|
-Yurgazib yuborish xarakteristikalari va yurgizib yuborish davomiyligi
|
bet | 2/5 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #150128 |
Bog'liq 1.Dvigatelning xarakteristikasi5-Yurgazib yuborish xarakteristikalari va yurgizib yuborish davomiyligi
Xarakteristikalari. Moyning kuyindiga sarflanishi
Dizelni yurgizib yuborish sifati (203-rasm) yurgizib yuborish xarakteristikalari
(elektr startyo’r bilan yurgizib yuboriladigan dizel uchun) hamda yurgizib yuborish davomidagi xarakteristikalari (yurgizib yuborish dvigateli yordamida yurgizib yuboriladigan sistmali dvigatel uchun ) bilan ifodalanadi .
Yurgizib yuborish xarakteristikasi (203-rasm) rn=f(n) ko’rinishidagi bog’lanishdan iborat bo’ladi, bunda rn-yurgizib yuborishda tirsakli valni burash davomiyligi , sek:n-dizelning tirsakli vali aylanish chastotasi, ayl/min.
Xarakteristika atrof muxit temperaturasi 50 C dan kam farq qilmaydigan uchta o’zgarmas qiymat uchun olinadi . Xar bir xarakteristika uchun dvigatelning tirsakli vali kamida to’rt aylanishlar chastotasida yurgazib yuborilishi lozim. Dizel konstruksiyasida nazarda tutilgan yurgizib yuborishni tezlatish vositalaridan foydalanish mumkin.
Dizelning temperaturaviy xolati (silindrlar kallagi va blokdagi suv , dizelning havo bilan sovutiladigan kallagich silindrlari, o’zak podshipniklarning vkladishlari va tubdagi (poddon) moy sinash boshlanguniga qadar atrof muxit temperaturasidan 20C dan ortiq farq qilmasligi kerak , yurgizib yuborish davomiyligi deb tirsakli valning aylantirilishidan to yurgizib yuborish qurilmasini o’chirish paytigacha ketgan vaqtga aytiladi.
Agar ko’pi bilan 20 sek vaqt Ichida uch marta urinishdan keyin (xar galgi yurguzib yuborish orasida 1-1.5 min vaqt o’tkazib) yurgizib yuborishga erishilsa u normal yurgizib yuborish deb hisoblanadi.
Yurgizib yuborish davomiyligi xarakteristikasi (203-rasm, b) rn=f(tokr) bog’lanish bilan ifodalanadi. Davomiylik xarakteristikasi yurgizib yuborish xarakteristikasi kabi atrof-muxit temperaturasi 50 C dan kam farq qilmaydigan uch o’zgarmas qiymat uchun olinadi. Dizel konstruksiyasida yurgizib yuborishni yengillashtirish vositalaridan foydalanish ko’zda tutilgan. Dvigatelning sinashdan oldingi issiqlik xolatiga qo’yiladigan talab yurgazib yuborish xarakteristikasiga qo’yiladigan talabning o’zginasidir. Har bir temperature rejimida dizelni yurgizib yuborishga urunishning umumiy davomiyligi 5 min dan oshmasligi kerak.
Moyning kuyindiga sarflanishi vaqt birligi Ichida sarflanayotgan hamda silindrlardan ish bajargan gaz va puflash havosi bilan birga chiqib ketgan moy miqdori bilan aniqlanadi. Bu ko’rsatgich silindr porshen gruppalarining va dizelning issiqlikprotsessining konstruktiv jixatdan takomillashganini belgilaydi, ishlatishda esa dizelning holatini aniqlashga imkon beradi.
Moyning kuyindiga sarflanishi dizelning naminal tezlik rejimida va quvvati nominal quvvatning 90% ga teng bo’lgan quvvatda 10 soat ishlashida uning karteri (yoki moy baki ) dagi sarflangan moy miqdori bilan aniqlanadi. Sinash oldidan dizel karteriga tayorlovchi zavod belgilagan miqdorda ko’p moy quyiladi.
|
| |