SMD-31/32, A-01M, A-01 ML, A-01 MТG, A-41E, D-440, SMD-60, SMD-72, SMD-64 diagnostikalash va rostlash uchun xizmat qiladi. ТN, UТN, ND, 4UNТM, LSТN turidagi, PVA, PVB, PESA, PEA, PECM, PPM(f), JPH, WSK, PES, CAV, BOSCH VE turidagi YuBYoNlari buyurtma asosida keltiriluvchi qo’shimcha jihozlar yordamida rostlanadi. Diagnostikalash YuBYoN yuritish vali aylanishlar chastotasini shakllantirish bilan, yonil’gining harorati va bosimini o’lchash, sikl davomida yonil’gining yuborilishi, sinaluvchi ob’ektga yuborilayotgan yonil’gi sarfi, yonil’gi sachratish burchagining boshlanishi, sachratishni ilgarilatish muftasining burilishi, sachratish boshlanishi burchaklarining o’gishlari aniqlash orqali amalga oshiriladi.
|
4.9-rasm. YuBYoNni sinash jihozi.
|
4.2-jadval
YuBYoNni sinash jihozi modeli
|
YuBYoN seksiyalari soni
|
Jihoz turi
|
EPS 604
|
8-gacha
|
tejamli
|
EPS 807/815
|
12-gacha
|
universal
|
MGT
|
12-gacha
|
Menzurkali tizimli, ekologik tizimga muvofiqlashtirilgan, yonil’gi bu’glanuvchanligini kamligi xavfsizlikni ta’minlaydi
|
KMA
|
12-gacha
|
Sinaluvchi kattaliklar va o’lchash natijalarini saqlash uchun katta hotiraga ega. O’lchanuvchi kattaliklarni tasvirlash uchun rangli ekran bilan taminlangan. Chegaraviy qiymatlardan ortib ketish holatlari rang bilan tasvirlanadi. Yuboriluvchi yonil’gini tinimsiz qayd etilishi o’lchash vaqtini qisqartiradi.
|
|
| |