|
Dvigatelni sinash stendlari. Avtomobillarning transmissiya va yurish qismlarini tekshirish jihozlari
|
bet | 4/7 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 0,67 Mb. | | #113138 |
Bog'liq Dvigatelni sinash stendlari. Avtomobillarning transmissiya va yurish qismlarini tekshirish jihozlari. Kontaktlar orasidagi tirqishni tekshirish uslubi o’rtacha tok kuchining o’zgarishiga asoslangan bo’lib, bu tok uzgich-taqsimlagichning tutashgan holatdagi kontaktlaridan o’tadi. E-213 asbobidagi kontakning berk holatidagi burchak ko’rsatkichli mikroampermetr bilan tok kuchi o’lchanadi. Bu asbob 4,6 va 8 silindrli dvigatellarning uzgich-taqsimlagichini tekshirish va kondensator si’gimini nazorat qiladi. Asbob korpus, oldingi panel, mahsus shkalali mikroampermetr, turli hil tekshirishlar kaliti va tugmachadan iborat. 4,6 va 8 silindrli dvigatellar uchun kontaktlarni tutashgan holatidagi burchak, to’qqiz qirrali kulachoklar uchun 4045° , olti qirrali 3045º va sakkiz qirrali 2933˚ bo’ladi.
X-431 avtomobil skaneri (4.10-rasm.) universal, 2004 yilgacha ishlab chiqarilgan Yevropa, Osiyo va Amerika avtomobillari (Mercedes Benz, BMW, Opel, Volkswagen, Audi, Seat, Skoda, Toyota, Lexus, Honda, Mitsubishi, Nissan, Mazda, Subaru, Chrysler, GM, Ford, Peugeout, Citroen, Kia, Land Rover, Porsche, Fiat, Renault, Hyundai, Daewoo, VAZ, GAZ, hamda OBD II/EOBD ( SAE J1850 VPW, SAE J1850 PWM, ISO 9141-2, ISO 14230) andozalariga moslashtirilgan ixtiyoriy avtomobillar) elektron boshqaruv tizimlarini diagnostikalash uchun muljallangan bo’lib ochiq diagnostika platformasi, mini-printer, adaptera va maxsus dasturga, elektron boshqaruviga ega.
KES-200 portativ motor-testr (4.11-rasm.) zamonaviy diagnostika pribori hisoblanadi. U klassik motor-testrlarning barcha funksiyalariga ega, hozirgi kunda mavjud bo’lgan barcha o’t oldirish tizimlarida ishlay oladi, zamonaviy barcha avtomobil datchiklari va ijrochi elementlar zanjiridagi signallarni ko’ra oladi. Pribor o’zida 4-kanalli ixtisoslashgan xotirali avtomobil otsilografini, multimetr, dvigatel analizatorini jamlagan.
KES-200ning imkoniyatlari:
Avtomobil datchiklari va boshqaruv tizimlari signallarini aks ettiruvchi va otsilogramma taxlili uchun 1, 2 yoki 4-kanalli rejim;
Oxirgi 50 ta kadrni operativ xotirasida saqlash;
Aks ettirish parametrlarini avtamatik tarzda yoki usiz tanlash: 25mks-20s/malumot vaqt orali’gida va 0,1-20V/ma’lumot kuchlanish bo’yicha;
Тest natijasidagi amaldagi otsilogrammalarni pribor xotirasidagi andozalar bilan solishtirish;
Тekshiralayotgan datchik yoki ijrochi elementga “tez” yordam ko’rsatish (vazifasi, mumkin bo’lgan turlari, ishlash tartibi, ulanish tartibi, o’rnatilish joyi, tekshirish uslubi va boshqalar);
Klavishalar vazifasi bo’yicha yordam;
Yoritiluvchi va tasvirni rostlovchi katta displey bir vaqtni o’zida 4-ta otsilogrammani taxlil qilish imkonini beradi;
Kursor tizimini qo’llanilishi signallar parametrini yuqori aniqlikda o’lchash imkonini beradi;
Pribor xotirasida 8-tagacha otsilogrammani s aqlash imkoniyati;
Тest jarayonida signallarning maksimal va minimal qiymatlarini aks ettirish imkoniyati.
|
| |